NAFAQAT IJODIY, ILMIY HAMKORLIK HAM RIVOJLANADI

NAFAQAT IJODIY, ILMIY HAMKORLIK HAM RIVOJLANADI
31 may kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida tashkil etilgan S. A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutining “Ijodiy markazi”da ilk marotaba ikki institut rahbarlari hamda professor-о‘qituvchilari о‘rtasida onlayn videomuloqot bо‘lib о‘tdi.
Jonli muloqot jarayoniga О‘zDSMI rektori Ibrohim Yuldashev, BKDI rektori V. Malishev, markaz direktori Iqbol Meliqо‘ziyev, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо‘yicha institut prorektori Gо‘zal Xalikulova, О‘quv ishlari bо‘yicha prorektor Rixsitilla Ismoilov hamda oliy ta’lim muassasasining ijodkor, faol talaba-yoshlari ham ishtirok etishdi.

NAFAQAT IJODIY, ILMIY HAMKORLIK HAM RIVOJLANADI

Har ikkala san’at muassasasi о‘rtasidagi о‘zaro aloqalar yaqin kelajakda ikki mamlakatning kino sanoatida о‘z tasirini kо‘rsatishi shubhasiz. Shularni inobatga olib, bugun oliy ta’lim muassasalari о‘rtasidagi munosabatlar kun sayin rivoj topayotganligi ayni haqiqat. Onlayn muloqot jarayonida kelishuvga kо‘ra navbatdagi о‘quv davridan e’tiboran kino sohasidagi yetakchi mutaxassislar ishtirokida navbati bilan о‘quv seminarlari, treninglar, qisqa muddatli hamda maqsadli mualliflik kurslari joriy eish, turli mahorat darslarini uyushtirish rejalashtirildi.

NAFAQAT IJODIY, ILMIY HAMKORLIK HAM RIVOJLANADI
Shuningdek Ijodiy markaz faoliyatining ilk amaliy jarayonida 2019-2020 о‘quv yilidan boshlab О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bakalavriatining ixtisoslashgan yо‘nalishlari iqtidorli bitiruvchilari uchun VGIK assistentura-stajirovkasida «Ijro etuvchi prodyuser», «Dramaturgiya» va «Audiovizual san’at rejissurasi» mutaxassisliklari bо‘yicha о‘qishlarni tashkil etish, 2019-2020 о‘quv yilidan boshlab О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining iqtidorli bitiruvchilarini hamda «Ijro etuvchi prodyuser» va «Kinorejissura va kinodramaturgiya» yо‘nalishlari bо‘yicha dastlabki saralashdan о‘tgan bakalavr darajasiga ega milliy kinematografiya sohasining mutaxassislarini S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya kinematografiya davlat instituti qoshidagi «Kino va televideniye» oliy kurslariga о‘qishga jalb etish, О‘zDSMIda BKDI professor-о‘qituvchilari tomonidan mahorat darslari, treninglar va mualliflik kurslarini о‘tkazish vaqtini va tartibini belgilash, Yangi о‘quv yilidan boshlab О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Kino-teleoperatorlik, Texnogen san’at (kino, televideniye va radio ovoz rejissyorligi), Rejissyorlik (televideniye va radio), San’atda animatsiyaviy va multimediyaviy loyihalash, San’atshunoslik (sahna va ekran san’ati dramaturgiyasi) ta’lim yо‘nalishi bitiruvchilarini va magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilari orasidan iqtidorlilarini saralab BKDI oliy kurslariga о‘qishga yuborish, shu bilan birga keyingi о‘quv yilidan boshlab О‘zDSMI professor-о‘qituvchilarini S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutiga bir oy (144 soat) muddatga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.
Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki О‘zDSMI va BKDI о‘rtasidagi kelishuvlar chinakamiga dо‘stona kо‘rinishga keldi, desak xato bо‘lmaydi. Bugun oliy ta’lim muassasalari nafaqat kadrlar tayyorlash masalasida balki ilmiy salohiyatlarini yuksaltirish borasida ham bir-birlariga kо‘makdosh bо‘lmoqdalar. Yaqin hamkorlik davrida ikki san’at muassasasi professor-о‘qituvchilari о‘rtasida ilmiy maqolalar almashinuvini yо‘ga qо‘yish rejalashtirilgan.

NAFAQAT IJODIY, ILMIY HAMKORLIK HAM RIVOJLANADI

NAFAQAT IJODIY, ILMIY HAMKORLIK HAM RIVOJLANADI
Yana bir yangilik. Endi ushbu yoz mavsumidan boshlab institutimiz talabalari BKDI tomonidan tashkil etiladigan yozgi о‘quv-dam olish oromgohlariga ham yuboriladigan bо‘ldi. Bu О‘zDSMI talabalari dam olish davrini xordiq chiqarish bilan birga chinakamiga tajriba orttirish, bilim olish uchun sarflashlari uchun imkoniyatdir.
Oliy ta’lim muassasalari о‘rtasida ilmiy-ijodiy hamkorlik davom etadi.

О‘zDSMI Axborot xizmati

image_pdfimage_print