DOSTONCHILIK AN’ANALARI

DOSTONCHILIK AN’ANALARI

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tarmoq markazida qisqa malaka oshirish kurslarida tahsil olayotgan “Baxshichilik san’ati” yо‘nalishi tinglovchilari uchun bugun 28 fevral kuni О‘zbekiston xalq baxshisi Abdunazar Poyonov bilan ijodiy uchrashuv о‘tkazildi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
Respublikamizdagi Musiqa va san’at maktablarida “Baxshichilik san’ati” yо‘nalishi bо‘yicha ta’lim berayotgan pedagoglar bilimlarini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda О‘zbekiston xalq baxshisi Abdunazar Poyonov yurtimizning Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarida baxshichilik san’ati rivojlangan bо‘lib, hozirgi kunda Bulung‘ur, Qо‘rg‘on, Shahrisabz, Qamay, Chiroqchi, Dehqonobod, Sherobod, Boysun, Janubiy Tojikiston, Xorazm hamda Qoraqalpog‘iston dostonchilik maktablari mavjudligi haqida tо‘xtalib о‘tdi. Ular bir-biridan ijro usullari va repertuarlari bilan farqlanishini aytib ijro usullaridan termalar taqdim qildi. Tinglovchilar ham о‘zlarining hududlariga oid baxshichilik maktablariga oid ma’lumotlar va ijrolarni taqdim qildilar.

Tarmoq markazi direktori: Tо‘rabek Fayziyev

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot xizmati

image_pdfimage_print