MAS’ULIYAT MINBARI

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Yoshlarning ma’naviy tarbiyasi va moddiy ehtiyojlarining qondirilishi ularni kо‘ngillarini tо‘ldiradi, ijobiy motivatsiya berib, jamoatchilikdagi faolligi va muntazamligini oshiradi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Teatr san’ati” fakulteti dekani Anvar Qurbonov hamda muovin Ma’murjon Tо‘rayev 1-2-talabalar turar joylarida davra suhbatlari о‘tkazishdi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Mazkur uchrashuvlarda kо‘tarilgan muhim masalalar talabalarning ilmiy-ijodiy faolliklarini yanada oshirish, muhtaram yurtboshimiz ilgari surayotgan muhim 5 tashabbusga nisbatan munosabat bildirish, mahorat darslarini yuqori tashkil etish va xalqaro aloqalarni yaxshilash, shu bilan birga, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni qadriga yetib, moddiy anjomlarni asrash, ulardan unumli foydalanish kabi muhim tamoyillar о‘rtaga tashlandi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Ayniqsa, yoshlarning tashabbuskorlik va innovatorlik qobiliyatlarini rivojlantirish, har taraflama barkamol shaxs sifatida о‘sishlariga imkon yaratish muhim masalalar qatorida turibdi. Institut professor-о‘qituvchilari pedagoglik faoliyati bilan birgalikda mas’uliyat minbariga chiqqan holda turli ma’naviyat soatlari, davra suhbatlari va ma’rifiy tadbirlarni yо‘lga qо‘yishi ham ijobiy natija beradi. Yoshlarimizning faolligi ortaversin!

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
matbuot xizmati

image_pdfimage_print