Sirtqi va maxsus sirtqi ta’lim


Maxsus sirtqi bo’limi

Maxsus sirtqi ta’limga talabalarni faqat tegishli yoki turdosh ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha о‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga va ta’lim yо‘nalishiga muvofiq soha, kasb, lavozimlarda kamida uch yillik amaliy ish stajiga (pedagogika yо‘nalishlari uchun pedagogik stajga) ega bо‘lgan, tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega, test sinovlaridan (kirish imtihonlari yoki kasbiy suhbatdan) muvaffaqiyatli о‘tgan abituriyentlar hisobidan amalga oshiriladi.

Oliy ta’lim muassasalarida maxsus sirtqi ta’lim shakli uchun abituriyentlardan hujjatlar 2018 yilning 15 iyundan 15 iyuligacha qabul qilinadi.

Abiturient ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:

  • ta’lim yo‘nalishi, o‘qitish tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza;
  • umumiy о‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;
  • 086/U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
  • fuqarolik pasporti nusxasi;
  • 3,5×4,5 sm o’lchamdagi 6 dona fotosurat;
  • mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan kо‘chirma;
  • ishlab turgan sohadan tavsiyanoma;

Bundan tashqari abiturient qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko‘rsatadi.


 О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining maxsus sirtqi bо‘limida 2018/2019 о‘quv yilida bakalavrlar tayyorlash bо‘yicha qabul kо‘rsatkichlarining ta’lim yо‘nalishlari va о‘qitish tillari bо‘yicha

TAQSIMLANISHI

ShifrTa’lim yo’nalishlari To’lov-kontrakt asosida
JamiShu jumladan
O’zbekRus
OTM bo’yicha jami:504010

Shu jumladan, ta’lim yo’nalishlari bo’yicha

5150300

Aktyorlik san’ati (turlari bo’yicha):504010
5150302Aktyorlik san’ati: musiqali teatr aktyorligi san’ati504010


Sirtqi bo’limi

Sirtqi ta’limga talabalarni qabul qilish umumiy o‘rta (10-11-sinflar negizida), o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumoti to‘g‘risidagi tegishli hujjatga ega bo‘lgan va test sinovlaridan (kirish imtihonlaridan) muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar hisobidan amalga oshiriladi.

Oliy ta’lim muassasalarida sirtqi ta’lim shakli uchun abituriyentlardan hujjatlar 2018 yilning 10 iyulidan 31 iyuligacha qabul qilinadi.

Abiturient ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:

  • ta’lim yo‘nalishi, o‘qitish tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza;
  • umumiy о‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;
  • 086/U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
  • fuqarolik pasporti nusxasi;
  • 3,5×4,5 sm o’lchamdagi 6 dona fotosurat;

Bundan tashqari abiturient qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko‘rsatadi.


О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining sirtqi bo’limida 2018/2019 yilida bakalavr tayyorlash bо‘yicha qabul kо‘rsatkichlarining ta’lim yo’nalishlari va о‘qitish tillari bо‘yicha

TAQSIMLANISHI

ShifrTa’lim yo’nalishlari To’lov-kontrakt asosida
JamiShu jumladan
O’zbekRus
OTM bo’yicha jami:20014555

Shu jumladan, magistratura mutaxassisliklari bo’yicha

5150200

San’atshunoslik (turlari bo’yicha):503020
5150203San’atshunoslik: sahna va ekran san’ati dramaturgiyasi251510
5150208San’atshunoslik: kino san’ati tanqidi va tahlili251510
5151700Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish504010
5350600Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo’yicha)1007525
5350600Kutubxona-axborot faoliyati: kutubxonachilik va bibliografiya)1007525
image_pdfimage_print