O’zbekistonda doktorantura ta’limi sifatini oshirish bo’yicha olib borilayotgan islohotlar

O’zbekistonda doktorantura ta’limi sifatini oshirish bo’yicha olib borilayotgan islohotlar

ERASMUS+ “O’zbekistonda doktorlik ta’limi sifatini oshirish – UZDOC 2.0” xalqaro loyihasiga ko’ra O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Doktorlik markazida doktoranturani sifatini oshirish maqsadida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor, loyiha subkordinatori Guzal Xalikulova tashabbusiga ko’ra professor-o’qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar bilan birgalikda ilmiy seminar-treninglar o’tkazilishi rejalashtirildi. Ilmiy seminarlarni rejalashtirish va o’tkazilishi bo’yicha loyiha a’zosi Gulnoza Aripova ma’sul etib tayinlandi.
O’zbekistonda doktorantura ta’limi sifatini oshirish bo’yicha olib borilayotgan islohotlar
Rejaga ko’ra joriy yilning 16 may kuni ilmiy seminarning birinchisi bo’lib o’tdi. Seminarni filologiya fanlari nomzodi, dotsent Hamdam Ismoilov “Ilmiy tadqiqot tarkibi” deb nomlangan mavzuda olib bordi.
Seminarda institutning professor-o’qituvchilari, ilmiy-tadqiqotchilari ishtirok etib, dissertatsiya yozishda uni bir shaklga solish, boblarga ajratish, gap tuzishda nimalarga e’tibor qaratish kerakligi bo’yicha kerakli ma’lumotlarga ega bo’ldilar.
O’zbekistonda doktorantura ta’limi sifatini oshirish bo’yicha olib borilayotgan islohotlar
Eng avvalo tadqiqotchilarga dissertatsiya ishi ham ijtimoiy, ham shaxsiy ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi. Yahshi bajarilgan ilmiy tadqiqot jamiyatga foyda keltirish bilan birga insonning shahsiyatini umri davomida ulug’lanishiga imkon yaratadi. Zero, olim so’zi ulug’ so’zi bilan uyqashib ketgan.
Ilmiy tadqiqotni boshlashdan avval inson o’zini shu ishga bag’ishlay oladimi, yoki yo’qmi ekanligini chog’lab ko’rishi lozim. Ilmiy tadqiqot ishi katta sabot va matonat bilan ishlashni talab qiladi. Buning uchun eng avvalo inson yetarli darajada bilimga ega bo’lishi shart. Buning uchun esa juda ko’p miqdordagi ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan tanishib chiqish lozim bo’ladi.
O’zbekistonda doktorantura ta’limi sifatini oshirish bo’yicha olib borilayotgan islohotlar
Jamiyat uchun foyda keltiradigan mavzu tanlash tadqiqotchining dastlabki vazifalaridan biri hisoblanadi. Mavzu zamonamiz uchun dolzarb bo’lib turgan muammoni yechib berish darajasida bo’lishi lozim. Bunda ilmiy rahbar bilan ishlash ko’pgina mo’ljalni belgilab olishga imkon beradi. Ilmiy rahbar uzviylikda ishlasa, yanada samaraliroq bo’lishi amalda isbotlangan. Iqtidorli talabalar ma’lum bo’lgach ularni tajribali professor-o’qituvchi-olimlarga bakalavr yo’nalishlarda o’qiyotgan paytidayoq biriktirish yaxshi samara beradi. Ilmiy rahbar keyinchalik o’z ishini magistratura va doktoranturada davom ettirib, shogirdini ilmiy daraja olguniga qadar bo’lgan ishni amalga oshiradi. Bu bilan doktorantlarni o’z vaqtida ilmiy ishini himoya qilishi ta’minlanadi.
Seminar qiziqarli va ma’lumotlarga boy tarzda bo’lib o’tdi. Seminar so’ngida ishtirokchilarning fikr va mulohazalari eshitildi. Keyingi seminarlarda ilmiy-tadqiqotchilarga qiziqarli bo’ladigan dolzarb masalalar bo’yicha ilmiy seminarlar tashkil etish maqsadida, tinglovchilarning takliflari o’rganib chiqildi.
O’ylaymizki, bu kabi tashkillashtiriladigan ilmiy seminarlar tashkil etilishi, yurtimizda ilm-fanning yanada rivojlanishiga sabab bo’ladi. Kelajakda ushu tashkil etilgan Doktorlik markazini virtual innovatsion doktorlik markaziga aylantirish yuzasidan harakatlar boshlandi. Buning ma’nosi shundaki yaqin kelajakda bu markaz respublikamizdagi va chet davlatlardagi shu yo’nalishdagi markazlar bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqa o’rnatish va qo’shma virtual doktorantura ishlarini tashkil etish, dissertatsiya himoyalarini shaffofligini ta’minlash imkoniyati paydo bo’lishi shubhasiz. Hozirda ana shu ezgu ishni amalga oshirish yuzasidan ishlar olib borilmoqda.
Yuqorida so’z yuritilgan ishlar amalga oshirilsa, respublikamizda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar bir tomondan sifati oshirilsa, ikkinchi tomondan ularni jahon talab darajasida tayorlanishiga zamin yaratadi.

G.Aripova

image_pdfimage_print