TURKMAN MILLIY TAOMLARI

TURKMAN MILLIY TAOMLARI

О‘zbek xalqi azal-azaldan mehmondо‘stligi va asrlarga tatigulik birodarlik tuyg‘ulari ila yashab keladi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 2-talabalar turar joyida 8-noyabr kuni “Teatr san’ati” fakulteti “Dramatik teatr va kino aktyorligi” ta’lim yо‘nalishi 2-kurs talabasi, turkman qizi Shahriza Ashirova о‘z xalqining milliy taomi bо‘lmish “Ishlekli”ni qizlar davrasida tayyorladi. Mazkur jarayon qiziqarli lahzalarga boy bо‘lib, о‘zbek qizlari turkman millatining о‘ziga xos an’analari va qadriyatlari tarannumi jo bо‘lgan milliy taomini tayyorlash sirlarini о‘rgandilar.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

Oliy ta’lim muassasasida xalqaro aloqalar keng yо‘lga qо‘yilgan bо‘lib, xorijlik ilmga chanqoq talabalar ham bemalol tahsil olishlari mumkin. Shahriza Ashirova Turkmaniston Respublikasidan tashrif buyurgan, 2-talabalar turar joyida yashaydi.

О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz
О‘ZDSMI – О‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI/dsmi.uz

О‘zining mehnatsevarligi va intiluvchanligi bilan alohida ajralib turadi. Mudir Jahongir Karimov taklifi asosida maxsus taom tayyorlash jarayoni orqali о‘zbek va turkman yoshlari о‘rtasidagi muqaddas rishtani yanada mustahkamlab, milliy urf-odat va qadriyatlarimiz yodga olindi.
Institutda mana shunday quvonarli jarayonlar kо‘payaversin!

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
matbuot xizmati