Talabalar konferensiyasi shiori: “INTELLEKTUAL YOSHLAR – TARAQQIYOTNING MUHIM OMILI”

Talabalar konferensiyasi shiori:  “INTELLEKTUAL YOSHLAR – TARAQQIYOTNING MUHIM OMILI”

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PQ-3775-son Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda san’at va madaniyat sohalarida malakali kadrlar tayyorlash vazifalarini amalga oshirish maqsadida 2019 yilning 28 fevral kuni institut (О‘zDSMI) talabalarining “Yoshlarning ma’naviy olamini yuksaltirish va ularni milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning dolzarb muammolari” mavzuidagi ilmiy-nazariy, amaliy konferensiyasi bо‘lib о‘tadi.
1. Shо‘ba. Ijodkor yoshlarni tarbiyalashda ijtimoiy-gumanitar fanlarning roli.
2. Shо‘ba. San’atshunoslik va madaniyatshunoslik mutaxassisliklari bо‘yicha kadrlar tayyorlashning dolzarb muammolari.
3. Shо‘ba. Rejissura san’ati va uning ijtimoiy hayotdagi о‘rni.
4. Shо‘ba. Aktyorlik san’ati maktablari va ularning bugungi kunda qо‘llanilish holati
5. Shо‘ba. Cholg‘u ijrochiligi masalalari
6. Xalq ijodiyoti va milliy qо‘shiqchilik san’atini rivojlantirish
7. Filologiya va sahna nutqi
8. Madaniyat va san’at muassasalari uchun rahbar kadrlar tayyorlashning dolzarb masalalari
Mazkur anjumanda talabalar о‘qish davomida olgan bilim va kо‘nikmalarini namoyon etishadi. Ular nafaqat san’at va madaniyat, balki mamlakatimizning ijtimoiy hayoti, dunyoda yuz berayotgan global muammolar yuzasidan ham о‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi. An’anaviy tarzda har yili о‘tkaziladigan ushbu konferensiya institut hayotining ajralmas qismiga aylangan.
Ishtirok etish istagida bо‘lgan iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy maqolalari bilan birgalikda taklif etamiz.
Maqolalar qabul qilish muddati 2019 yil 10 fevral kuni soat 18:00ga qadar davom etadi.
Murojaat uchun telefon: (71) 230-28-03

image_pdfimage_print