INSTITUTIMIZNING HURMATLI PROFESSOR-О‘QITUVCHILARI SHOSHILING!

INSTITUTIMIZNING HURMATLI PROFESSOR-О‘QITUVCHILARI SHOSHILING!

Intellektual mulk sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish о‘quv markazi (“IP-Center”) davlat unitar korxonasi hamda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti о‘rtasida joriy yilning 16 oktabridan о‘zaro hamkorlik yо‘lga qо‘yilgan edi.

Bunda institut professor-о‘qituvchilari tomonidan yaratilgan ixtironing ustuvorligi, muallifi, ixtiro egasining unga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydigan muhofaza hujjatlari о‘rganildi.

Yaratgan ijod namunangiz uchun mualliflik huquqini qо‘lga kiritmoqchimisiz!?

Professor-о‘qituvchilar tomonidan yaratilgan ijodiy ishlar masalan yaratilgan kuy, nota, ssenariy, pyesa, tо‘plamlar, yig‘ma manbalar, monografiyalar va boshqa ishlanmalarga mualliflik guvohnomasi beriladi.

Kerakli hujjatlar: ijodiy yoki ilmiy ishlardan 2 ta nusxa va ariza. Ariza namunasi biz tomondan tayyorlangan. Uni tо‘ldirsangiz bо‘ldi. Tо‘lovi О‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining 2 barobari miqdorida. Siz tomoningizdan ilmiy va ijodiy ishdan 2 nusxa taqdim etiladi. Arizani Intellektual mulk tashkiloti taqdim etadi.

Bir yarim oy ichida institutimiz 4 ta mualliflik guvohnomasiga ega bо‘ldi:

1

“Estrada va ommaviy tomoshalar san’ati” kafedrasi dotsenti J.Mamatqosimov “О‘quvchilarga nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish tizimini shakllantirishga oid bilim va kо‘nikmalar” О‘quv qо‘llanma. № 000960 12 oktabr 2018 yil.

2

“Sahna harakati va jismoniy madaniyat” kafedrasi jо‘rnavozi O.Lukoyanova “Fortepiano” Uslubiy qо‘llanma. № 000973 18 oktabr 2018 yil.

3

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо‘yicha prorektor G.Xaliqulova “Sahna asarlaridagi qahramon xarakterini talqin qilishda zamonaviy kommunikativ texnologiyalardan foydalanish uslubiyati” MonografiY. № 001048 20 noyabr 2018 yil.

4

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо‘yicha prorektor G.Xaliqulova “Sahna nutki” (tarixiy dramalar talqinida) О‘quv qо‘llanma. № 001049 20 noyabr 2018 yil.

Tahririyat va nashriyot bо‘limi

image_pdfimage_print