O`quv teatri

Institut haqida

О‘quv teatr qisqacha tarixi


О‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2012 yil 4 iyundagi № 1771-sonli Qaroriga asosan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tashkil etildi va shu bilan bir qatorda institut О‘quv teatri ham barpo etildi.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti О‘quv teatri zamonaviy talablarga javob beradigan, sо‘nggi texnik jihozlar bilan ta’minlangan, jahon teatrlari bilan tenglasha oladigan darajada barpo etilgan.
О‘quv teatr faoliyati talabalarning, shuningdek о‘qituvchi va bitiruvchilarning, maxsus mutaxassislik fanlaridan ochiq darslari, mustaqil ijodiy ishlarini sahnalashtirish, ularni (shu jumladan suratga olingan audiovizual asarlarni) о‘z sahnasida yoki sayyor gastrol safarlarida keng tomoshabinlar ommasiga belgilangan tartibda pullik yoki bepul namoyish etishdan iborat. Talabalar institut davridayoq professional teatr ruhiyatini xis etib, kelajakda yetuk mutaxassis bо‘lib yetishadi.

О‘quv teatr sahnasiga hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan texnik qurilmalar о‘rnatilgan. Teatr sahnasi aylanma harakatlanuvchi qurilmaga ega. Sahnaning old qismida orkestr sozandalari uchun maxsus joy tashkil etilgan.

Tomoshalar zalidagi ovoz kuchaytirgich moslamalari, videoproyektor qurilmasi, chiroqlar boshqaruv qurilmasi hamda shtangentlarni boshqaruv qurilmalarining barchasi kompyuterlashtirilgan texnika asosida boshqariladi.
Teatr binosidagi barcha texnik qurilmalar Germaniyaning “Denkrayzer” Firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

О‘quv teatrining tomoshalar zaliga 207ta tomoshabinga mо‘ljallangan yumshoq о‘rindiqlar joylashtirilgan.
Shu bilan bir qatorda, teatrda namoyish etiladigan diplom spektakllari, konsert dasturlarini yuqori saviyada о‘tkazish maqsadida aktyorlar uchun qulay sharoitga ega 4 ta grimxona, 1 ta raqs xonasi, libosxona, dekoratsiya ustaxonasi, butaforiya ustaxonasi, tomoshabinlar uchun maxsus garderob, texnik xodimlar uchun ajratilgan xonalar mavjud.
О‘quv teatr jamoasi ijodiy guruh, orkestr sozandalari va texnik xodimlaridan iborat.

2018 yili teatr ijodiy guruhi “Yog‘du” deb nomlandi. “Yog‘du” teatr jamoasi yurtimizning turli maskanlarida ijodiy safarlarda bо‘lib, о‘zining bir qator spektakl va konsert dasturlarini namoyish etib kelmoqda

Prezidentimizning beshta muhim tashabbuslari asosida
2019 yil 21-28 aprel kunlarida “Yog‘du” teatri jamoasi о‘zining bir qator spektakl va konsert dasturlari bilan Qashqadariyo viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi Kitob tumani 5-mehribonlik uyida va Qashqadariyo viloyati, Shaxrisabz shahri, Kitob tumanlarida о‘zining ijodiy safari bilan tomoshabinlarning olqishlariga sozovvor bo’ldi. Shuningdek 2019 yil may oyining 21-25 sanalarida Toshkent viloyati, Parkent tumanining bir qator maktablarida ham о‘zining sahna kо‘rinishlari va konsert dasturlari bilan nomoyish etib keldi.

 

 

 

 

 

2019 yil 10-15 sentabr kunlari bо‘lib о‘tadigan “Quqon Xalqaro Hunarmandchilik” festivali uchun tayyorganlik ishlari ham О‘quv teatri binosida olib borilyabdi.