TILGA E’TIBOR MUSTAQILLIKKA E’TIBOR

TILGA E'TIBOR MUSTAQILLIKKA E'TIBOR

Yeldek uchib borayotgan zamon zaylida shirin diydor, yorqin xotiralar ortimizdan qoladi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 24 oktabr kuni О‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo bilan ijodiy uchrashuv bо‘lib о‘tdi. Professor-о‘qituvchilar va iste’dodli talaba-yoshlar о‘zgacha shijoat va qalblarida mehr bilan mahoratli shoirni iliq kutib olishdi. Uchrashuv avvalida institut rektori, professor Ibrohim Yuldashev sо‘zga chiqib, bu yili 21 oktyabr О‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga 30 yil tо‘lganligi, shu munosabat bilan mazkur sana endilikda respublika doirasida katta bayram sifatida nishonlanishi borasida sо‘zladilar. Mamlakatimizda kechayotgan turli islohotlar, Milliy tiklanishdan milliy yuksalish qadar, kitobxonlikka berilayotgan e’tiborni faxr bilan tilga oldilar.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Uchrashuvning asosiy mehmoni О‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo talabalar bilan samimiy suhbat olib bordi. Tilga e’tibor Mustaqillikka bо‘lgan e’tibor ekanligi, ona xalqimizning boy tarixi, bebaho asarlarimizning qadri, otashzamon yillarda yо‘qotganlarimiz mavzusi kо‘tarildi. Ustoz shoir “О‘z ona tilini bilmagan insonda muqaddas tuyg‘ular qolmaydi”, degan gо‘zal fikrni aytdilar. Davrada shoir о‘zlarini qaynoq va gо‘zal she’rlarini yodlab, yoshlarni ijodiy jarayonlarda faol bо‘lishga chorladilar.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Ulug‘ shoirlar Abdulla Oripov, Erkin Vohidov ijodi, adabiy hayotimizdagi tutgan о‘rni, necha yillardan buyon Yozuvchilar uyushmasi tomonidan о‘tkazilib kelinayotgan Zomin seminarlari borasida fikrlar о‘rtaga tashlandi.
Ijodiy uchrashuv chog‘ida talabalar о‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ustoz shoirga yuzlanishdi. Gо‘zal hissiyotlarga tо‘lgan she’riy misralar, talabalar ijodidan namunalar barchani ta’sirlantirib yubordi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Institutimizda mana shunday gо‘zal uchrashuvlar kо‘p bо‘laversin!

 

О‘zbekiston davlat san’at
va madaniyat instituti
matbuot xizmati

image_pdfimage_print