“Sahna harakati va jismoniy madaniyat” kafedrasi

“Sahna harakati va jismoniy madaniyat” kafedrasi
Kafedra mudiri:
Abraykulova Nasiba Erkinovna

  qabul vaqti Dushanba, Chorshanba, Juma: 14:00 – 17:00
  xizmat telefon raqami: 71 230 28 31
📧  e-mail:

 

 

Kafedra qisqa tarixi


“Sahna harakati” kafedrasi 1945-yildan о‘z faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Institut tashkil bо‘lgandan buyon “Aktyorlik mahorati kafedrasi” qoshida bо‘lajak rejissyor va aktyorlarga “Sahna harakati va raqs” fanlari о‘qitilib kelingan. Keyinchalik О‘zbekiston hamda О‘rta Osiyo Respublikalarida teatr sohasidagi yuqori malakali mutaxassislarga bо‘lgan talab ortib bordi. Natijada talabalar kontingenti sezilarli ravishda kо‘paydi. Shundan sо‘ng, institut tuzilmasida kо‘pgina о‘zgarishlar bо‘lib, 1975-yilda alohida dekanatlar va kafedralar tashkil qilindi. Shular qatorida “Sahna harakati” kafedrasi ham alohida mustaqil kafedra bо‘lib ajralib chiqdi.
Shu yillar davomida kafedrada, “Sahna harakati va jangi”, “Raqs”, “Ritmika, plastika, pantomima”, “Rejissyorning baletmeyster bilan ishlashi”, “Jismoniy madaniyat va sport”, “Valeologiya”, “Ekologiya”, “Inson hayot faoliyati havfsizligi asoslari” singari fanlar о‘qitilgan.

Kafedrada professor-о‘qituvchilardan A.I.Levin, Ali Ardobus, I.M.Protsenko, T.G.Litvinova, S.R.Tanguriyeva, A.F.Ismoilov, SH. Axmedov, D.A. Ismoilov, О‘.Qoraboyev, SH. N. Zokirovlar faoliyat olib borganlar.
О‘sha davrlarda о‘zbek, rus, qozoq, qoraqalpoq, turkman, qirg‘iz, koreys, grek va uyg‘ur kabi guruhlarda talabalar ta’lim olganlar. Keyinchalik pedagogika fanlari nomzodi, dotsent A. A. Xatamov, boks sport turi bо‘yicha sport ustasi A. Mavlonov, ritmika fanidan G. Muxamedjanova, raqs fanidan L.B.Kobesovalar talabalarga bilim berdilar.

 

Konsertmeysterlar:


  1. An Yelena – fortepiano
  2. Kulvinskaya K. – fortepiano
  3. Xodjayeva V. A. – fortepiano
  4. Kayumov O. – doirachi.

 

Kafedrada faoliyat kо‘rsatgan mudirlar:


  • 1975-1982 yillarda-О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist, dotsent Pyotr Sergeyevich Drozdov.
  • 1982-2012 yillarda-О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog‘istonda xizmat kо‘rsatgan artist, professor Arsen Fayzullevich Ismoilov.
  • 2012-2017 yillarda- dotsent Shamsiddin Yulchiboyevich Usmonov.
  • 2017 yildan hozirgi kungacha dotsent Nasiba Erkinovna braykulova.

 

Kafedra professor-o’qituvchilarining ro’yhati:


  1. Н.Abraykulova -kafedra mudiri, katta о‘qituvchi
  2. A.Ismoilov -professor
  3. T.Maxmudov- professor
  4. D.Mamirova-dotsent
  5. N.Shermatov -katta о‘qituvchi
  6. O.Ostanina -katta о‘qituvchi
  7. S.Zokirova-o‘qituvchi
  8. R.Dо‘sanov- o‘qituvchi
  9. Sh.Xolova -o‘qituvchi
  10. S.Mannonov- o‘qituvchi

 

Kafedrada bajarilayotgan davlat va chet el grantlari: Mavjud emas.


Mavjud emas.

 

“Sahna harakati va jismoniy madaniyat” kafedrasi ilmiy salohiyatining o‘zgarish dinamikasi quyidagicha:


  • 2016 yilda1ta professor, 2ta katta o‘qituvchi, 6 ta o‘qituvchi faoliyat yuritgan va ilmiy salohiyat 14% ni tashkil etgan;
  • 2017 yilda 2ta professor, 1ta dotsent, 3ta katta o‘qituvchi, 6ta o‘qituvchi faoliyat yuritgan va ilmiy salohiyat 25% ni tashkil etgan;
  • 2018 yilda 2ta professor, 1ta dotsent, 3ta katta o‘qituvchi, 5 ta o‘qituvchi faoliyat yuritgan va ilmiy salohiyat 30 % ni tashkil etgan.

 

Oxirgi 3 yil ichida kafedra professor- o‘qituvchilari tomonidan quyidagi o‘quv adabiyotlar nashr etildi:


2016 yil:

  1. O‘qituvchi O.Ostanina. “Plastika” o‘quv-uslubiy qo‘lanmasi.

2017 yil:

  1. Professor A.Ismoilov, dotsent SH.Usmonov, o‘qituvchi D.Ismoilovlar hamkorligida yaratilgan “Sahna harakati va jangi” elektron darslik (multimediya)ga patent olindi.
  2. N.Abraykulovaning O‘zDK o‘qituvchisi R.Dosmetova bilan hamkorlikda yaratilgan “Raqs” nomli darsligi.
  3. Katta o’qituvchi N.Shermatovning “Raqs” nomli o‘quv-uslubiy qo‘lanmasi;

2018 yil:

  1. Katta o‘qituvchi N.Abraykulova “Raqs” o‘quv qo‘llanmasi.

 

Ilmiy maqolalar:


  • 2016 yilda amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari-17ta
  1. Halqaro jurnallar va ilmiy konferensiyalarda 2 ta ilmiy maqola.
  2. Respublika OAK jurnallari va tezizlarida 15 ta maqola.
  3. OTM dagi gazeta va jurnallarda yo‘q.
  • 2017 yilda amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari-39ta
  1. Halqaro jurnallar va ilmiy konferensiyalarda 5 ta ilmiy maqola.
  2. Respublika OAK jurnallari va tezizlarida 33ta.
  3. OTM dagi gazetada 1ta maqola.
  • 2018 yilda amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari-43 ta
  1. Halqaro jurnallar va ilmiy konferensiyalarda17ta ilmiy maqola.
  2. Respublika OAK jurnallari va tezizlarida 26 ta.

 

Kafedraning korxona va tashkilotlar bilan aloqalari:


  • Kafedra “O’zbek jang san’ati” federatsiyasi, O’zbekiston UShU federatsiyasi, Toshkent viloyati Hapkido federatsiyasi bilan hamkorlik qiladilar.

 

Kafedraning ilmiy va amaliy hamkorlari:


Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi, Respublika estrada- sirk kolleji, Toshkent madaniyat kolleji, Samarqand san’at kolleji bilan ilmiy-amaliy hamkorlikka ega.

Ta’lim yo‘nalishi:

  • 5111000 – Kasb ta`limi (yo‘nalishlari bo‘yicha)
  • 5150300 – Aktyorlik san’ati (turlari bо‘yicha)
  • 5150400 – Rejissyorlik (turlari bо‘yicha)
  • 5151400 – Texnogen san’at (turlari bо‘yicha)
  • 5151500 – Kinoteleoperatorlik
  • 5151600 – Xalq ijodiyoti (turlari bо‘yicha)
  • 5151700 – Madaniyat va san’at muassasalarini boshqarish
  • 5520100 – Ijtimoiy ish (ijtimoiy ta’minot tizimi bо‘yicha)
  • 5610400 – Ijtimoiy-madaniy faoliyat
  • 5350600 Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik

Bugungi kunda “Sahna harakati va jismoniy madaniyat” kafedrasida quyidagi mutaxassislar faoliyat olib bormoqdalar:


  • “Sahna harakati va jangi”: professor Arsen Fayzullayevich Ismoilov, о‘qituvchi Raximjon Raimkulovich Dо‘sanov.
  • “Valeologiya”: tibbiyot fanlari doktori, professor Tо‘ra Maxmudovich Maxmudov.
  • “Jismoniy madaniyat va sport”: dotsent Dilaram Tavakulovna Mamirova, о‘qituvchi Shaxnoza Mardonovna Xolova.
  • “Ritmika”, “Plastika”, “Pantomima”: katta о‘qituvchi Olga Anatolyevna Ostanina, о‘qituvchi Sardor Shuxratjonovich Mannonov.
  • “Raqs”: О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist, katta о‘qituvchi Narziddin Shermatov, katta о‘qituvchi Nasiba Erkinovna Abrayqulova, о‘qituvchi Saida Muratovna Zokirova.
image_pdfimage_print