TANIQLI AMERIKALIK PRODYUSER DANIYEL TUTT О‘ZBEKISTONDA

TANIQLI AMERIKALIK PRODYUSER DANIYEL TUTT О‘ZBEKISTONDA

Tashrifdan kо‘zlangan asosiy maqsad: Amerikaning mashhur “Unity Productions Foundation” nodavlat fondi mamlakatimizdagi ijtimoiy-madaniy muassasalar bilan hamkorlikda islom dini va uning tarixiga oid qisqa metrajli film suratga olish niyatida.

Rejissyor va mohir prodyuser, “UPF” tashkilotining dasturlar bо‘yicha direktori Daniyel Tutt mamlakatimizdagi safari davomida kecha О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga ham keldi.

TANIQLI AMERIKALIK PRODYUSER DANIYEL TUTT О‘ZBEKISTONDA

Tashrif mobaynida amerikalik rejissyor institutdagi ijodkor yoshlar tomonidan tayyorlanayotgan ijod namunalari hamda oliy ta’lim muasasasida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib chiqdi.

TANIQLI AMERIKALIK PRODYUSER DANIYEL TUTT О‘ZBEKISTONDA TANIQLI AMERIKALIK PRODYUSER DANIYEL TUTT О‘ZBEKISTONDA

Shuningdek О‘zDSMIda kino rejissyor bilan uchrashuv ham tashkil etildi. Unda institutning Yoshlar bilan ishlash bо‘yicha prorektori Davlat Mullajonov, Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati kafedrasi mudiri Iqbol Meliqо‘ziyev, О‘zbekkino milliy agentligi vakili, rejissyor Jahongir Ahmedov, professor-о‘qituvchilar hamda iqtidorli talabalar ishtirok etishdi.

– О‘zbekistonga kelishimdan asosiy maqsad, men foaliyat yuritayotgan “Unity Productions Foundation” nodavlat fondi tomonidan tasvirga olinishi rejalashtirilayotgan islom dini va sivilizatsiyasi tо‘g‘risida qisqa metrajli filmga turli materiallar topishdir, – dedi Daniyel Tutt. – Bugun О‘zbekistonning san’at va madaniyat institutiga qilgan sayohatim davomida shunga amin bо‘ldimki, menimcha, kelajakda bizning О‘zbekistondagi faoliyatimizda kerak bо‘ladigan kо‘plab fikr va g‘oyalar, amaliy ishlar bu yerda yetarlicha. Masalan, institutdagi ba’zi yoshlarning animatsiya va aperatorlikdagi mahorati menga manzur bо‘ldi. Ular bilan albatta kelajakda birga ishlaymiz degan umiddaman.

Aytib о‘tish lozimki, “Unity Productions Foundation” nodavlat fondi 1992 yilda tashkil etilgan bо‘lib, tashkilotning asosiy maqsadi ommaviy axborot vositalari hamda turli filmlar orqali turli dinlar targ‘ibotiga qarshi kurashishdir. Islom ham din ham ilm sifatida rivoj topgan mamlakatimizda ushbu qisqa metrajli filmning suratga olinayotganligining asosiy sababi ham shundan.

TANIQLI AMERIKALIK PRODYUSER DANIYEL TUTT О‘ZBEKISTONDA TANIQLI AMERIKALIK PRODYUSER DANIYEL TUTT О‘ZBEKISTONDA

TANIQLI AMERIKALIK PRODYUSER DANIYEL TUTT О‘ZBEKISTONDA

 

– Sir emas, bugun Amerikada islom diniga nisbatan salbiy fikraydigan insonlar yetarlicha. Bu tabiiy hol, chunki ushbu dinga e’tiqod qiladiganlar yurtimizda atigi 2 yoki ikki foizni tashkil etadi. Bizning maqsadimiz mana shunday qarashlarni, barcha dinlar aslida ezgulikka xizmat qilishini о‘z filimimiz orqali kо‘rsatib berishdir, deydi taniqli rejissyor.

Ushbu tashkilot tomonidan suratga olingan kino kartinalar shu kunga qadar kо‘plab xalqaro sovrinlarni qо‘lga kiritganligini ham e’tirof etish lozi.

О‘zDSMI Axborot xizmati

image_pdfimage_print