“Nazm va navo” kechasi

“Nazm va navo” kechasi

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Folklor va etnografiya” kafedrasi о‘qituvchisi Kamoliddin Isayev folklor asarlarini sahnalashtirish fanidan ulug‘ bobomiz, mohir sarkarda va dilbar shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligi munosabati bilan “Nazm va navo” kechasini о‘tkazdi. “Folklor va etnografiya” ta’lim yо‘nalishi 1-kurs talabalari atoqli о‘zbek adibi Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asari asosida sahnaviy kо‘rinish ham namoyish etishdi. Kursning faol talabalari Doston Tohirov, Shodiyor Hamdamov, Farxunda Mashrabboyeva, Nurbek Isayev ulug‘ Mirzo Boburning yorqin ijodidan ruboiylar, g‘azallarni yod olishdi. Ayniqsa, Begzod Rahimovning “Yaxshilig‘” taronasi qalblarni titratdi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘zbek mumtoz adabiyotining bebaho namoyondalaridan biri Zahiriddin Muhammad Boburning ijodi har bir yoshlarimizning ma’naviy dunyosi uchun ma’rifat kо‘prigi bо‘ladi.

Kafedra mudiri: Oygul Ahmedova

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot xizmati

image_pdfimage_print