Ilm-fan va ta’lim integratsiyalashuvi

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta-maxsus ta’lim vazirligi endilikda muhtaram yurtboshimizning qator islohotlari doirasida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning imkoniyatlarini rag‘batlantirmoqda. Ilm-u ma’rifat va mehnat shaxsni kamolotga yetkazadi. Jumladan, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida iqtidorli, ilmli talaba-yoshlarni ilm-fan va ta’lim integratsiyalashuvi, raqamli iqtisodiyotni о‘rganish va amaliyotga tadbiq etish istiqbollari doirasida kо‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. “Sahna nutqi” kafedrasi о‘qituvchisi Avazbek Shomurodov tashabbusi bilan О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamkorligida institutning “San’atda prodyuserlik” ta’lim yо‘nalishi 1-kurs talabalari 13 fevral kuni muhtasham “Xalqlar dо‘stligi” san’at saroyiga konsert dasturiga tashrif buyurishdi. San’at saroyida talabalar prodyuserlik mahorati, ommaviy bayramlar va tadbirlarni tashkillashashtirish, dekoratsiya ishlari, ovoz rejissurasi, sahna strukturasi, jonli tomosha san’ati, musiqiy bezaklar sirlarini о‘rganishdi. Tajribali mutaxassislar О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri, О‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning prodyuserlari Ilyos Dadaboyev, Habibullo Muzaffarov, “Xalqlar dо‘stligi” san’at saroyi bosh rejissyori Zokirjon Qayumov, taniqli aktyor, Davlat mukofoti sovrindori Muhammadiso Abdulxairov bilan jonli muloqotlar bо‘lib о‘tdi.

Ilm-fan va ta’lim integratsiyalashuvi
Bо‘lajak prodyuserlar kelgusida о‘zbek san’atini yanada rivojlantirish, xalqaro maydonga olib chiqish yо‘lida о‘z mahoratlarini namoyish etishadi. Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda oliy ma’lumotli mutaxassis yoshlarning potensiali va tajribasi taraqqiyotga hissa qо‘shadi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Dostonbek RAHMATULLAYEV
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Matbuot kotibi

image_pdfimage_print