O’ZBEKISTONDA YANGI TEATR OCHILDI

O'ZBEKISTONDA YANGI TEATR OCHILDI

Ijodiy parvozlar – badiiy tafakkur va ruhiyatni asrlar salmog‘iga muhrlaydi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-2021 yillar О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishlari bо‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qо‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga doir davlat dasturini ijrosini ta’minlash maqsadida О‘zbekistonda ilk bor “3D golografik” teatri ochildi. О‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan mazkur teatr endilikda muntazam ravishda faoliyat olib boradi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI\dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI\dsmi.uz

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 2-kurs doktoranti Rahimjon Dusanov “Buyuk Temur” golografik teatrida Amir Temur rolini ijro etdi. Prodyuser О‘zbekiston yoshlari umumjahon assosiatsiyasi raisi Murodilla Alimbayev, rejissyor Sanjar Matkarimov, operator Diyor Abduhalikov, grafika ustasi Laziz G‘aniyev, rassom Dilshod Nuriddinov, rollarda Ra’no Shodiyeva, Boir Xolmirzayev, Asror Hamidov, Soyibjon Ahmedov kabi mahoratli aktyorlar о‘ziga xos rollarni ijro etishgan.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI\dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI\dsmi.uz

“3D golografik” teatri о‘zbek san’atida innovatsion yondashuv bо‘lib, mahoratli grafika dasturlaridan foydalanadi. Betakror sahnalar badiiy tasvirlarning zamonaviy rangli talqinlari orqali tomoshabinga yetkaziladi.
Endilikda “Buyuk Temur” golografik teatrining repertuari ham shakllantiriladi, tomoshabinlar auditoriyasi kengayib boradi. Yangicha yondashuv kо‘plab muxlislarni qalbidan joy egallashi shubhasiz. Maroqli tomoshalarga umrboqiylik tilaymiz!

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti matbuot kotibi

image_pdfimage_print