BUXORO – BUYUK ALLOMALAR YURTIGA SAYOHAT

BUXORO – BUYUK ALLOMALAR YURTIGA SAYOHAT

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti pedagoglari T. M. Rashidov va SH. SH. Rasulov boshchiligida 2 bosqich “Estrada aktyorligi san’ati” talabalari yaqinda mamlakatimizning eng qadim tarixiga ega, о‘rta asrlarda islom dini markazi hisoblangan kо‘hna va boqiy Buxoroga sayohat qildilar.

BUXORO – BUYUK ALLOMALAR YURTIGA SAYOHAT
Ziyoratni jamoa ushbu muqaddas zaminda qо‘nim topgan yetti buyuk avliyo – pirlar Xoja Abduholiq G‘ijduvoniy (G‘ijduvon), Xoja Orif Mohitobon Revgariy (Shofirkon), Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviy (Vobkent), Xoja Ali Rominatiy (Romitan), Xoja Muhammad Boboyi Samosiy (Romitan) va Xoja Muhammad Bahovuddin Naqshbandiy (Kogon) qabrlarini ziyorat qilishdan boshladi.
Sо‘ngra, talabalar Setorai Mohi Xosa tarixiy obidasini, Buxoroning markazi bо‘lmish Labi hovuz, Minorai Kalon (Katta Minora) me’morchilik namunasini, Buxoro shahrining Labi hovuz majmuasi shimolida joylashgan Kо‘kaldosh madrasasini, Masjidi Kalon rо‘parasida joylashgan Miri Arab madrasasini hamda eng kо‘hna va madaniy meros obyektlaridan biri Ark qal’asi bilan tanishishdi.

BUXORO – BUYUK ALLOMALAR YURTIGA SAYOHAT
Talaba-yoshlar mazkur tarixiy yodgorliklarni ziyorat qilish bilan birga hudud haqidagi ma’lumotlar, muqaddas obidalarning tarixi, hozirgacha butun jahonni hayratga solib kelayotgan asriy qadamjolar xususida zaruriy bilim va kо‘nikmalarga ega bо‘lishdi.
О‘ylaymizki, mana shunday gо‘zal taassurotlarga boy sayohatlar yurtboshimiz kо‘zlagan ulkan maqsadlar sari yanada keng yо‘l ochadi. Zero, buyuk kelajakning kо‘prigi fidoyi, bilimli, kuchli, dono va albatta baxtli farzandlar mehnati bilan qurilajak! Biz ham muqaddas maqsadlarga hissa qо‘shib yashaylik!

Izzat Qurbonov,
талаба

image_pdfimage_print