Новые поступления

Hurmatli kitobxonlar!


Institut Axborot-resurs markazi fondiga fanning turli sohalariga oid olingan yangi adabiyotlar va ularning qisqacha mazmuni bilan tanishib borishingizda institut sayti orqali e’lon qilingan “ARM yangiliklari” rukni ostida tayyorlangan ma’lumot bilan bevosita xabardor bо‘lishingiz mumkin. Shuningdek ushbu ruknda brayl yozuvidagi adabiyotlarning rо‘yhati ham berilgan.

Mazkur rо‘yhatda e’lon qilingan adabiyotlarni institut Axborot-resurs markazidan olib о‘qishingizni tavsiya qilamiz.

Tibbiyot sohasi bо‘yicha

Новые поступления1. Stankov A. Ikki dil tutashganda:
yoshlar uchun tibbiy maslahatlar. –
Toshkent: Tafakkur, 2017. -160 b.
Jinsiy munosabatlar kishilar turmushidagi muhim bо‘g‘in hioblanadi.Shuning uchun u yetarli darajada va yuksak saviyada bо‘lmog‘i lozim. Mazkur kitob shunday masalalarga bag‘ishlangan.

Tarix bо‘yicha

Новые поступления2. Ivanin M. Ikki buyuk sarkarda Chingizxon va Amir Temur harbiy san’ati, strategiya va taktikasi. –Toshkent: Yangi asr avlodi, 2018. -304 b.
Mazkur kitob ikki buyuk sarkarda Chingizxon va Amir Temur hukmronligiga bag‘ishlangan.

Новые поступления3. Marsel B. Menkim, sohibqiron-jahongir Temur. –Toshkent: Yangi asr avlodi, 2018. -572 b.
Mazkur kitob Sohibqironning dunyoga kelishidan to vafotiga qadar bо‘lgan davrni qamrab olib, voqealar Amir Temur nomidan hikoya qilinadi.

Ijtimoiy-siyosiy soha bо‘yicha

Новые поступления4. Haydarov A. Harakatlar strategiyasi va ma’naviy yuksalish: uslubiy qо‘llanma. –Toshkent: G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2018. -300 b.
Ushbu tо‘plamda О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish maqsadida qabul qilingan farmon va qarorlar jamlangan.

Huquq sohasi bо‘yicha

Новые поступления5. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017 yilda ta’lim, fan, san’at va madaniyat sohasida qabul qilingan farmon, farmoyish va qarorlar majmuasi. –Toshkent: Turon-Matbaa MCHJ, 2018. -208 b.
Mazkur majmuada О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan sо‘nggi yillarda ta’lim, fan, san’at va madaniyat sohasida qabul qilingan farmon va qarorlar о‘z aksini topgan.

Tilshunoslik sohasi bо‘yicha

Новые поступления6. Ishanbekova N., Sodiqova M. Ingliz tili fanidan uslubiy qо‘llanma. –Toshkent: Zamon-poligraf, 2018. -50 b.
Ingliz, rus va о‘zbek tillarida yozilgan ushbu qо‘llanma talabalarga materiallarni о‘zlashtirishda, ma’lum leksik birliklar bazasida suhbatlasha olish malakalarini egallashlarida yordam beradi.

Новые поступления7. Mengliyev B. Hozirgi о‘zbek tili: darslik. –Toshkent: Tafakkur bо‘stoni, 2018. -200 b.
Darslikda о‘zbek tilini substansial tadqiq qilish natijalari о‘z aksini topgan.

Badiiy adabiyotlar

Новые поступления8. Ahmad S. Jimjitlik: roman. –Toshkent: Sano-standart, 2018. -416 b.
Adibning ushbu romani yovuzlik bilan ezgulikning abadiy kurashiga bag‘ishlangan.

Новые поступления9. Rumiy J. Ichindagi ichindadur: falsafiy ma’rifiy asar. –Toshkent: Yangi asr avlodi.
— 240 b.
Mavlono Jaloliddin Rumiyning ushbu asarida turli majlislarda bildirgan fikrlari bayon etilgan. Siz ushbu risolani о‘qib, inson va olam, ong va borliq, inkor va isbot, hayol va amal singari falsafiy tushunchalarning asl mohiyatini anglaysiz.
Новые поступления10. Genri О‘. Ishbilarmon kishilar: hikoyalar. –Toshkent: Yangi asr avlodi, 2018. -256 b.
Mazkur kitobga adibning rus va ingliz tillaridan о‘zbekchaga tarjima qilingan eng sara hikoyalari kiritilgan.
Новые поступления11. Ismoilov N. Burgut tog‘da ulg‘ayadi. 3 jildlik –Toshkent: Tamaddun.
1-jild: sarguzasht-detektiv roman. –Toshkent; 2017. -352 b.
Новые поступления2-jild: sarguzasht-detektiv roman. –Toshkent; 2017. -256 b.
Новые поступления3-jild: sarguzasht-detektiv roman. -Toshkent; 2017. -256 b.
Adibning ushbu 3 jilddan iborat asarida hayot tashvishlari va quvonchlari, insonning jamiyatda tutgan о‘rni va boshqa masalalar badiiy in’ikosini topgan.
Новые поступления12. Dostoyevskiy F.M. Iblislar. 2-jildlik. –Toshkent: О‘qituvchi.
1-jild: roman. –Toshkent: О‘qituvchi, 2018. -424 b.
2-jild: roman. –Toshkent: О‘qituvchi, 2018. -408 b.
Mazkur romandagi katta-kichik qahramonlari о‘z qarashlari, maslaklaridan aslo uyalmaydilar, balki maslak uchun jon-jahdlari bilan kurashadilar va bu yо‘lda hech narsadan toymaydilar. G‘oyalar uchun kurashda ular kuchli iroda, qudratli ehtiroslar sohiblari kabi namoyon bо‘ladi.
Новые поступления13. Kristi A. О‘nta negr bolasi. –Toshkent: Yangi asr avlodi, 2018. -208 b.
Agata Kristining mazkur asarida kitobxon sirli va qiziqarli olamga sayohat qilishi muqarrar.
Новые поступления14. Navoiy A. Xamsa. –Toshkent: Yangi asr avlodi, 2018. -496 b.
Mazkur kitobda Alisher Navoiy «Xamsa»sidagi barcha dostonlarning mazmuni bayon qilingan.
Новые поступления15. Obidjon A. G‘alati maktublar: she’rlar.
– Toshkent: Yangi asr avlodi, 2017. -128 b.
Adib asarlariga tanlangan qahramonlar о‘quvchilar uchun hamisha ajablanarli, hamisha ularni hayratga solib kelgan. Mazkur kitobga jamlangan she’rlari ham sizlarga manzur bо‘ladi degan umiddamiz.
Новые поступления16. Olimjon H. Oygul bilan Baxtiyor.
– Toshkent: Yangi asr avlodi, 2017. -112 b.
Hamid Olimjon ushbu dostonida yoshlik shijoati, muhabbat tuyg‘ulari, mardlik va jasorat jonli tasvirlarda ifodalanadi.
Новые поступления17. Rahim I. Adashgan qiz: qissa. –Toshkent: Adabiyot uchqunlari, 2017. -60 b.
Abdivoy Rahimning ushbu asarida yoshlarning orzu-intilishlari qalamga olinadi.
Новые поступления18. Semyonov Y. Bahorning о‘n yetti lahzasi: roman. –Toshkent: Yangi asr avlodi, 2017. -488 b.
1945 yil bahor. Gitlerchilar germaniyasining sо‘nggi kunlari. Fashizm о‘lim yoqasida yotibdi, ammo kurash tugaganicha yо‘q. Ushbu romanda ana shunday vaziyatda dushman uyasida ish kо‘rgan ayg‘oqchi Maksim Isayev haqida hikoya qilinadi.
Новые поступления19. Turob Tо‘la. Tanlangan asarlar. –Toshkent: Ilm-ziyo -zakovat, 2018. -936 b.
Tо‘plamda О‘zbekiston xalq shoiri Turob Tо‘laning she’riyat, drama, nasrda olib borgan ijod namunalari, jahon mumtoz asarlarining tarjimalari, shuningdek maqola, suhbatlari jamlangan.
Новые поступления20. Hoshimov О‘. Ikki karra ikki-besh:hajviy qissa. –Toshkent: О‘qituvchi, 2018. -215 b.
Adibning mazkur hajviy qissasida voqealar keskin yumor ostiga olinib, g‘oyat hayotiy aks ettirilgan.
Новые поступления21. Hoshimov О‘. Hajviy hikoyalar. –Toshkent: О‘qituvchi,2018. -192 b.
Ushbu kitobga adibning eng sara va sermazmun hajviy asarlari kiritilgan.
Новые поступления22. Chо‘lpon. Asarlar. 4 jildlik. –Toshkent: Akademnashr.
1-jild: she’rlar, mansuralar, she’riy xatlar. –Toshkent; 2016. -368 b.
2-jild: roman, hikoyalar. –Toshkent; 2016. -376 b.
Новые поступления3-jild: dramalar, tarjimalar. –Toshkent; 2016. -544 b.
4-jild: adabiy-tanqidiy va publitsistik maqolalar. –Toshkent: 2016. -320 b.
CHо‘lpon kо‘p asrlik о‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga ulkan hissa qо‘shgan ijodkorlardan biri. U qisqa umr kо‘rganiga qaramay, adabiyot va san’atning turli sohalarida samarali ijod qilib, katta adabiy meros qoldirdi. Adibning ushbu kitoblarida ham uning she’rlari, romanlari, dramalar va tarjimalari berilgan.
Новые поступления23. Qodiriy A. О‘tkan kunlar. 1-jild: roman. – Toshkent: Info Capital Group, 2017. -488 b.
Abdulla Qodiriyning “о‘zbek romanchiligi asoschisi” sifatida tan olinishiga sabab bо‘lgan ushbu asar voqealari tariximizning bir kо‘rinishi, muallif ta’kidlaganidek, о‘zbeklar turmushidan tarixiy romandir.
Новые поступления24. Qodiriy A. Mehrobdan chayon. 2-jild: roman. –Toshkent: Info Capital Group, 2017.-488 b.
Bolaligidan tirishqoqligi, nozikta’bligi bilan atrofdagilar e’tiboriga tushgan Anvar yuqori martabaga ham erta erishadi. Jasur qiz ta’rifini olgan Ra’no haqida ham maktab darsliklaridan ilk tasavvurlarga ega bо‘lganmiz. Zamonasining zulmi yohud zayli qurboniga aylanmay, о‘zining shijoati bilan muhabbati va kelajagi yо‘lidagi harakati, aytish joiz bо‘lsa, tahsinga sazovordir.
Новые поступления25. Qodiriy A. Diyori bakr. 3-jild: adabiy-tanqidiy, publitsistik maqolalar. –Toshkent: Info Capital Group, 2017. -576 b.
E’tiboringizga havola etilayotgan mazkur tо‘plamdan о‘rin kichik maqola va hikoyachalarda Qodiriyning ichki dunyosi, xolis sо‘zi, jur’ati va insoniy burchi kabilar aks etadiki, buni ziyrak kitobxon satrlardagi yozuvchining qalb og‘riqlari orqali his qiladi.
Новые поступления26. Qodiriy A. Obid ketmon: qissa. –Toshkent: Info Capital Group, 2017. -536 b.
Abdulla Qodiriyning ushbu asari 1934 yilda yozilgan bо‘lib, bu asar ham boshqalari kabi yozuvchining ulkan mahoratini о‘zida mujassam etgan.
Новые поступления27. Qodiriy A. Adibni xotirlab: xotira roman. -Toshkent: Info Capital Group, 2017. -584 b.
Ushbu kitob nafaqat buyuk yozuvchining avlodlari, shogirdlari xotiralaridan iborat, balki u bilan zamondosh bо‘lgan, adib bilan bir davrda ijod qilgan insonlarning esdaliklari jamlamasidir.
Новые поступления28. Qorjovov A. Marhum kelinning xiyonati: mistik hikoyalar. – Toshkent: Sano-standart, 2016. -288 b.
Mazkur badiiy asar mistik hikoyalardan iborat bо‘lib, siz aziz kitobxonlarga manzur bо‘ladi degan umiddamiz.

San’at sohasi bо‘yicha

Новые поступления29. Abduqunduzov M. О‘shal Boburmen men…: Bobur kinofilmidan kо‘rinishlar. –Toshkent: Mumtoz sо‘z, 2017.-494 b.
Mazkur kitobda Muhammadali Abduqunduzovning bolalik xotiralari, san’at haqida о‘ylar, jamiyat va teatr haqidagi kо‘ngil kechinmalari borasida sо‘z yuritiladi.

Новые поступления30. Abulqosimova X., Umarov S. Kinodramaturgiya asoslari: о‘quv qо‘llanma. –Toshkent: Turon-Iqbol, 2018. -99 b.
О‘quv qо‘llanmada kinodramaturgiyaning tarixi, asoslari, qonunuyatlari va boshqa sohalar bilan о‘zaro bog‘liqlik jihatlari bayon qilingan.
Новые поступления31. Azimov M. Kinotasvir apparaturasi va optikasi: о‘quv qо‘llanma. –Toshkent: Turon-Iqbol, 2018. -168 b.
Mazkur о‘quv qо‘llanmada kinotasvirga olish uslub va tamoyillari, kinotasvirga olishda kinoteleoptika qonunlari, optik asboblarning tuzilishi, ularda bо‘ladigan buzilishlar va ularning tuzatish usullari, fokus masofalarini hamda tasvir kо‘rish maydonlarini aniqlash, shuningdek, masshtabini aniqlash kabi ma’lumotlar yoritilgan
Новые поступления32. Arzibayeva Z., Turg‘unova N. Musiqa nazariyasi: о‘quv qо‘llanma. –Toshkent: Turon-Iqbol, 2018. -128 b.
Mazkur о‘quv qо‘llanmada musiqaning elementar nazariy asoslarini tashkil etuvchi musiqaning ifodaviy vositalari, tovush tizimi kabi musiqiy masalalarga oid manbalar yoritilgan.
Новые поступления33. Ibroximov O.A, Kamolova D.S. Solfedjio: о‘quv qо‘llanma. –Toshkent: Turon-Iqbol, 2018.
-180 b.
О‘quv qо‘llanmada maxsus ovoz mashqlari notalarda berilgan, kuylarni tо‘g‘ri ifoda etishga kо‘mak berish kо‘zda tutilgan.
Новые поступления34. Malikova S., Vasilchenko O., Bagirova F. Dirijyorlik: о‘quv qо‘llanma. –Toshkent: Turon-Iqbol, 2018. -460 b.
О‘quv qо‘llanmada kompozitorlarning sodda, murakkab va aralash- murakkab о‘lchovdagi asarlari tо‘plangan.
Новые поступления35. Meliqо‘ziyev I.M. Kinoteleoperatorlik mahorati: darslik. –Toshkent: Turon-Iqbol, 2018. -256 b.
Mazkur darslikda о‘zbek fotografiyasi tarixi, fotografiyaning turli janrlari, suratga olish usullari va shu kabi masalalar bо‘yicha ma’lumotlar yoritilgan.
Новые поступления36. Muxamedova M. Me’morchilik asoslari: о‘quv qо‘llanma. –Toshkent: Fan va texnologiya, 2018.
-296 b.
Ushbu о‘quv qо‘llanmada me’morchilik san’atiga oid manbalar yoritilgan.
Новые поступления37. Orifjonova G‘., Nishonova K. San’at asarlarining fizik-kimyoviy ekspertizasi: о‘quv qо‘llanma. –Toshkent: CHо‘lpon,
2018. -204 b.
Mazkur о‘quv qо‘llanmada fizik-kimyoviy ekspertiza tushunchasi va uning mohiyati, san’at asarlarining turlari bо‘yicha ekspertiza о‘tkazishning о‘ziga xosliklaridan kelib chiqqan xolda rangtasvir, haykaltaroshlik, zargarlik, gazlama va gilam, chinni buyumlar ekspertizasiga oid boblarni о‘z ichiga qamrab oladi.
Новые поступления38. Hidirova K., Azimov M. Kinotasvir texnologiyasi: о‘quv qо‘llanma. –Toshkent:Turon-Iqbol, 2018. -88 b.
Ushbu о‘quv qо‘llanmada kinotasvirning yoritilish uslub va tamoyillari, kinotasvirga olishning ekspozitsion usuli, kinotasvirga olish jarayonida ranglarni uzatishda kulrang shkala yordamida nazorat qilish va raqamli texnologiya kabi masalalar yoritilgan.
Новые поступления39. Egamberdiyev F.T. Estrada va ommaviy tomoshalar rejissurasi: о‘quv qо‘llanma. –Toshkent: Fan va texnologiya, 2018. -356 b.
Mazkur о‘quv qо‘llanmada estrada va ommaviy tomoshalar rejissurasining nazariy va amaliy asoslari, fanni о‘qitishning an’anaviy va zamonaviy metodikasi, estrada va ommaviy tomoshalar rejissurasidagi milliy va xorijiy tajribalarning о‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan.
Новые поступления40. Yusupova M. Mutaxassislik fanlarini о‘qitish metodikasi: darslik. –Toshkent: Turon-Iqbol, 2018. -176 b.
Mazkur о‘quv qо‘llanmaning asosiy maqsadi aktyor va rejissyorlarni tayyorlashda zamonaviy jahon standartiga mos keladigan dars mashg‘ulotlarini tashkil etish, о‘qitish metodlari va shu kabi masalar haqidagi ma’lumotlar bayon qilingan.

Dinshunoslik bо‘yicha

Новые поступления41. Kaykovus. Qobusnoma. –Toshkent: Yangi asr avlodi, 2018. -224 b.
Mazkur kitobda kо‘plab tarbiyaviy ahamiyatga ega bо‘lgan ma’lumotlar berilgan.

Falsafa bо‘yicha

42. Arastu: Poetika. Axloqi kabir. Ritorika. –Toshkent: О‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2018. -352 b.
Arastuning ushbu asarida barcha zamonlar va barcha insonlar uchun suv va havoday, quyosh nuriday zarur ilmi hikmat durdonalarini topamiz, bu durdonalar bizning ma’naiy olamimizni boyitadi va gо‘zallashtiradi.

image_pdfimage_print