“Fevral oʼqishlari: Navoiy va Bobur siymosi yosh sanʼatshunoslar nigohida”

“Fevral oʼqishlari: Navoiy va Bobur siymosi yosh sanʼatshunoslar nigohida”

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik institutida oʼzbek adabiyotining ulugʼ namoyandalari – Аlisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan “Fevral oʼqishlari: Navoiy va Bobur siymosi yosh sanʼatshunoslar nigohida” mavzusida davra suhbati boʼlib oʼtdi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Unda institutning yosh tadqiqotchilari tasviriy sanʼat, teatr, kino, musiqa kabi madaniy jabhalarda Navoiy va Bobur ijodiy merosining talqin qilinishi, bu ikki shaxs obrazini sanʼat asarlarida yaratishning oʼziga xos jihatlari va muammolari xususida ilmiy maʼruzalar qilishdi. Tadbir oʼziga xos mahorat darsiga aylandi, ustoz sanʼatshunoslar tomonidan bildirilgan fikrlar yosh sanʼatshunoslar uchun qimmatli boʼldi.
Davra-suhbati yakunida Navoiy va Bobur ijodi asosida yangi sanʼat asarlari yaratish boʼyicha zarur taklif-mulohazalar bildirildi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
San’atshunoslik fanlari doktori, akademik Akbar Hakimov, professor Dilfuza Rahmatullayeva, dotsent Sabohat Haytmatova yosh san’atshunoslarning fikr-mulohazalarini tinglab, o’z maslahatlarini berishdi. O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida ilmiy tadqiqot olib borayotgan yosh doktorantlarni mana shunday seminarlarda faol bo’lishlarini tilaymiz! Zero, doktorlik himoyalari kelgusida Fanlar akademiyasi San’atshunoslik institutida bo’lib o’tadi. Himoyalarga puxta tayyorgarlik esa yosh olimlarni muvaffaqiyat eltadi!

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot xizmati

image_pdfimage_print