Вниманию абитуриентов!!!

Diqqat E'lon Abituriyentlarga!

2019 yil 20 iyuldan 2019/2020 о‘quv yili test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatmasi”ni tarqatish boshlanadi. “Abituriyent ruxsatmasi”ni tarqatish quyidagicha amalga oshiriladi:

1. Abituriyentlar 20-iyuldan boshlab Internet orqali Davlat test markazi www.dtm.uz rasmiy veb-saytining “Ruxsatnomani chop etish” bо‘limidagi maxsus oynaga pasport (yoki tug‘ilganlik guvohnomasi) seriyasi va raqamini kiritadi.

Ekranda paydo bо‘lgan “ABITURIYENT RUXSATNOMASI” va “ABITURIYENTGA ESLATMA”ni chop etib oladi.

Bularni internet tarmog‘iga ulangan kompyuter bо‘lgan xoxlagan joyda: uyda, Internet klublari va boshqa joylarda amalga oshirish mumkin.

Kunduzgi ta’lim shakli bо‘yicha rо‘yxatdan о‘tgan abituriyentlar 23-26 iyul kunlari va Sirtqi va kechki ta’lim shakllari bо‘yicha rо‘yxatdan о‘tgan abituriyentlar 27-29 iyul kunlari yashash joyidan qat’i nazar quyidagi tashkilotlarga murojaat etishi va ruxsatnomalarini olishlari mumkin:

-ixtiyoriy tuman (shahar)dagi Davlat xizmatlari markazlari;
-ixtiyoriy Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari;
-ixtiyoriy Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka kо‘maklashish markazlari.

Ushbu tashkilot xodimlari DTMning www.dtm.uzrasmiy veb-saytidan yuqorida qayd etilgan tartib bо‘yicha “Abituriyent ruxsatnomasi”ni abituriyentga chop etib beradi.

Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanaliga ulanish

 

Вниманию абитуриентов!!! Вниманию абитуриентов!!! Вниманию абитуриентов!!!

image_pdfimage_print