Kafedra mudiri:
“Musiqiy-nazariy fanlar” kafedrasi

Xudoyev G‘ani Muhammadovich

Qabul kunlari: Chorshanba, Juma kunlari soat: 14:00-17:00

Telefon:71 230 28 21, uyali aloqa: 90 910-95-01

📧 e-mail:

Kafedra qisqa tarixi:
2012 yil 4 iyun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17/71 PQ qarori bilan Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti bilan O‘zbekiston davlat san’at institutlari negizida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti (O‘zDSMI) tashkil etildi. Shu munosabat bilan, avval O‘zDSI tarkibidagi “Musiqiy-nazariy fanlar” kafedrasi yangi tashkil etilgan institutning “Xalq ijodiyoti” fakulteti tasarrufida o‘z faoliyatini davom ettirdi.
O‘tgan davr mobaynida kafedrani quyidagi salohiyatli professor-o‘qituvchilar – dotsent D.Isamuxamedova; dotsent F.Yoqubova, san’atshunoslik fanlari doktori, professor O.A.Ibrohimov, professor S.S.Jumayev hamda dotsent E.O‘.Yafasovalar boshqarib kelishdi. Hozirgi vaqtda kafedraning katta o‘qituvchisi G‘.M.Xudoyev kafedrani boshqarib kelmoqda.
Musiqiy-nazariy fanlar kafedrasida o‘qitiladigan fanlar talabalarning musiqa savodxonligi haqidagi nazariy bilimlari hamda musiqa tarixi haqidagi tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Kafedrada о‘qitiladigan fanlar:
  1. Jahon va o‘zbek musiqa tarixi
  2. Musiqa tarixi
  3. Maqom asoslari
  4. Solfedjio
  5. Musiqa nazariyasi. Garmoniya
  6. Fortepiano
  7. Musiqa asarlari tahlili
  8. O‘zbek va jahon musiqa madaniyati
Magistraturada о‘tiladigan fanlar:

   

Kafedraning professor-о‘qituvchilarining tarkibi:
Xudoyev G‘ani Muhammadovich – kafedra mudiri, katta o‘qituvchi
Sedix Tatyana Tomovna – dotsent v.b.
Turg‘unova Nasiba Mamatovna – katta o‘qituvchi
Qodirova Husnida Rahmonovna – o‘qituvchi
Mulladjanova Hilola Jamoliddin qizi – o‘qituvchi
Alimuxamedova Orzigul Anvarovna – o‘qituvchi
Mulladjanov Davlat Mavlonovich – s.f.n., dotsent v.b.

Kafedrada bajarilayotgan davlat va chet el grantlari:

   

Kafedraning ilmiy ishlari (oxirgi 5 yilda chiqarilgan darsliklar, monografiyalar va о‘quv qо‘llanmalar rо‘yxati):

   

Kafedraning ilmiy va amaliy hamkorlari:
• О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti bilan “San’at sohasida ilm-fanni yanada rivojlantirish, ilmiy tadqiqot ishlarini takomillashtirishda yoshlarga zarur muhit va shart-sharoit yaratish bо‘yicha hamkorlik shartnomasi”. 1.03.2017 yil.
• Toshkent madaniyat kolleji bilan “Madaniyat sohasida ilm fanni yanada rivojlantirish bо‘yicha innovatsion g‘oyalarni tadbiq etish va ta’lim tarbiya ishlarini takomillashtirishda о‘quvchi yoshlarga zarur shart sharoitlar yaratish bо‘yicha hamkorlik shvartnomasi” 2018 yil 16 fevral.
• Respublika estrada-sirk kolleji bilan “San’at va madaniyat sohasida ilm fanni yanada rivojlantirish bо‘yicha innovatsion g‘oyalarni tadbiq etish va ta’lim tarbiya ishlarini takomillashtirishda о‘quvchi yoshlarga zarur shart sharoitlar yaratish bо‘yicha hamkorlik shvartnomasi” 2018 yil 16 fevral.
• R.M.Glier nomidagi Respublika iqtisoslashgan akademik litsey bilan “Madaniyat sohasida ilm fanni yanada rivojlantirish bо‘yicha innovatsion g‘oyalarni tadbiq etish va ta’lim tarbiya ishlarini takomillashtirishda о‘quvchi yoshlarga zarur shart sharoitlar yaratish bо‘yicha hamkorlik shvartnomasi” 2018 yil 16 fevral.

Kafedraning korxona va tashkilotlar bilan aloqalari: