“Ovoz rejissorligi va operatorlik mahorati” kafedrasi

“Ovoz rejissorligi va operatorlik mahorati” kafedrasi

Kafedra mudiri:
Iqbol Mamasodiqovich Meliqo‘ziev

Qabul vaqti: Shanba kuni 10:00 до 15:00
 Xizmat telefon raqami: (71) 230-28-32

 

 

 

Kafedra qisqacha tarixi


Ovoz rejissorligi va operatorlik mahorati kafedrasi 1991-yilda, O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng, O’rta Osiyoda birinchi bo’lib Оstrovskiy nomidagi teatr va rassomchilik institutida, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi, Davlat mukofoti sovrindori, professor Abdurahim Ismoilovning tashabbusi bilan “Kinoteleoperatorlik” bo’limi tashkil etildi. Talabalarga dars berish uchun amaliyotda katta tajriba orttirgan malakali mutaxassislar taklif qilindi. jumladan, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Kim Gim Nyan, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi, davlat mukofoti sovrindori Xotam Fayziyev, “O’zbektelefilm” kinostudiyasi operatorlari: K.Karimov, N.Gerasimov, «O’zbekiston ilmiy ommabop va hujjatli filmlar studiyasi» operatori Sh.Mahmudov, G’.Shukurov va kinoinjener L.Muhamedovlar, keyinchalik «O’zbekfilm» kinostudiyasi operatori Hasan Fayziyev, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi, davlat mukofoti sovrindori, kinorejissyor – kinooperator Turdi Nodirov, «O’zbekfilm» kinostudiyasi kinoapparatura va optika bo’yicha muhandis va tasvirga olish texnik bo’limi boshlig’i Serafima Kim, “O’zbektelefilm” studiyasi kinooperatori Marat Soliev, «O’zbekfilm» kinostudiyasi rejissyor – montajchisi Adiba Nosirova, «O’zbekiston ilmiy ommabop va hujjatli filmlar studiyasi» rejissyor-operatori Marat Ismoilov kabi o’zbek kinosining taniqli namoyondalari kafedraga jalb qilinib, talabalarga soha sirlaridan ijodiy-nazariy tomonlaridan talim berib keldilar.

2011-yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat muassasalarini yosh mutaxassislar bilan ta’minlash to’g‘risida”gi Farmoniga asosan kafedra mudirligi yosh mutaxassis, iste’dodli kinooperator-kinorejissyor kafedra dоsenti I.Meliqo‘zievga ishonib topshirildi.

Institut О’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yilning 4 iyundagi N 1771 sonli farmoniga kо’ra Toshkent davlat madaniyat instituti va О’zbekiston davlat san’at instituti asosida tashkil etilgan.

 

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati:


  • 5151500 – Kino-teleoperatorlik
  • 5151400 – Texnogen san’at: kino, televideniye va radio ovoz rejissyorligi
  • 5151800 – San`atda animatsiyaviy va multimediaviy loyihalash

 

Magistratura mutaxasisliklari ro‘yxati:


  • 5A151501 – Kinooperatorlik
  • 5A151502 – Teleoperatorlik
  • 5A151401 – Ovoz rejissyorligi: kino, televideniye va radio ovoz rejissyorligi

 

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar: -5151500-Kinoteleoperatorlik:


  • Fotokompozitsiya
  • Kinoteleoperatorlik mahorati
  • Raqamli fotografiya
  • Maxsus va murakkab tasvirga olish
  • Kino-video texnika asoslari
  • Kinotasvir apparatura va optika
  • Montaj
  • Yorug’lik, rang va kompozitsiya asoslari Tasviriy effektlar va postprodakshn

 

– 5151400-Техногенное искусство (звукорежиссёр кино, телвидения и радио):
Мастерство звукорежисуры


  • Основы акустики
  • Звуковая пратитура
  • Аудиовизуальный анализ
  • Музыкально-шумовое оформление
  • Основы искусства дубляжа
  • Аксессуары звукозаписи
  • Компьютерные технологии звукозаписи
  • Практика звукозаписи фильмов и передач

 

– 5151400-Texnogen san’at (kino, telvidenie va radio ovoz rejissyorligi):


  • Ovoz rejissyorligi mahorati
  • Akustika asoslari
  • Ovoz partiturasi
  • Audiovizual taxlil
  • Musiqa va shovqinlar bezagi
  • Dublyaj san’ati asoslari
  • Ovoz yozish aksessuarlari
  • Практическая анимация 3D,5D,7D

 

-5151800-San’atda animatsiyaviy va multimediaviy loyixalash


  • Animatsiya rejissurasi
  • Tasviriy effektlar va postprodakshn
  • Kinooperatorlik mahorati
  • Maxsus va murakkab tasvirga olish
  • Dizayn grafikasi asoslari
  • Maxsus va murakkab montaj
  • Animatsion film dramaturgiyasi
  • Multimedia loyixalash
  • 3D,5D,7D animatsiya amaliyoti

 

5A151501-Kinooperatorlik:


  • Kinooperatorlik mahorati nazariyasi
  • Kino kameralar va yoritish uslublari nazariyasi
  • Operator ishi nazariyasi
  • Kino va televidenieda tasviriy yechim
  • Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi
  • Kinokadr kompozitsiyasi

 

5A151502-Teleoperatorlik:


  • Teleoperatorlik mahorati nazariyasi
  • Kino kameralar va yoritish uslublari nazariyasi
  • Operator ishi nazariyasi
  • Kino va televidenieda tasviriy yechim
  • Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi

 

Kafedraning professor o‘qituvchilarining tarkibi:


  • Abduraxim Isroilovich Ismoilov ¬- O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, davlat mukofoti sovrindori, professor.
  • Abdumannon Ubaydullayev- San’atshunoslik fanlari nomzodi, O‘zbekiston Respublikasida hizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, dotsent.
  • Oltinoy Qosimovna Tojiboeva -San`atshunoslik fanlari doktori, professor.
  • Shuxrat Kamalovich Adilov -“Shuxrat” medali sohibi o’qituvchi.
  • Iqbol Mamasodiqovich Meliqo‘ziev- dotsent.
  • Xamidulla Babaevich Xasanov-O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat hodimi katta o‘qituvchi.
  • Xidirova Kamola Sodikovna-katta o’qituvchi
  • Adilov Anvar Jo‘raevich-o‘qituvchi.
  • Azizbek Xikmatullaevich Arzuqulov -o‘qituvchi.
  • Nargiza Ismatullaevna Sadikova- o‘qituvchi.
  • Aleksey Vladimirovich Xmirov- o‘qituvchi.
  • Shoxrat Charievich Amanmuradov- o‘qituvchi.
  • Qalandarov Izzat Omonboyevich- o‘qituvchi.
  • Orifjon Rashidovich Raximdjonov- o‘qituvchi.
  • Mirsaidova Diloram Izzatullayevna- o‘qituvchi
  • Talabbayev Rustam Ergashaliyevich- o‘qituvchi
  • Ro’zmetov Jo’rabek Yarshovich-o‘qituvchi

Kafedrada bajarilayotgan davlat va chet el grantlari:


2015 yil noyabr oyida kafedramiz katta o‘qituvchi I.Meliqo‘ziev Koreya respublikasining Seul shaxrida IChKAP tashkiloti (Osiyo va Tinch okeani mintaqasida nomoddiy madaniy meros bo‘yicha xalqaro axborot va hamkorlik markazi, Koreya Respublikasi YuNESKOning 2-toifali markazi) nomoddiy madaniy merosni xujjatlashtirish soxasida operator mutaxassislarni malakalarini oshirish bo‘yicha mashg‘ulotlardagi ishtirok etib malaka oshirib qaytdi, mazkur grand asosida 10 xujjatli film tasvirga olingan.

Kafedraning ilmiy ishlari (oxirgi 5yilda chiqarilgan darsliklar, monografiyalar va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati):


2017 yil kafedra o‘qituvchisi Sh. Xusanov “Maxsus va murakkab tasvirga olish” o‘quv qo‘llanmasi uchun nashr ruxsatnomasini (434-130) oldi va nashr qildi.

2017 yil kafedra o‘qituvchisi M. Azimov “Kinotasvir apparturasi va optika” o‘quv qo‘llanmasi uchun nashr ruxsatnomasini (603-093) oldi va nashr qildi.

2017 yil kafedra mudiri I. Meliqo‘ziev “Kino-teleoperatorlik mahorati (badiiy fotografiya shakllanish va taraqqiyot jarayonlar)” darsligi uchun nashr ruxsatnomasini (434-141) oldi va nashr qildi.

2017 yil kafedra o‘qituvchilar K.Xidirova va M. Azimov “Kinotasvir texnologiyasi” o‘quv qo‘llanmasi uchun nashr ruxsatnomasini (434-139) oldi va nashr qildi.

2017 yil o‘qituvchilar B.Bazarbaev, K.Xidirova, G. Tashmuxamedova, N. Marizaevalar “Raqamli fotografiya” darsligi uchun nashr ruxsatnomasini (603-099) oldi va nashr qildi.

2017 yil ovoz rejissyorligi yo‘nalishi bo‘yicha, dotsent F.Fayzieva “Dublyaj san’ati asoslari” o‘quv qo‘llanmasining nashr ruxsatnomasiga (434-144) ega bo‘lib, nashr kilish ishlarini olib bormoqda.

2018 yil A.Ismoilov. “Kinos’yomochnыe kamerы i metodы osveщeniya” darslik.

2018 yil K.Xidirova. “Kinoteleoperatorlik mahorati ” o‘quv qo‘llanma nashr ruxsatnomasi № (264-063).

2018 yil Sh.Amanmuradov, D.Mirsaidova . “Ovoz rejissyorligi mahorati” o‘quv qo‘llanma nashr ruxsatnomasi. № (274-071).

2018 yil A.Xmirov. “Osnovы akustiki” o‘quv qo‘llanma nashr ruxsatnomasi. № (274-072).

2018 yil A.Xmirov. “Masterstvo zvukorejissurы” o‘quv qo‘llanma nashr ruxsatnomasi. № (274-073).

2018 yil A.Xmirov,Sh.Amanmuradov,

“Aksesuarы zvukozapisi” o‘quv qo‘llanma . № (1000-093).

2018 yil A.Xmirov. “Elektronnaya muzыka” o‘quv qo‘llanma № (1000-092).

2018 yil Sh.Amanmuradov. “ Muzыkalnoe i shumovoe oformlenie” o‘quv qo‘llanma № (1000-091).

2018 yil I.Meliqo‘ziev. “Animatsiya rejissurasi” o‘quv qo‘llanma. № (1000-087).

2018 yil I.Meliqo‘ziev. “Tasviriy effektlar va postprodakshn” o‘quv qo‘llanma. № (1000-088).

2018 yil I.Meliqo‘ziev. “Kino-video texnika asoslari” o‘quv qo‘llanma. № (1000-086).

2018 yil I.Meliqo‘ziev, K.Xidirova. “Fotokompozitsiya” o‘quv qo‘llanma. № (1000-089).

2018 yil I.Meliqo‘ziev, K.Xidirova. “Multimedia loyixalash” o‘quv qo‘llanma. № (1000-090).

2018 yil A.Ismoilov. “Kinoteleoperatorskaya masterstvo (osnovы kompozitsii i kinofoto-osveshenie v masterstve kinooperatora” o‘quv qo‘llanma. № (1000-094).

Kafedraning ilmiy va amaliy hamkorlari:


Toshkent Madaniyat kolleji Respublika televideniye va radio kolleji

Kafedraning xalqaro xamkorligi:


  1. Koreya respublikasining Seul shaxrida IChKAP tashkiloti (Osiyo va Tinch okeani mintaqasida nomoddiy madaniy meros bo‘yicha xalqaro axborot va hamkorlik markazi, Koreya Respublikasi YuNESKOning 2-toifali markazi)
  2. Zagreb universiteti ,
  3. Andalusiya universiteti,
  4. Belarussiya davlat madaniyat va san’at universiteti,
  5. Janubiy Koreya Respublikasining “Dong-A media va san’at” instituti
  6. Xindiston davlatining Mumbay film kinoakademiyasi
  7. Butunrossiya davlat kinematografiya instituti bilan xamkorlik aloqaliri yo‘lga qooyilgan.

 

Kafedraning korxona va tashkilotlar bilan aloqalari:


  1. O‘zbekkino Milliy agentligi
  2. O‘zbekfilm kinostudiyasi DUK.
  3. O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi.
  4. Hujjatli va xronikal filmlar studiyasi DUK.
  5. O‘zbekiston kinoarboblar ijodiy uyushmasi

 

Kafedra logo


“Ovoz rejissorligi va operatorlik mahorati” kafedrasi “Ovoz rejissorligi va operatorlik mahorati” kafedrasi

 

 

 
 

Youtube tarmog’idagi kanalimiz

 

image_pdfimage_print