Kafedra mudiri:
“Qо‘g‘irchoq  teatr san’ati” kafedrasi

Usmanova Lola Djurayevna

Qabul kunlari: Har ish kuni soat:14:00-17:00

Telefon: 71 230 28 37

📧 e-mail:

Kafedra qisqa tarixi:
“Qo‘g‘irchoq teatri san’ati”kafedrasi 1974-yil Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik institutining hozirda (O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti) drama kafedrasi qoshida tashkil etildi. Kafedra tashkil qilingandan buyon kafedrada mudirlik qilgan professor va o‘qituvchilar: 1978-yildan 1983-yilgacha professor V.S.Iogelsen, 1983-yildan 1985-yilgacha kafedra mudirligi vazifasini bajaruvchi B.Saidova, 1986-yildan 1989-yilgacha kafedra mudirligini vaqtincha N.Krilova, 1989-yildan 2002-yilgacha M.X.Ashurova, 2002-yildan 2004-yilgacha SH.Xayitboyev, 2004-yildan 2006-yilgacha F.Xo‘jayev, 2006-yildan 2012-yilgacha O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist SH.Yusupov, 2012-yildan 2015-yilgacha D.Abdullayev, 2015-yildan 2016-yilgacha M.Ashurova, 2016-yildan 2022-yilgacha kafedra mudiri etib A.Abduxalilov, 2022-yildan L.D.Usmanova tayinlandi. 2000-yildan boshlab “Qo‘g‘irchoq teatr san’ati” kafedrasi magistratura bo‘limiga talabalarni o‘qishga qabul qila boshlandi.

Hozirda magistr talabalar bitirib, kafedra o‘qituvchilari yordamida o‘z pedagogik faoliyatlarini rivojlantirib, kafedraning ijodiy yo‘nalishini rivojlantirish uchun astoydil mehnat qilmoqdalar. 2005-yilda M.Uyg‘ur nomidagi Toshkent davlat san’at institutiga Davlat maqomi berildi. 2012-yilda prezidentimizning P/F -1771- sonli farmoni bilan O‘zbekiston davlat san’at instituti va A.Qodiriy nomidagi Toshkent madaniyat institutlari negizida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tashkil etildi. Ikki san’atimiz va madaniyatimizning targ‘iboti bilan shug‘ullanuvchi bu dargoxlarni birlashuvi kadrlar tayyorlash milliy dasturining yana bir yutug‘i bo‘lib xizmat kildi. Avvalgi A.Qodiriy nomidagi Toshkent madaniyat instituti joylashgan xududda hozirda nafaqat Respublikimizda, balki dunyo mamlakatlari orzu qilishiga arzigulik bino qad rosladi.

Bu dargohlarni bir yaxlitga aylantirish bilan mavjud yo‘nalishlarni yana qayta o‘rganib, maslakdosh kafedralarni birlashtirish natijasida 4 ta fakultet tashkil etildi. “Teatr san’ati”, “Kino, televideniye va radio san’ati”, “Xalq ijodiyoti” va “Kutubxona-axborot faoliyati” deb nomlanib, har biri ixtisoslik va mutaxassisligi muvofiqlashgan kafedralarni o‘z ichiga oldi.

Jumladan “Qo‘g‘irchoq teatri san’ati” kafedrasi ham “Teatr san’ati” tasarrufida bo‘lib, unda “Qo‘g‘irchoq teatri aktyorligi”, “Qo‘g‘irchoq teatr rejissyorligi”, xamda “Qо‘g‘irchoq ishlab chiqarish texnologiyasi” kabi ta’lim yo‘nalishlarida oliy toifali mutaxassislar tayyorlanmoqda. Har bir mutaxassislik auditoriyalari yuqori texnikalar bilan ta’minlangani ayniqsa e’tiborli. Bugungi texnika davrini har qanday mutaxassisni chin ma’noda lol qoldirar darajadagi ushbu texnikalar bilan to‘g‘ridan – to‘g‘ri professional spektakllar ishlash mumkin desak mubolag‘a emas. Chunki yuksak malakali pedagoglar bilan bir safda bugunning qo‘g‘irchoq teatri talablariga hamoxang texnologiyasini puxta egallagan yosh rassom va dizaynerlar jalb etilgan.

Kafedrada О‘zbekistonda hamda Qozog’istonda xizmat kо‘rsatgan artist Azim Mullaxonov, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artistlar Sa’dulla Abdullayev, Shomurod Yusupov, Fatxulla Xо‘jayev, Munisa Egamnazarova, Karima Jabborova, Valijon Shamshiyev, taniqli qiziqchi Avaz Oxun va shu kabi san’atkorlar tahsil olgan.

Bakalavr ta’lim yо‘nalishlari rо‘yxati:
  • 60211100 – Aktyorlik san’ati (qо‘g‘irchoq teatri aktyorligi)
  • 60211200 – Rejissyorlik (qо‘g‘irchoq teatr rejissyorligi)
  • 60723100 – Qо‘g‘irchoqlar ishlab chiqarish texnologiyasi
Magistratura mutaxassislari rо‘yxati:
  • 70211101 – Aktyorlik san’ati (qо‘g‘irchoq teatr aktyorligi san’ati)
  • 70211201 – Rejissyorlik (qо‘g‘irchoq teatri rejissorligi)
Kafedrada о‘qitiladigan fanlar:
1. Aktyorlik mahorati
2. Qo‘g‘irchoq boshqarish asoslari
3. Qo‘g‘irchoq yasash texnologiyasi
4. Qo‘g‘irchoq mexanikasi va konstruksiyasi
5. Multiplikatsiya asoslari
6. Qo‘g‘irchoq teatri rejissyorligi
7. Saxna texnikasi va texnologiyasi
8. Qо‘g‘irchoqlarni ishlab chiqarish konstruksiyasi va loyihalash texnologiyasi
9. Haykaltaroshlik
10. Chizmatasvir va rangtasvir bilan ishlash mahorati
11. Qо‘g‘irchoqlarni ishlab chiqarish materialshunosligi
12. Kompozitsiya asoslari
13. Qо‘g‘irchoq liboslari bilan ishlash
14. Qо‘g‘irchoqlarni ishlab chiqarish jihozlari
15. Maketlashtirish
16. Qo‘g‘irchoq teatrida obraz ustida ishlash metodologiyasi va texnologiyasi
17. Aktyorlik mahorati fanini о‘qitish metodikasi
18. Badiiy asarning sahnaviy talqini va tahlili

Magistraturada о‘tiladigan fanlar:

   

Kafedraning professor-о‘qituvchilarining tarkibi:
1. Ashurova Maryam Xamidovna – professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi
2. Yusupova Venera Ismetovna – dotsent
3. Xodjayev Fatxulla Ubayevich – dotsent, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
4. Yusupov Shomurot – dotsent v.b., O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
5. Abduxalilov A’zamjon Abdullaxonovich – dotsent
6. Qurbonov Anvar – dotsent
7. Usmanova Lola Djurayevna – dotsent v.b.
8. Jabborova Karima Irnazarovna – katta о‘qituvchi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
9. Musinov Ulug‘bek Nuriddin о‘g‘li – katta о‘qituvchi
10. Mirzayev Farxod Hamdamovich – katta о‘qituvchi
11. Riskiyeva Dilfuza Xikmatovna – o’qituvchi
12. Qulmurodov Oybek Sirojiddin о‘g‘li – о‘qituvchi
13. Umurzoqov Abbos Shovkat о‘g‘li – о‘qituvchi
14. Jо‘raboyev Bexzod Shokirjonovich – о‘qituvchi
15. Maxmudov Nozim Valijon о‘g‘li – о‘qituvchi
16. Nursayitov Aktar Ixtiyorovich – о‘qituvchi
17. Berdimurodov Islom Rustamovich – о‘qituvchi

Kafedraning ilmiy ishlari (oxirgi 5 yilda chiqarilgan darsliklar, monografiyalar va о‘quv qо‘llanmalar rо‘yxati):
1. M.Ashurova “Aktyorlik mahorati” darslik
2. D.Abdullayev, L.Usmanova “Qо‘g‘irchoq boshqarish asoslari” (qо‘g‘irchoq teatrida simli qо‘g‘irchoq) о‘quv qо‘llanma
3. M.Ashurova “Aktyorlik mahoratini о‘qitish metodikasi” о‘quv qо‘llanma
4. A.Abduxalilov “Multiplikatsiya asoslar” о‘quv qо‘llanma
5. V.Yusupova “Кукловождение. Работа с перчаточной куклой” о‘quv qо‘llanma
6. A.Abduxalilov “Qо‘g‘irchoq teatri rejissyorligi” о‘quv qо‘llanma
7. A.Qurbonov “Qо‘g‘irchoq teatri rejissyorligi” о‘quv qо‘llanma
8. B.Mamatqulov “Qо‘g‘irchoq mexanikasi va konstruksiyasi” о‘quv qо‘llanma
9. B.Mamatqulov, A.Abduxalilov “Qо‘g‘irchoq yasash texnologiyasi” о‘quv qо‘llanma
10. M.Ashurova, A.Abduxalilov “Aktyorlik mahorati” о‘quv qо‘llanma

Kafedraning ilmiy va amaliy hamkorlari:

Kafedra 6 ta san’at kollejlari bilan xamkorligi mavjud. Ular quyidagilardir:

  1. Respublika estrada – sirk kolleji
  2. Toshkent madaniyat kolleji
  3. Samarqand san’at kolleji
  4. Namangan san’at kolleji
  5. Andijon san’at kolleji
  6. Farg‘ona san’at kolleji
Kafedraning xalqaro hamkorligi:

   

Kafedraning korxona va tashkilotlar bilan aloqalari:

Respublikamizdagi 10 ta viloyat qо‘g‘irchoq teatrlari bilan kafedra ijodiy hamkorlikni yо‘lga qо‘ygan va shartnoma imzolangan.

  1. О‘zbekiston davlat qо‘g‘irchoq teatri
  2. Andijon viloyati davlat qо‘g‘irchoq teatri
  3. Farg‘ona viloyat davlat qо‘g‘irchoq teatri
  4. Jizzax viloyat davlat qо‘g‘irchoq teatri
  5. Samarqand viloyat davlat qо‘g‘irchoq teatri
  6. Buxoro viloyat davlat qо‘g‘irchoq teatri
  7. Surxondaryo viloyat davlat qо‘g‘irchoq teatri
  8. Qashqadaryo viloyat davlat qо‘g‘irchoq teatri
  9. Xorazm viloyat davlat qо‘g‘irchoq teatri
  10. Qoraqolpog‘iston respublikasi davlat qо‘g‘irchoq teatri