Kafedra mudiri:
“Sahna nutqi” kafedrasi

Ibragimova Umida Navruzovna

Mustaqil tadqiqotchi, «Yulduzlikka qadam» kо‘rsatuvi boshlovchisi, 30 dan ortiq xalqaro va ilmiy maqolalar muallifi.

Qabul kunlari: seshanba, payshanba, shanba: 14:00 – 17:00

Telefon:71 230 28 35

📧 e-mail:

Kafedra qisqa tarixi:
1945-yilda tashkil qilingan kafedraga Nazira Aliyeva va Lola Xo‘jayeva O‘zbekiston san’atiga munosib ulush qo‘shib, sahna, kino, radio, televideniyemizning kechasi, buguni va ertasini belgilay oladigan o‘zbek sahna nutqi maktabi poydevorini yaratdilar. S.Imonxo‘jayev birinchi marta kafedra uchun nihoyatda zarur bo‘lgan “Badiiy o‘qish asoslari”, “Ifodali o‘qish asoslari”, “O‘tmish sharq notiqligi”, L.Xo‘jayeva bilan birga “Badiiy so‘z san’ati asoslari” qo‘llanmalarini yaratdi. 1985-yilgacha kafedraga professor Lola Xo‘jayeva, 1985-1987-yillarda A.Sayfuddinov, 1987-1988-yillarda O.Suzdaltseva, 1989-1997-yillarda teatrshunos olim Inoyatilla Po‘latov, 1997-2011-yillarda Isoqtoy Djumanov, 2011-2017-yillarda M.Xodjimatova, 2017-yildan I.Djumanov rahbarlik qilib keldi. 2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, dotsent M.Yuldashev, 2023-yil sentabr oyidan U.Ibragimova kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda.
“Sahna nutqi” kafedrasi
Kafedrada о‘qitiladigan fanlar:
  1. Sahna nutqi
  2. Sahna nutqi fanini о‘qitish metodikasi
Magistraturada о‘tiladigan fanlar:
  1. Sahna nutqi fanini o‘qitish metodikasi
Kafedraning professor о‘qituvchilarining tarkibi:
1. Ibragimova Umida Navro‘zovna – kafedra mudiri, katta o‘qituvchi
2. Xoliqulova Go‘zal Erkinovna – san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor v.b.
3. Djuldikarayeva Xatira Tastemirovna – professor v.b.
4. Kadirov Ramz Turabovich – professor v.b.
5. Djumanov Isoqtoy Muhammedovich – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, dotsent
6. Xodjimatova Maxsuma Kuchkarovna – dotsent
7. Yusupov Shokir Tursunovich – dotsent
8. Mag‘diyev Baxodir Kabul-Kariyevich – dotsent v.b.
9. Jumanova Dilrabo Qadamboyevna – katta o‘qituvchi
10. Karimboyeva Nigora Abduraxmanovna – katta o‘qituvchi
11. Tohirov Oybek Sobir o‘g‘li – o‘qituvchi
12. Sulaymonov Temur Shavkat o‘g‘li – o‘qituvchi
13. Saidova Xolida Xayrullayevna – o‘qituvchi
14. Jabborov Bobir Islombek o‘g‘li – o‘qituvchi
Ichki o‘rindoshlar:
1. Xomidov Isfandiyor Kamoliddin o‘g‘li – o‘qituvchi
2. Usmonov Nurillo Hamidullayevich – o‘qituvchi
3. Ahmedova Nilufar Ropiyevna – dotsent v.b.
Tashqi o‘rindoshlar:
1. Yuldashev Muslum Islamovich – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, dotsent
2. Eltoyeva Lola Suyunovna – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, dotsent
“Sahna nutqi” kafedrasi
Kafedraning ilmiy ishlari (ohirgi 5 yilda chiqarilgan darsliklar, monografiyalar va о‘quv qо‘llanmalar rо‘yxati):
• Xodjimatova M. // O‘quv qo‘llanma. –T:, 2019.Aktyorlik va rejissyorlik mutaxassisligi uchun “Sahna nutqi fanini о‘qitish metodikasi” nomli darslik. 2022 yil 9 sentabr. Guvohnoma № 302. “Donishmand ziyosi” nashriyoti. 2023 y.
• Xoliqulova G.E. 2023 yil 28 fevral kuni О‘zDSMI Kengashining 7-sonli yig‘ilishida «Oliy ta’lim muassasalari pedagog-rahbarlari kompetentligini rivojlantirishning metodologik asoslari» nomli monografiyasi. “Donishmand ziyosi” nashriyoti. 2023 y.
• Djuldikarayeva X. “Lola Hо‘jayeva” monografiyasi О‘zDSMI Kengashi bilan 2022 yil 4 iyuldagi № 11-sonli bayonnomasi bilan nashrga tavsiya qilingan va “Zamon poligraf” nashriyotida 2022 yili chop etilgan.
Kafedraning ilmiy va amaliy hamkorlari:
Kafedra qoshida tahsil olayotgan bakalavr talabalar amaliyot jarayonida ilmiy-ijodiy faoliyat yuritib, ko‘nikma va malakaga ega bo‘ladilar. Talabalar turli tadbirlarni tashkillashtirib, ilmiy-ijodiy ishlar olib boradi. Teatr, radio, televideniye, dublyaj san’ati, boshlovchilik, suxandonlik, dublyaj rejissorligi sohalarida faoliyat yuritadi.
Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqali teatrida professor v.b. R.Qodirov tomonidan Ch.Aytmatovning “Sarviqomat dilbarim” asari inssenirovka qilinib, yangi, innovatsion talqinda sahnalashtirildi. Hozirgi kunda teatr repertuaridan mustahkam o‘rin olgan. Shuningdek, viloyat musiqali teatrlari hamda qo‘g‘irchoq teatrlarida jumladan, Andijon, Surxondaryo, Samarqand, Farg‘ona, Jizzax, Respublika qo‘g‘irchoq teatrlarida sahnalashtirilgan spektakllarning sahnalashtirilishida pesalar yaratilib amaliy ko‘mak berilib kelinmoqda. Viloyat qo‘g‘irchoq teatrlarida dotsent I.Djumanov tomonidan yaratilgan “Ochil dasturxon”, “Uchar kovush”, “Uchta quvnoq do‘mboqcha”, “Sandiqsoz usta” “Yo‘lchiroq” “Amaldorning ayoli”, “Tilla tuyoqli ohu”, “Yuv toza bo‘l” sahnalashtirilib, yosh tomoshabinlarga namoyish etilmoqda. I.Xomidov tomonidan “Yangi asr avlodi” nashriyoti qoshida ochilgan “Nur bolalar kitobi” teatr-studiyasi bilan doimiy hamkorlik o‘rnatilgan va shu kungacha “Kichkina shahzoda”, “Zumrad va Qimmat”, “Mo‘jiza”, “Hellados” kabi spektakllar sahnalashtirilgan.
I.Xomidov tomonidan “Ko‘zi ojiz va ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun tarix fanidan mobil o‘quv ilovasini yaratish” loyihasi tayyorlandi. O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan quyidagi elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturga berildi. 08.12.2022. Guvohnoma. DGU 2022 7116.
Kafedra o‘qituvchilari G.Xoliqulova, I.Djumanov davlat tadbirlarining sahnalashtirish jarayonida nutqiy maslahatchi, L.Eltoyeva, R.Qodirov, N.Karimboyeva, M.Yuldashev, B.Mag‘diyev, O.Tohirov, I.Xomidov, B.Jabborovlar O‘zbek Milliy Akademik teatr, Qo‘g‘irchoq teatri, Kinematografiya agentligi, O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi, Oriat dono radiosi bilan yaqindan aloqa o‘rnatib hamkorlikda samarali ijod qilib kelmoqdalar.
“Sahna nutqi” kafedrasi
Kafedraning xalqaro hamkorligi:
2015-yil noyabr oyidan buyon O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Britaniya Kengashi O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi, O‘bekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda Buyuk Britaniyadagi Rouz-Bruford teatr va aktyorlik mahorati kolleji bilan hamkorlik ishlari o‘zining samarasini berdi. Kafedra dotsenti I.Jumanov tomonidan yaratilgan “Sahna nutqi” (mashqlar to‘plami) o‘quv qo‘llanmasiga, Britaniyalik hamkor, sahna nutqi, aktyorlik mahorati bo‘yicha mutaxassis Jon Takkerning master klass mashg‘ulotlaridagi mashqlaridan kiritildi. Bugungi kunda aktyorlik va rejissorlik guruhi talabalariga keng tadbiq etilmoqda.
2018-yilning 11-noyabrdan 12-dekabrgacha Jon Taker tomonidan institutning 1-4 bosqich iqtidorli talabalari bilan institut o‘quv teatri sahnasida V.Shekspirning “Gamlet” fojeasi sahnalashtirildi. Sahnalashtirilish jarayonida Sahna nutqi kafedrasi dotsenti I.Djumanov va V.Yusupova nutq texnikasi va so‘z ustida ishlash jarayonida yaqindan nazariy, amaliy hamkorlik qilib, sof adabiy o‘zbek tili, uning g‘oyaviy ta’sirchanligi, so‘z harakati tizimlari ustida ishladilar.
Kafedraning korxona va tashikilotlar bilan aloqalari:
– Oriat dono radiosi;
– Muqimiy nomidagi о‘zbek musiqali teatri
– Diydor teatri;
– О‘zteleradiokompaniya