Bo‘zatov iqtidorlari kashf etildi!!!

Bo‘zatov iqtidorlari kashf etildi!!!

Bo‘zatov iqtidorlari kashf etildi!!!

Xabaringiz bor, 2021-yil mart-aprel oylarida “Yoshlar ovozi” festivalining kasting va hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tgan edi. Ushbu festivalning respublika bosqichi Bo‘zatov tumanida keng qamrovda bo’lib o’tdi.
Respublika “Yoshlar ovozi” festivaliga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlardan tashrif buyurgan 87 nafar isteʼdodli yoshlar “Estrada”, «Milliy ijrochilik va baxshichilik», “Opera” yo‘nalishlari bo‘yicha final bosqichida o‘z isteʼdodlarini namoyon etishdi.
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Teatr san’ati” fakulteti talabasi Umarshoh Saydaliyev ham “Estrada” yo’nalishi bo’yicha 2-o’rinni qo’lga kiritdi va g’oliblar safidan munosib o’rin egalladi.
Institutimiz jamoasi nomidan Umarshohni ushbu g’alabasi bilan samimiy qutlaymiz va kelgusi ishlariga ulkan muvaffaqqiyatlar tilaymiz!

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print