“О‘zbekiston Oliy ta’limida ijodiy tadbirkorlikka о‘qitish integratsiyasi” xalqaro forumi tashkil etildi

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2020 yilni “Ilm-fan va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qildi. Albatta mazkur yо‘nalishda belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda oliy о‘quv yurtlari oldiga katta vazifalar yuklatiladi. Xususan talabalarni tadbirkorlik faoliyatiga о‘qitish, ayniqsa ularda ijodiy tadbirkorlik kо‘nikmalarini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.
Oliy ta’limda ijodiy tadbirkorlik kо‘nikmalarini talabalar va professor-о‘qituvchilar orasida keng shakllantirish maqsadida hozirda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda Londonning Goldsmits universiteti bilan hamkorlikda “Creative Spark” (ijodiy uchqun) loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida 2018 yildan buyon Toshkent va London shaharlarida bir qancha konferensiya, forum va amaliy treninglar tashkil etildi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Jumaladan 2020 yilning 3 va 4 fevral kunlari Toshkent shahrida tashkil etilayotgan “О‘zbekiston Oliy ta’lim tizimida ijodiy tadbirkorlikka о‘qitish integratsiyasi” xalqaro forumi ushbu yuqoridagi loyihaning mantiqiy davomi sanaladi. Forumni tashkil qilishdan maqsad Markaziy Osiyo davlatlarida kreativ tadbirkorlik sohasida bо‘layotgan о‘zgarishlarni, qonunchilikdagi yangiliklarni va mavjud muammolarni muhokama qilishdir. Ushbu forumda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, “El-yurt umidi jamg‘armasi” ijrochi direktori – Adxam Bekmurodov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Kongratbay Sharipov,“Numo group” kompaniyasi direktori Xikmat Abduraxmanov, nutq sо‘zladilar. Ular о‘z nutqlarida bugungi globallashuv jarayonida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun mohiyati, amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolar, davlat oldida turgan ishsizlik muammosini yechishda kreativ g‘oyalarni amalga oshirishni qо‘llab-quvvatlash mexanizmlarini ishlab chiqish haqida ta’kidladilar. Xususan Xalq ta’limi vaziri SH.Shermatov: “Biz ijodkor iqtidorlarni xorijga chiqib ketishlariga yо‘l qо‘ymasligimiz kerak. Biz ularning iqtidorini shu yerda rо‘yobga chiqarish uchun sharoit yaratib berishimiz kerak”, deb ta’kidladi.
Ushbu forumda ishtirok etgan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” kafedrasi dotsenti M.Yuldasheva, katta о‘qituvchisi B.Salaydinov, о‘qituvchi O.Dusmuxamedov, institutning Farg‘ona mintaqaviy filiali direktori о‘rinbosari Rashid Turg‘unboyev, Nukus filiali о‘qituvchisi Gulshira Saparbayeva xorijiy mutaxassislar bilan muloqotga kirishib ulkan tajriba tо‘pladilar.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Halqaro forum davomida olingan tajriba ta’lim jarayonida о‘quvchilarga kreativ tadbirkorlik kо‘nikmalarini о‘qitish, rivojlantirish hamda ularni amaliyotga joriy etish bilan bog‘liq muhim vazifalarni amalga oshirishda katta ahamiyatga ega.

Baxtiyor SALAYDINOV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
katta о‘qituvchisi

image_pdfimage_print