O’ZBEKISTONDA DOKTORLIK TA’LIMI SIFATINI YAHSHILASHDA XORIJIY TAJRIBALARNING O’RNI

O’ZBEKISTONDA DOKTORLIK TA’LIMI SIFATINI YAHSHILASHDA XORIJIY TAJRIBALARNING O’RNI

Hozirgi kunda yurtimizda doktorlik ta’limi sifatini oshirish borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Bu ishlarni amalga oshirishda asosiy maqsadimiz: chet el doktorlik maktabi tizimini o’rganish, o’rganilgan tajribalarni O’zbekistondagi doktorlik ta’lim tizimi bilan taqqoslash, farqlarini aniqlash va ta’lim sifatini yahshilashga xizmat qiladigan eng yahshi tizimni tanlab olishdir. Shu maqsadda 2019 yilning 1-4 sentyabr kunlari Erasmus+ xalqaro dasturi doirasida 573703-EPP-12016-1-BE-EPPKA-2CBNE-SP raqamli “O’zbekiston oliy ta’lim muassasalarida doktorlik ta’limi sifatini yahshilash UZDOC: 2.0.” mavzusidagi xalqaro loyihaning O’zbekistondagi hamkorlari Xorvatiyaning Dubrovnik shahri, Zagreb Universiteti qoshidagi Ilg’or akademik tadqiqotlar markazida o’tkazilgan master klasda ishtirok etdilar. O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutidan Aripova Gulnoza Tulkunovna ham ushbu Master klasda ishtirok etib, chet el tajribalarini o’rganib qaytdi. Ushbu Master klas 2009 yildan boshlangan bo’lib, har yili o’tkaziladi. Globallashuv jarayoni doktorlik ta’limida muhimligi sababli undagi mavzular har yili o’zgarib boradi. Mavzular doktorlik ta’limi sifatini yahshilash uchun qaratilgandir. O’tgan yildan boshlab bu yig’ilish Pride Network va Doktorlik ta’limi mutaxassislari asotsiatsiyasi bilan hamkorlikda o’tkazilmoqda. Bu yil Master klasning “Nazorat qayta ko’rib chiqildi: Ilmiy rahbarlar, ilmiy tadqiqotchilar va ularning hamjihatligi o’rtasida muvozanatli uchburchakni yaratish” mavzusidagi 10-yig’ilishi bo’lib o’tdi.O’ZBEKISTONDA DOKTORLIK TA’LIMI SIFATINI YAHSHILASHDA XORIJIY TAJRIBALARNING O’RNI
Master klasni Zagreb Universiteti professori Melita Kovakavich ochib berdi. Uning aytishicha ushbu master klassning mavzusi bugungi kunda doktorlik ta’limini rivojlantirishda juda muhimdir. Master klasda chet el universitetlaridan ham ishtirokchilar o’z ish joylaridan pul o’tkazib ishtirok etishlari mumkinligi haqida Melita Kovakavich ta’kidlab o’tdi. Shu kunga qadar Master klasda 300 ga yaqin tinglovchi ishtirok etgan. Master klasning birinchi uchrashuvi Parijda bo’lib o’tgan. Hozirgi kunda ushbu akademiyada muntazam o’tkaziladigan seminarlar Ilmiy rahbarlar va doktorantlar o’rtasidagi hamjihatlik va aqliy sog’lomlikka qaratilgan.
Master Klasni Lausanne Universiteti professori Jacques Lanares davom ettirdi. U hamjihatlik O’zi nima degan savolga javob berib, hamjihatlik natijasida kutilayotgan muvaffaqiyatni tushuntirib berdi. U, ta’limda tushunish, targ’ibotni rivojlantirish, tajribalar bilan bo’lishish tushunchalarining hamjihatlikni rivojlantirishda ahamiyati katta ekanligiga alohida urg’u berdi.



Master klasda Evropaning turli xil davlatlaridan kelgan tinglovchilar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etib, doktorlik markazlaridagi hamjihatlik markazlari qay tarzda faoliyat yuritayotgani haqida fikr yuritdilar.
Doktorlik ta’limini rivojlantirishda, hamjihatlik markazlarining o’rni katta ekan O’zbekistonda ham huddi shunday markaz ochilishini taklif sifatida bergan bo’lar edim. Bunday markazda ilmiy rahbarlar duch kelayotgan muammolar hal etish bilan bir qatorda, ilmiy rahbar va doktorant o’rtasidagi muvozanatni yahshilashga xizmat qiladi.

Aripova Gulnoza

image_pdfimage_print