TIL – MILLAT KO`ZGUSI

TIL – MILLAT KO`ZGUSI

TIL – MILLAT KO`ZGUSI

 

Mayli, kim qay tildan zavq-u shavq olsa,

Mening o‘z tilimga ming jonim fido.

Erta ona tilim agar yo‘qolsa,

Men bugun o‘lishga bo‘lurman rizo.

 

 

“Har qanday millatning dunyoda borligini ko`rsatadurg`on oyinai hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yo`qotmak, millat ruhini yo`qotmakdir”, degan edi ulug` mutafakkir Abdulla Avloniy.
Darhaqiqat, tilning ahamiyati, uning mavjudligi har qanday yurt, millat taraqqiyotini belgilab berishi shubhasiz. Ayniqsa bugungi globallashuv – dunyo xalqlarining turmush-tarzi umumiylik kasb etgan bir davrda yuqoridagi so`zlarning zalvori ikki hissa ortadi.

TIL – MILLAT KO`ZGUSI TIL – MILLAT KO`ZGUSI
O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutida “Til – millat ko`zgusi” mavzuida o`tkazilgan tadbirda ham aynan shu masalaga alohida to`xtalib o`tildi.
Uchrashuv shaklida tashkil etilgan davra suhbatida Filologiya fanlari doktori, professor Nizomiddin Mahmudov instituning Xalq ijodiyoti fakulteti “kutubxona-axborot faoliyati” ta`lim yo`nalishi talabalariga til va uning millat shakillanishidagi o`rni, sohaga doir bugungi muammolar xususida gapirib berdi.
Shuningdek tadbirda institutning professor-o`qituvchilari, tilshunoslar va boshqa mehmonlar ham ishtirok etishdi.
– Ayni paytda milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari dadil odimlamoqdamiz, – dedi Nizomiddin Mahmudov. – Bugun qay bir sohaga qaramang rivojlanish jarayonini, o`sishni ko`ramiz. Shunday ekan tilimiz ham bunday taraqqiyotdan chetda qolmasligi zarur. Bunda siz yoshlarning harakatingiz alohida o`ringa ega. To`g`ri xorijiy tillarni o`rganish bugun har doimgidanda dolzarb vazifa lekin millat g`ururi – ona tilimiz hisobiga emas.

TIL – MILLAT KO`ZGUSI TIL – MILLAT KO`ZGUSI
Uchrashuv avvali mutaxassislar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar bilan boshlangan bo`lsa, so`ng talabalar tomonidan keltirilgan qizg`in munosabat hamda savol-javoblar tadbirga o`zgachalik baxsh etdi.

TIL – MILLAT KO`ZGUSI
O`zDSMI Axborot xizmati

image_pdfimage_print