Кафедра «Педагогики и психологии»

Кафедра «Педагогики и психологии»
Kafedra mudiri:
pedagogika fanlari nomzodi Abdujabbarova Musallam Lapasovna

  Qabul vaqti: Dushanba, Payshanba 15:00-17:00
  xizmat telefon raqami: 71 230 28 51
📧  e-mail:

 

 

Kafedra qisqa tarixi


O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012-yil 04-iyuldagi №1771-PQ-sonli Farmoniga ko`ra O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti (2012 yil) tashkil etilgan yildan boshlab, “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda. “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi 5111000 – “Kasb ta’limi” ta’lim yo‘nalishining ixtisosliklari uchun mutasaddi hisoblanadi. Kafedraning malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan “Pedagogika. Psixologiya”, “Kasbiy psixologiya”, “Kasbiy pedagogika”, “Ta’lim texnologiyalari”, “Kasb ta’limi metodikasi”, “Ijod psixologiyasi”, “Ijtimoiy pedagogika”, “Ijtimoiy psixologiya” “Pedagogik texnologiyalar”, “Boshqaruv psixologiyasi”, “Motivatsion psihologiya” fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Kafedrada oqitiladigan fanlar: Kafedraning malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan “Pedagogika. Psixologiya”, “Kasbiy psixologiya”, “Kasbiy pedagogika”, “Ta’lim texnologiyalari”, “Kasb ta’limi metodikasi”, “Ijod psixologiyasi”, “Ijtimoiy pedagogika”, “Ijtimoiy psixologiya” “Ixtisoslik fanlarini o‘qitish metodikasi” “Pedagogik texnologiyalar”, “Boshqaruv psixologiyasi” fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Bugungi kunda kafedrada respublikamizning faxrli pedagog olimlaridan pedagogika fanlari doktori, professor M.Quronov B.Xodjayev, I.Yuldashev, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent M.L.Abdujabbarova, A.F.Kosheleva, S. Davlatov, G. Nazrullayev., katta o‘qituvchi N.Qurbonova, katta o‘qituvchi O.G‘. Davlatovlar, A. Orozov., oqituvchi M. Hakimova va L.Muminhodjaevalar talabalarga ta’lim berib kelmoqdalar.

Kafedraning professor oqituvchilarining tarkibi: Hozirgi kunda kafedrada 12 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi, ularning 3 nafari professor,
2 fan nomzodi, 2 dotsent, 3 nafari katta o‘qituvchi, 2 nafari o‘qituvchi.

Pedagogika va psihologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari haqida ma’lumot:


  1. Abdujabbarova Musallam Lapasovna kafedra mudiri, katta o‘qituvchi
  2. Yuldashev Ibrohim Jo‘rayevich f.f.d., professor
  3. Quronov Mahammad p.f.d., professor
  4. Kosheleva Antonina Fedrovna pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
  5. Xodjayev Beg‘zod Hudoyberdiyevich p.f.d., professor
  6. Davlatov Soibnazar f.f.n., dotsent.
  7. Narzullayev G‘ulom Asatovich p.f.n., dotsent
  8. Qurbonova Nigora Rahimjonovna katta oqituvchi
  9. Davlatov Oybek G‘aniyevich katta oqituvchi
  10. O‘rozov Abdurasul Narboyevich katta oqituvchi
  11. Hakimova Muborak oqituvchi
  12. Muminhodjayeva Lyudmila oqituvchi

Kafedraning ilmiy ishlari (ohirgi 5 yilda chiqarilgan darsliklar, monografiyalar va oquv qollanmalar royhati):


P.f.n. M.L.Abdujabbarova

  1. О‘zDSMI xabarlari “О‘zbek xalqi tomosha san’atida milliy g‘oyaning о‘rni” 2018/1 (5-son) Toshkent 64-67 betlar
  2. Markaziy Osiyo mutafakkirlari ilmiy merosida milliy va umuminsoniy qadriyatlar ifodasi. О‘rta Osiyo Sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy merosida san’at va madaniyat masalalari, xalqaro ilmiy-nazariy va amaliy konferensiya materiallari tо‘plami. Ilmiy tо‘plam. 2018 yil 233-337
  3. Badiiy-estetik madaniyatning strukturaviy elementlari va ularning о‘ziga xosligi. О‘zbekiston Badiiy Akademiyasi. Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institutining San’at va badiiy ta’limning zamonaviy jamiyatni ma’naviy modernizatsiyalashdagi о‘rni xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi. Ilmiy tо‘plami.Toshkent 2018 yil. 550-553 betlar
  4. XX asrning sо‘nggi choragida О‘zbekiston va Xitoy xalqlari о‘rtasida madaniy hamkorlikning asosiy jihatlari // 47-152 betlar. “О‘zbekiston-Xitoy: Tarixiy-madaniy, ilmiy va iqtisodiy aloqalar rivoji” mavzusidagi xalqaro ilmiy amaliy konferensiya materiallari 2018 yil 17 noyabr, Toshkent.
  5. Oilada yoshlarning internet tarmog‘idan foydalanish madaniyatini shakllantirish. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot Markazi,”Bolalar va yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda oilaning о‘rni” mavzusidagi xalqaro-amaliy konferensiya materiallari Toshkent -2018 yil .101-104 betlar.

 

P.f.n., dotsent A.F.Kosheleva:

  1. Vozmojnosti sovremennogo treningovogo obucheniya v razvitii tvorcheskoy lichnosti. (v soavtorstve s Kosimovoy Z.X. )IV Mejdunarodnaya nauchno-prakticheskaya konferensiya «Sovremennoye obshestvo: aktualniye problemi, perspektivi razvitiya v sotsiokulturnom prostranstve», Cheboksari, 2017 god. S.91-95
  2. Sposobi vospriyatiya okrujayushego mira – faktor razvitiya mirovozzreniya lichnosti.(v soavtorstve s Djurayevoy M.) Sbornik nauchnix trudov po rezultatam II mejdunarodnoy nauchno-prakticheskoy konferensii . g.Makeyevka 2017 god. S. 75-77
  3. Formirovaniye i razvitiye tvorcheskoy lichnosti kak osnova duxovnosti. Sbornik nauchnix trudov po rezultatam II mejdunarodnoy nauchno-prakticheskoy konferensii. g. Makeyevka 2017 god. S. 113-116
  4. «Peredacha kulturologicheskix znaniy sovremennimi sredstvami distansionnogo obucheniya» (v soavtorstve s Saribayevoy SH.SH.) Sbornik nauchnix trudov «Aktualniye nauchniye issledovaniya v sovremennom mire» Vipusk 5 (25) Chast 8 g. Pereyaslav-Xmelnitskiy 2017 god. S. 105-109
  5. «Kompleksnoye obucheniye kak osnova spetsialistov sotsiokulturnoy sferi» Molodyoj v nauke i kulture XXI veka. Materiali mejdunarodnogo nauchno-tvorcheskogo foruma. Chelyabinsk., 2017 g. S.257 -259
  6. Izucheniye gumanitarnix dissiplin v VUZax tvorcheskogo profilya Materiali mejdunarodnoy nauchno-prakticheskoy konfrensii «Dvijeniye Alash i duxovnoye vozrojdeniye: ideynoye yedinstvo i istoricheskaya preyemstvennost» 2017 g. g.Almati S.115-117 (V soavtorstve s Kasimovoy Z.X.)
  7. Innovatsionniye podxodi v obuchenii spetsialistov sferi iskusstv i kulturi // “MUZIKALNOYE ISKUSSTVO XXI VEKA» Mejdunarodnaya nauchno – prakticheskaya konferensiya, 2018 god. g.Tashkent.
  8. Effektivnost obrazovatelnogo protsessa kak sledstviye innovatsionnogo podxoda k obucheniyu // Jurnal nauchnix publikatsiy «Obrazovaniye, nauka i innovatsii» Vipusk №3 2018 god. g.Tashkent. S.62-65
  9. Osobennosti podgotovki spetsialistov v tvorcheskix vuzax Uzbekistana // Jurnal nauchnix publikatsiy «Obrazovaniye, nauka i innovatsii» Vipusk №4 // 2018 god. g.Tashkent. S.69-72

Katta о‘qituvchi, N.R.Qurbonova:

  1. О‘zbek yangi romanchiligida milliylikni aks etishi // О‘zDSMI xabarlari №1 // 2017 yil
  2. Nekotoriye aspekti vzaimosvyazi psixologii i tvorchestva // Ta’lim, fan va innovatsiya №3 // 2018 yil
  3. Vzaimosvyaz pedagogika s psixologiyey // О‘zDSMI xabarlari №4 (8) // 2018 yil

 
Katta о‘qituvchi, O.G‘.Davlatov:


  1. Shaxs kamolotida ijtimoiy-gumanitar fanlarning о‘rni // О‘zDSMI xabarlari №1 // 2017 yil.
  2. О‘zbek xalqi san’atidagi transformatsiya jarayonlarining tarixiy tahlili (XX-XXI asr boshlari) // Monografiya // T.: “Lesson press”, 2017. – 12,3 b.t. //
  3. Markaziy Osiyo miniatyura san’ati shakllanishining tarixiy-ijtimoiy xususiyati // О‘zDSMI О‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy merosida san’at va madaniyat masalalari.
  4. alqaro ilmiy-nazariy va amaliy konferensiya materiallar tо‘plami // Toshkent: 2018. – 170-173 betlar.
  5. Talabalar ma’naviy tarbiyasida tarixiy-madaniy merosning о‘rni // О‘zDSMI “Harakatlar strategiyasi: fan va ta’lim (muammo va yechimlari)” mavzusidagi о‘tkazilgan doktorantlar va tadqiqotchilarning ilmiy-amaliy anjuman materiallari tо‘plami. Toshkent: 2018. – 23-26 betlar.
  6. Faktori radikalizatsii islama v usloviyax informatsionnoy globalizatsii // XLII international scientific and practical conference «international scientific review of the problems and prospects of modern science and education» (Boston. USA. FEBRUARY 25-26, 2018). S.87-88

 

О‘rindosh professor-о‘qituvchilar tomonidan nashr etilgan maqolalar


P.f.d., professor Q.Muhammadjon

  1. “Vatanparvar avlodni tarbiyalash bizning ustuvor vazifamiz” О‘zbek xalqi Milliy Axloqiy Merosida Harbiy Vatanparvarlik g‘oyalari kitobi, respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari tо‘plami. Toshkent-2018 y. 30 yanvar // 6-9 betlar
  2. О‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy-madaniy faoliyatning dolzarb muammolari va istiqbollari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (15-16 may 2018 yil). Namangan 2018 yil. Yoshlarga oid Davlat siyosatini amalga oshirishning ijtimoiy-pedagogik masalalari.
  3. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jammiyati. Aziz va yagonamsan jonajon О‘zbekistonim! Targ‘ibotchilar uchun uslubiy qо‘llanma. Toshkent -2018.

P.f.d., professor B.X.Xodjayev

  1. Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi//Darslik. – T.: “Fan va texnologiya”, nashriyoti, 2018 y.
  2. Razvitiye istoricheskogo mishleniya u uchashixsya obsheobrazovatelnix shkol. MonografiY. – Latviya LAP LAMBERT Akademik Publishing. 2018.

 

Kafedraning ilmiy va amaliy hamkorlari:


  • Toshkent madaniyat kolleji
  • Respublika manaviyat va marifat markazi
image_pdfimage_print