Докторантура

Institutda hozirgi kunda doktorantura (DSs) 1 nafar, tayanch doktorantura (RhD) 5 nafar hamda mustaqil izlanuvchi (RhD) 4 nafar tadqiqotchi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

Institut binosidan doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun alohida xona tashkil etilgan bо‘lib ushbu xona internet tarmog‘iga ulangan kopryuter jamlanmasi bilan jixozlangan shuningdek ilmiy-tadqiqotchilar uchun ilmiy maqola chop etish imkoniyatlarini oshirish uchun instiutning “О‘zdsmi xabarlari” jurnali ta’sis etilgan. Professor о‘qituvchilar, doktorant va talabalar uchun Scopus va ScienceDirect xalqaro ilmiy texnik ma’lumotlar bazasidan foydalanish bо‘yicha “Maslahat markazi”, ushbu bazalar ma’lumotlaridan foydadanib ilmiy maqolalarni yuqori impakt-faktorga ega jurnallarda chop etishga tayyorlash bо‘yicha “Maslahat markazi” tashkil etilgan.

Institutda quydagi ixtisosliklar bо‘yicha tayanch doktorantura mavjud:

  1. 17.00.01 — Teatr san’ati
  2. 17.00.03 — Kino san’ati. Televideniye
  3. 13.00.02 — Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 2019 yil uchun oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim instituti tayanch doktorantura (PhD)ga quyidagi ixtisosliklar bо‘yicha qabul e’lon qiladi:

  1. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (1 о‘rin);
  2. 17.00.01 – Teatr san’ati (1 о‘rin);
  3. 17.00.03 – Kino san’ati.Televideniye (1 о‘rin).

Tayanch doktorantura (PhD)ga о‘qishga talabgorlardan quyidagi hujjatlar qabul qilinadi:

  • ariza;
  • qisqacha biografik ma’lumotnoma;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  • oliy ta’lim muassasasi magistratura diplomi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bо‘yicha) tо‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  • nashr etilgan ilmiy ishlar rо‘yxati, shuningdek, ularning nusxalari;
  • falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bо‘lgan ilmiy natijalar;
  • ilmiy jurnalarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yо‘nalishlar bо‘yicha ikkitadan kam bо‘lmagan ilmiy ishlar tо‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislari;

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar. Tayanch doktoranturada о‘qish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili bо‘yicha kirish imtihonlari topshiradilar.

Hujjatlar 2018 yil 18 sentabrdan 18 oktabrga qadar qabul qilinadi.

Kirish imtihonlari joriy yil 1 – 25 noyabr kunlari bо‘lib о‘tadi.

Institutida doktorantura va tayanch doktoranturada tahsil olayotgan tadqiqotchilar tо‘g‘risida ma’lumot

Manzil: Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Yalang‘och dahasi 127- “a” uy.

Murojaat uchun telefonlar: ( 0-371) 230-28-03, 230-28-14.

image_pdfimage_print