BAYRAM SHODIYONASI

BAYRAM SHODIYONASI

Ustoz dunyodagi ulug‘ insonlardan biri, uning taratgan ziyosi asrlar qaridan nur sochib, butun kelajakni yoritib turadi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Xalq ijodiyoti” fakulteti “Folklor va etnografiya” kafedrasi professor-о‘qituvchilari uchun gо‘zal bayram 1 oktabr “О‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan 1-kurs “Folklor va etnografiya” ta’lim yо‘nalishining faol talabalari bayram dasturini taqdim etishdi. Unda milliy va zamonaviy kuy-qо‘shiqlar, folklor asarlar, jonli aytishuvlar о‘rin oldi. Iste’dodli talaba-yoshlar oliy ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya berayotgan ustozlarini chin yurakdan qutlashdi. Bayram juda a’lo kayfiyatda о‘tdi.

BAYRAM SHODIYONASI
Folklor va etnografiya sohalari bugun о‘zbek adabiyoti, san’ati va madaniyati rivojidagi muhim pillapoyalar hisoblanadi. Mazkur sohada faoliyat yuritayotgan malakali va jonkuyar pedagoglar ham о‘sib kelayotgan yosh avlod qalbida jonajon ona Vatanga muhabbat tuyg‘ularini tarannum etgan holda, kelajakda о‘zbek millati nomini yanada yuksaklikka kо‘tarish kabi ezgu g‘oyalarga asoslanib saboq berishadi. Mazkur bayram dasturida ham yoshlar qalbidagi jо‘shqin muhabbatni yoniq nigohlardan anglash mumkin. Barcha ustozlarimizni yaqinlashib kelayotgan kasb bayramlari bilan muborakbod etamiz!

BAYRAM SHODIYONASI BAYRAM SHODIYONASI

 

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti matbuot xizmati kotibi

image_pdfimage_print