Yangi adabiyotlar

Hurmatli kitobxonlar!


Institut Axborot-resurs markazi fondiga fanning turli sohalariga oid olingan yangi adabiyotlar va ularning qisqacha mazmuni bilan tanishib borishingizda institut sayti orqali e’lon qilingan “ARM yangiliklari” rukni ostida tayyorlangan ma’lumot bilan bevosita xabardor bо‘lishingiz mumkin. Shuningdek ushbu ruknda brayl yozuvidagi adabiyotlarning rо‘yhati ham berilgan.

Mazkur rо‘yhatda e’lon qilingan adabiyotlarni institut Axborot-resurs markazidan olib о‘qishingizni tavsiya qilamiz.

Tibbiyot sohasi bо‘yicha

Yangi adabiyotlar1. Stankov A. Ikki dil tutashganda:
yoshlar uchun tibbiy maslahatlar. –
Toshkent: Tafakkur, 2017. -160 b.
Jinsiy munosabatlar kishilar turmushidagi muhim bо‘g‘in hioblanadi.Shuning uchun u yetarli darajada va yuksak saviyada bо‘lmog‘i lozim. Mazkur kitob shunday masalalarga bag‘ishlangan.

Tarix bо‘yicha

Yangi adabiyotlar2. Ivanin M. Ikki buyuk sarkarda Chingizxon va Amir Temur harbiy san’ati, strategiya va taktikasi. –Toshkent: Yangi asr avlodi, 2018. -304 b.
Mazkur kitob ikki buyuk sarkarda Chingizxon va Amir Temur hukmronligiga bag‘ishlangan.

Yangi adabiyotlar3. Marsel B. Menkim, sohibqiron-jahongir Temur. –Toshkent: Yangi asr avlodi, 2018. -572 b.
Mazkur kitob Sohibqironning dunyoga kelishidan to vafotiga qadar bо‘lgan davrni qamrab olib, voqealar Amir Temur nomidan hikoya qilinadi.

Ijtimoiy-siyosiy soha bо‘yicha

Yangi adabiyotlar4. Haydarov A. Harakatlar strategiyasi va ma’naviy yuksalish: uslubiy qо‘llanma. –Toshkent: G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2018. -300 b.
Ushbu tо‘plamda О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish maqsadida qabul qilingan farmon va qarorlar jamlangan.

Huquq sohasi bо‘yicha

Yangi adabiyotlar5. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017 yilda ta’lim, fan, san’at va madaniyat sohasida qabul qilingan farmon, farmoyish va qarorlar majmuasi. –Toshkent: Turon-Matbaa MCHJ, 2018. -208 b.
Mazkur majmuada О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan sо‘nggi yillarda ta’lim, fan, san’at va madaniyat sohasida qabul qilingan farmon va qarorlar о‘z aksini topgan.

Tilshunoslik sohasi bо‘yicha

Yangi adabiyotlar6. Ishanbekova N., Sodiqova M. Ingliz tili fanidan uslubiy qо‘llanma. –Toshkent: Zamon-poligraf, 2018. -50 b.
Ingliz, rus va о‘zbek tillarida yozilgan ushbu qо‘llanma talabalarga materiallarni о‘zlashtirishda, ma’lum leksik birliklar bazasida suhbatlasha olish malakalarini egallashlarida yordam beradi.

Yangi adabiyotlar7. Mengliyev B. Hozirgi о‘zbek tili: darslik. –Toshkent: Tafakkur bо‘stoni, 2018. -200 b.
Darslikda о‘zbek tilini substansial tadqiq qilish natijalari о‘z aksini topgan.

Badiiy adabiyotlar

Yangi adabiyotlar8. Ahmad S. Jimjitlik: roman. –Toshkent: Sano-standart, 2018. -416 b.
Adibning ushbu romani yovuzlik bilan ezgulikning abadiy kurashiga bag‘ishlangan.

Yangi adabiyotlar9. Rumiy J. Ichindagi ichindadur: falsafiy ma’rifiy asar. –Toshkent: Yangi asr avlodi.
– 240 b.
Mavlono Jaloliddin Rumiyning ushbu asarida turli majlislarda bildirgan fikrlari bayon etilgan. Siz ushbu risolani о‘qib, inson va olam, ong va borliq, inkor va isbot, hayol va amal singari falsafiy tushunchalarning asl mohiyatini anglaysiz.
Yangi adabiyotlar10. Genri О‘. Ishbilarmon kishilar: hikoyalar. –Toshkent: Yangi asr avlodi, 2018. -256 b.
Mazkur kitobga adibning rus va ingliz tillaridan о‘zbekchaga tarjima qilingan eng sara hikoyalari kiritilgan.
Yangi adabiyotlar11. Ismoilov N. Burgut tog‘da ulg‘ayadi. 3 jildlik –Toshkent: Tamaddun.
1-jild: sarguzasht-detektiv roman. –Toshkent; 2017. -352 b.
Yangi adabiyotlar2-jild: sarguzasht-detektiv roman. –Toshkent; 2017. -256 b.
Yangi adabiyotlar3-jild: sarguzasht-detektiv roman. -Toshkent; 2017. -256 b.
Adibning ushbu 3 jilddan iborat asarida hayot tashvishlari va quvonchlari, insonning jamiyatda tutgan о‘rni va boshqa masalalar badiiy in’ikosini topgan.
Yangi adabiyotlar12. Dostoyevskiy F.M. Iblislar. 2-jildlik. –Toshkent: О‘qituvchi.
1-jild: roman. –Toshkent: О‘qituvchi, 2018. -424 b.
2-jild: roman. –Toshkent: О‘qituvchi, 2018. -408 b.
Mazkur romandagi katta-kichik qahramonlari о‘z qarashlari, maslaklaridan aslo uyalmaydilar, balki maslak uchun jon-jahdlari bilan kurashadilar va bu yо‘lda hech narsadan toymaydilar. G‘oyalar uchun kurashda ular kuchli iroda, qudratli ehtiroslar sohiblari kabi namoyon bо‘ladi.
Yangi adabiyotlar13. Kristi A. О‘nta negr bolasi. –Toshkent: Yangi asr avlodi, 2018. -208 b.
Agata Kristining mazkur asarida kitobxon sirli va qiziqarli olamga sayohat qilishi muqarrar.
Yangi adabiyotlar14. Navoiy A. Xamsa. –Toshkent: Yangi asr avlodi, 2018. -496 b.
Mazkur kitobda Alisher Navoiy «Xamsa»sidagi barcha dostonlarning mazmuni bayon qilingan.
Yangi adabiyotlar15. Obidjon A. G‘alati maktublar: she’rlar.
– Toshkent: Yangi asr avlodi, 2017. -128 b.
Adib asarlariga tanlangan qahramonlar о‘quvchilar uchun hamisha ajablanarli, hamisha ularni hayratga solib kelgan. Mazkur kitobga jamlangan she’rlari ham sizlarga manzur bо‘ladi degan umiddamiz.
Yangi adabiyotlar16. Olimjon H. Oygul bilan Baxtiyor.
– Toshkent: Yangi asr avlodi, 2017. -112 b.
Hamid Olimjon ushbu dostonida yoshlik shijoati, muhabbat tuyg‘ulari, mardlik va jasorat jonli tasvirlarda ifodalanadi.
Yangi adabiyotlar17. Rahim I. Adashgan qiz: qissa. –Toshkent: Adabiyot uchqunlari, 2017. -60 b.
Abdivoy Rahimning ushbu asarida yoshlarning orzu-intilishlari qalamga olinadi.
Yangi adabiyotlar18. Semyonov Y. Bahorning о‘n yetti lahzasi: roman. –Toshkent: Yangi asr avlodi, 2017. -488 b.
1945 yil bahor. Gitlerchilar germaniyasining sо‘nggi kunlari. Fashizm о‘lim yoqasida yotibdi, ammo kurash tugaganicha yо‘q. Ushbu romanda ana shunday vaziyatda dushman uyasida ish kо‘rgan ayg‘oqchi Maksim Isayev haqida hikoya qilinadi.
Yangi adabiyotlar19. Turob Tо‘la. Tanlangan asarlar. –Toshkent: Ilm-ziyo -zakovat, 2018. -936 b.
Tо‘plamda О‘zbekiston xalq shoiri Turob Tо‘laning she’riyat, drama, nasrda olib borgan ijod namunalari, jahon mumtoz asarlarining tarjimalari, shuningdek maqola, suhbatlari jamlangan.
Yangi adabiyotlar20. Hoshimov О‘. Ikki karra ikki-besh:hajviy qissa. –Toshkent: О‘qituvchi, 2018. -215 b.
Adibning mazkur hajviy qissasida voqealar keskin yumor ostiga olinib, g‘oyat hayotiy aks ettirilgan.
Yangi adabiyotlar21. Hoshimov О‘. Hajviy hikoyalar. –Toshkent: О‘qituvchi,2018. -192 b.
Ushbu kitobga adibning eng sara va sermazmun hajviy asarlari kiritilgan.
Yangi adabiyotlar22. Chо‘lpon. Asarlar. 4 jildlik. –Toshkent: Akademnashr.
1-jild: she’rlar, mansuralar, she’riy xatlar. –Toshkent; 2016. -368 b.
2-jild: roman, hikoyalar. –Toshkent; 2016. -376 b.
Yangi adabiyotlar3-jild: dramalar, tarjimalar. –Toshkent; 2016. -544 b.
4-jild: adabiy-tanqidiy va publitsistik maqolalar. –Toshkent: 2016. -320 b.
CHо‘lpon kо‘p asrlik о‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga ulkan hissa qо‘shgan ijodkorlardan biri. U qisqa umr kо‘rganiga qaramay, adabiyot va san’atning turli sohalarida samarali ijod qilib, katta adabiy meros qoldirdi. Adibning ushbu kitoblarida ham uning she’rlari, romanlari, dramalar va tarjimalari berilgan.
Yangi adabiyotlar23. Qodiriy A. О‘tkan kunlar. 1-jild: roman. – Toshkent: Info Capital Group, 2017. -488 b.
Abdulla Qodiriyning “о‘zbek romanchiligi asoschisi” sifatida tan olinishiga sabab bо‘lgan ushbu asar voqealari tariximizning bir kо‘rinishi, muallif ta’kidlaganidek, о‘zbeklar turmushidan tarixiy romandir.
Yangi adabiyotlar24. Qodiriy A. Mehrobdan chayon. 2-jild: roman. –Toshkent: Info Capital Group, 2017.-488 b.
Bolaligidan tirishqoqligi, nozikta’bligi bilan atrofdagilar e’tiboriga tushgan Anvar yuqori martabaga ham erta erishadi. Jasur qiz ta’rifini olgan Ra’no haqida ham maktab darsliklaridan ilk tasavvurlarga ega bо‘lganmiz. Zamonasining zulmi yohud zayli qurboniga aylanmay, о‘zining shijoati bilan muhabbati va kelajagi yо‘lidagi harakati, aytish joiz bо‘lsa, tahsinga sazovordir.
Yangi adabiyotlar25. Qodiriy A. Diyori bakr. 3-jild: adabiy-tanqidiy, publitsistik maqolalar. –Toshkent: Info Capital Group, 2017. -576 b.
E’tiboringizga havola etilayotgan mazkur tо‘plamdan о‘rin kichik maqola va hikoyachalarda Qodiriyning ichki dunyosi, xolis sо‘zi, jur’ati va insoniy burchi kabilar aks etadiki, buni ziyrak kitobxon satrlardagi yozuvchining qalb og‘riqlari orqali his qiladi.
Yangi adabiyotlar26. Qodiriy A. Obid ketmon: qissa. –Toshkent: Info Capital Group, 2017. -536 b.
Abdulla Qodiriyning ushbu asari 1934 yilda yozilgan bо‘lib, bu asar ham boshqalari kabi yozuvchining ulkan mahoratini о‘zida mujassam etgan.
Yangi adabiyotlar27. Qodiriy A. Adibni xotirlab: xotira roman. -Toshkent: Info Capital Group, 2017. -584 b.
Ushbu kitob nafaqat buyuk yozuvchining avlodlari, shogirdlari xotiralaridan iborat, balki u bilan zamondosh bо‘lgan, adib bilan bir davrda ijod qilgan insonlarning esdaliklari jamlamasidir.
Yangi adabiyotlar28. Qorjovov A. Marhum kelinning xiyonati: mistik hikoyalar. – Toshkent: Sano-standart, 2016. -288 b.
Mazkur badiiy asar mistik hikoyalardan iborat bо‘lib, siz aziz kitobxonlarga manzur bо‘ladi degan umiddamiz.

San’at sohasi bо‘yicha

Yangi adabiyotlar29. Abduqunduzov M. О‘shal Boburmen men…: Bobur kinofilmidan kо‘rinishlar. –Toshkent: Mumtoz sо‘z, 2017.-494 b.
Mazkur kitobda Muhammadali Abduqunduzovning bolalik xotiralari, san’at haqida о‘ylar, jamiyat va teatr haqidagi kо‘ngil kechinmalari borasida sо‘z yuritiladi.

Yangi adabiyotlar30. Abulqosimova X., Umarov S. Kinodramaturgiya asoslari: о‘quv qо‘llanma. –Toshkent: Turon-Iqbol, 2018. -99 b.
О‘quv qо‘llanmada kinodramaturgiyaning tarixi, asoslari, qonunuyatlari va boshqa sohalar bilan о‘zaro bog‘liqlik jihatlari bayon qilingan.
Yangi adabiyotlar31. Azimov M. Kinotasvir apparaturasi va optikasi: о‘quv qо‘llanma. –Toshkent: Turon-Iqbol, 2018. -168 b.
Mazkur о‘quv qо‘llanmada kinotasvirga olish uslub va tamoyillari, kinotasvirga olishda kinoteleoptika qonunlari, optik asboblarning tuzilishi, ularda bо‘ladigan buzilishlar va ularning tuzatish usullari, fokus masofalarini hamda tasvir kо‘rish maydonlarini aniqlash, shuningdek, masshtabini aniqlash kabi ma’lumotlar yoritilgan
Yangi adabiyotlar32. Arzibayeva Z., Turg‘unova N. Musiqa nazariyasi: о‘quv qо‘llanma. –Toshkent: Turon-Iqbol, 2018. -128 b.
Mazkur о‘quv qо‘llanmada musiqaning elementar nazariy asoslarini tashkil etuvchi musiqaning ifodaviy vositalari, tovush tizimi kabi musiqiy masalalarga oid manbalar yoritilgan.
Yangi adabiyotlar33. Ibroximov O.A, Kamolova D.S. Solfedjio: о‘quv qо‘llanma. –Toshkent: Turon-Iqbol, 2018.
-180 b.
О‘quv qо‘llanmada maxsus ovoz mashqlari notalarda berilgan, kuylarni tо‘g‘ri ifoda etishga kо‘mak berish kо‘zda tutilgan.
Yangi adabiyotlar34. Malikova S., Vasilchenko O., Bagirova F. Dirijyorlik: о‘quv qо‘llanma. –Toshkent: Turon-Iqbol, 2018. -460 b.
О‘quv qо‘llanmada kompozitorlarning sodda, murakkab va aralash- murakkab о‘lchovdagi asarlari tо‘plangan.
Yangi adabiyotlar35. Meliqо‘ziyev I.M. Kinoteleoperatorlik mahorati: darslik. –Toshkent: Turon-Iqbol, 2018. -256 b.
Mazkur darslikda о‘zbek fotografiyasi tarixi, fotografiyaning turli janrlari, suratga olish usullari va shu kabi masalalar bо‘yicha ma’lumotlar yoritilgan.
Yangi adabiyotlar36. Muxamedova M. Me’morchilik asoslari: о‘quv qо‘llanma. –Toshkent: Fan va texnologiya, 2018.
-296 b.
Ushbu о‘quv qо‘llanmada me’morchilik san’atiga oid manbalar yoritilgan.
Yangi adabiyotlar37. Orifjonova G‘., Nishonova K. San’at asarlarining fizik-kimyoviy ekspertizasi: о‘quv qо‘llanma. –Toshkent: CHо‘lpon,
2018. -204 b.
Mazkur о‘quv qо‘llanmada fizik-kimyoviy ekspertiza tushunchasi va uning mohiyati, san’at asarlarining turlari bо‘yicha ekspertiza о‘tkazishning о‘ziga xosliklaridan kelib chiqqan xolda rangtasvir, haykaltaroshlik, zargarlik, gazlama va gilam, chinni buyumlar ekspertizasiga oid boblarni о‘z ichiga qamrab oladi.
Yangi adabiyotlar38. Hidirova K., Azimov M. Kinotasvir texnologiyasi: о‘quv qо‘llanma. –Toshkent:Turon-Iqbol, 2018. -88 b.
Ushbu о‘quv qо‘llanmada kinotasvirning yoritilish uslub va tamoyillari, kinotasvirga olishning ekspozitsion usuli, kinotasvirga olish jarayonida ranglarni uzatishda kulrang shkala yordamida nazorat qilish va raqamli texnologiya kabi masalalar yoritilgan.
Yangi adabiyotlar39. Egamberdiyev F.T. Estrada va ommaviy tomoshalar rejissurasi: о‘quv qо‘llanma. –Toshkent: Fan va texnologiya, 2018. -356 b.
Mazkur о‘quv qо‘llanmada estrada va ommaviy tomoshalar rejissurasining nazariy va amaliy asoslari, fanni о‘qitishning an’anaviy va zamonaviy metodikasi, estrada va ommaviy tomoshalar rejissurasidagi milliy va xorijiy tajribalarning о‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan.
Yangi adabiyotlar40. Yusupova M. Mutaxassislik fanlarini о‘qitish metodikasi: darslik. –Toshkent: Turon-Iqbol, 2018. -176 b.
Mazkur о‘quv qо‘llanmaning asosiy maqsadi aktyor va rejissyorlarni tayyorlashda zamonaviy jahon standartiga mos keladigan dars mashg‘ulotlarini tashkil etish, о‘qitish metodlari va shu kabi masalar haqidagi ma’lumotlar bayon qilingan.

Dinshunoslik bо‘yicha

Yangi adabiyotlar41. Kaykovus. Qobusnoma. –Toshkent: Yangi asr avlodi, 2018. -224 b.
Mazkur kitobda kо‘plab tarbiyaviy ahamiyatga ega bо‘lgan ma’lumotlar berilgan.

Falsafa bо‘yicha

42. Arastu: Poetika. Axloqi kabir. Ritorika. –Toshkent: О‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2018. -352 b.
Arastuning ushbu asarida barcha zamonlar va barcha insonlar uchun suv va havoday, quyosh nuriday zarur ilmi hikmat durdonalarini topamiz, bu durdonalar bizning ma’naiy olamimizni boyitadi va gо‘zallashtiradi.

image_pdfimage_print