1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Toshkent viloyati Olmaliq shahrida bayram tantanasi bo’lib o’tdi

1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Toshkent viloyati Olmaliq shahrida bayram tantanasi bo'lib o'tdi
1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bo’lib o’gan bayram tantanalari ko’tarinkilik bilan davom etdi.
1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Toshkent viloyati Olmaliq shahrida bayram tantanasi bo'lib o'tdi
Xususan, Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi “Bolajon” istirohat bog’ida ham bayram tantanasi o’zgacha shukuhda bo’lib o’tdi. E’tiborli jihati istorohat bog’ining markaziy sahnasida A.Abduxalilov tomonidan “Qo’g’irchoq teatr san’ati” kafedrasi 4-kurs “Qo’g’irchoq teatri aktyorligi” ta’lim yo’nalishi talabalari bilan sahnalashtirilgan V.Orlovning “Oltin Jo’ja” spektakli kafedra mudiri va kurs rahbari A.Abduxalilov rahbarligida namoyish etildi.
1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Toshkent viloyati Olmaliq shahrida bayram tantanasi bo'lib o'tdi
Spektakl namoyishida mahalliy hokimiyat organlari vakillari ishtirok etib ko’rsatilgan namoyish borasida o’zlarining iliq fikrlarini bildirib o’tishdi. Bugungi tadbirni yoritish maqsadida kelgan O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi vakillari tomoshabinlarni, istirohat bog’iga kelgan aholi, ota-onalar hamda uarning jajji farzandlarini suhbatga chorlab, bugungi tadbir ta’ssurotlari bilan qizg’in suhbat qilishdi.
1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Toshkent viloyati Olmaliq shahrida bayram tantanasi bo'lib o'tdi
Ana shunday suhbatlar davomida institutimiz vakili A.Abduxalilov ham O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati o’rtasida tuzilgan hamkorlik hamda “Do’stlar klubi”ning amaliy ishlari natijasida bu tadbirda ishtirok etishayotganligini ta’kidlab o’tdi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print