YIL SARHISOBI

YIL SARHISOBI

Bugun 22 iyun kuni institut konferensiyalar zalida Innovatsiyalar bо‘yicha prorektor Guzal Erkinovna boshchiligida kafedralar о‘rtasida о‘tkazilayotgan 2018-2019 о‘quv yillarida olib borilayotgan ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari bо‘yicha “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasi professor-о‘qituvchilari ishtirokida yig‘ilish bо‘lib о‘tdi.
Unda Gо‘zal Erkinovna sо‘zga chiqib, kafedrada olib borilayotgan barcha ilmiy ishlarning yutuq va kamchiliklari haqida alohida aytib о‘tdi. Yangi о‘quv yilida chop etiladigan о‘quv qо‘llanma, monografiya va darsliklar chop etishga hozirdan tayyorgarlik ishlari borishining ahvoliga alohida e’tibor berildi.

YIL SARHISOBI
Davlatimiz rahbari tomonidan 5ta tashabbusning bajarilishi ularni ta’tilga ketayotgan talabalar orasida keng yoritilgani, ular borgan xududlarida tashabbus haqida keng yoritish va targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishlarini alohida ta’kidlab о‘tdi.
Bundan tashqari professor-о‘qituvchilarni ayniqsa yosh tadqiqotchilarni horijiy jurnallarda ilmiy maqolalarini chop ettirishlari, shu bilan birga kafedra grant loyihalarini qо‘lga kiritish dolzarb masala ekanini aytib о‘tildi.

 

image_pdfimage_print