Kafedra mudiri:
“Milliy qо‘shiqchilik” kafedrasi

Xusanov Husniddin Urinovich

Qabul kunlari: Dushanba, Chorshanba, Juma kunlari, soat:9:00-14:00

Telefon: 71 230 28 59

📧 e-mail: husniddin1982.com@gmail.com

Kafedra qisqa tarixi:
2016 yilda O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti “Xalq ijodiyoti” fakulteti negizida “Milliy qo‘shiqchilik” kafedrasi tashkil etilgan bo`lib, hozirgi kunda kafedraga katta o‘qituvchi Xusanov Husniddin O‘rinovich rahbarlik qilmoqda.
Bakalavr ta’lim yо‘nalishlari rо‘yxati:
  • 60211900 – Xalq ijodiyoti (ashula va raqs)
Magistratura mutaxassislari rо‘yxati:
  • 70211901-Xalq ijodiyoti (ashula va raqs)
Kafedrada о‘qitiladigan fanlar:
Mazkur kafedrada tayyorlanayotgan kadrlarga quyidagi asosiy fanlar bo‘yicha ta’lim beriladi:

  1. Ashulachilar ansambli
  2. Sozandalar ansambli
  3. Yakkaxon qo‘shiqchilik
  4. Badiiy jamoalar bilan ishlash uslubiyoti
  5. Cholg‘u ijrochiligi
  6. An’anaviy ijrochilik asoslari
  7. An’anaviy xonandalik va sozandalik
  8. Ashula va raqs ansambllari bilan ishlash amaliyoti kabi predmetlardan ma’ruza, amaliy, yakka va guruhli mashg’ulotlar o‘tkazilib, talabalar o‘z bilimlarini oshirib, badiiy mahoratlarini amaliy hamda nazariy jihatdan mustahkamlamoqdalar.
Magistraturada о‘tiladigan fanlar:
  1. Ashula va raqs ansambllari bilan ishlash amaliyoti
  2. An’anaviy xonandalik va sozandalik
  3. An’anaviy ijrochilik asoslari
  4. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi
Kafedraning professor-о‘qituvchilarining tarkibi:
“Milliy qo‘shiqchilik” kafedrasi respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan badiiy jamoalar va turli madaniy-ma’rifiy muassasalar uchun “Ashula va raqs” ansambllari uchun mutaxassis kadrlar tayyorlanmoqda. Bu kabi ixtisoslik va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlarni tayyorlashda respublikamizning taniqli mutaxassis olimlari va tajribali murabbiylari, professorlar: O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi Beknazar Do‘stmurodov, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Xayrulla Lutfullayev, Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Jo‘ra Shukurov, Toxir Yо‘ldoshev, O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi Orolmirzo Safarov, O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi Mashrabjon Ermatov, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Axmadjon Shukurov, O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi Soyibjon Niyozov, dotsentlardan: O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ahmadjon Dadayev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Komiljon Mirzayev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Xurriyat Isroilova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sharofat Tojiboyeva, Mansur Mamirov, katta o‘qituvchi va o‘qituvchilardan Naruz Sobirov, Nigora Arzimurodova, Gulshan Umarova, Qaxramon To‘rayev, “Nihol” davlat mukofoti sovrindori Baxodir Sayidov, Shuhrat Almatov, Nuriddin Xolboyev, Shomurod Dadayev, Baxtiyor Umarov, Bashorat Tо‘raboyeva, O‘ktam Rasulov, Dilorom Abduazimova, Shuxrat Qoraboyev, Zafar Mardonov, Lobar Mo‘minova, Samandar Sobirov, Alimov Abdumuxtor, Shonazarova Mahbuba kabi mutaxassislar ta’lim berib kelmoqdalar.
Kafedrada bajarilayotgan davlat va chet el grantlari:
 
Kafedraning ilmiy ishlari (oxirgi 5 yilda chiqarilgan darsliklar, monografiyalar va о‘quv qо‘llanmalar rо‘yxati):
“Milliy qo‘shiqchilik” kafedrasi tomonidan ilmiy – tadqiqot ishlari borasida ko‘plab ishlar bajarilgan, jumladan: 2018 – 2019- o‘quv yilida 57 ta ilmiy maqola, 2019/2020 – o‘quv yilida 68 ta ilmiy maqola 2020/2021 – o‘quv yilida 64 ta ilmiy maqola, 2021/2022 – o‘quv yilida 71 ta ilmiy maqola, 2022/2023 – o‘quv yilida 74 ta ilmiy maqola yaratildi. Jami bo‘lib, oxirgi 5 (besh) yillikda kafedra professor – o‘qituvchilari tomonidan 334 ta ilmiy maqola va 21 ta turli xil o‘quv adabiyotlari yaratilgan.
B.Dusmurodov – Yakkaxon qo‘shiqchilik (Darslik)
M.Ermatov – Yakkaxon qo‘shiqchilik ( O‘quv qo‘llanma)
M.Ermatov – Maxsus fanlarni o‘qitish uslubiyati ( Darslik)
M.Mamirov – Yakkaxon qo‘shiqchilik ( O‘quv qo‘llanma)
A.Dadayev – Yakkaxon qo‘shiqchilik ( O‘quv qo‘llanma)
O.Safarov – Yakkaxon qo‘shiqchilik (Darslik)
O.Safarov – Yakkaxon qo‘shiqchilik (O‘quv qo‘llanma)
K.Mirzayev – Sozandalar ansambli ( O‘quv qo‘llanma)
Sh.Almatov – Cholg‘u ijrochilik ( O‘quv qo‘llanma)
Sh.Almatov – Sozandalar ansambli ( O‘quv qo‘llanma)
N.Sobirov – Cholg‘u ijrochilik ( O‘quv qo‘llanma)
B.Umarov – Yakkaxon qo‘shiqchilik ( O‘quv qo‘llanma)
B.Saidov – Yakkaxon qo‘shiqchilik ( O‘quv qo‘llanma)
N.Arzimurodova – Yakkaxon qo‘shiqchilik ( O‘quv qo‘llanma)
H.Xusanov – Yakkaxon qo‘shiqchilik ( O‘quv qo‘llanma)
S.Niyozov – Yakkaxon qo‘shiqchilik ( O‘quv qo‘llanma)
Q.To‘rayev – Cholg‘u ijrochilik ( O‘quv qo‘llanma)
B.To‘raboyeva – Cholg‘u ijrochilik ( O‘quv qo‘llanma)
N.Xolboyev – Yakkaxon qo‘shiqchilik ( O‘quv qo‘llanma)
Kafedraning ilmiy va amaliy hamkorlari:
Xalqimizning ulkan ma’naviy xazinalaridan sanalmish xalq musiqa merosi va bastakorlar asarlari bilan yosh avlodni tanishtirish ularni milliy an’analarga cheksiz hurmat ruhida tarbiyalash va bugungi kun jahon andozalarga mos o‘quv adabiyotlar dasturlari hamda zamonaviy texnik vositalar asosida ko‘zda tutilgan mutaxassis kadrlarni tayyorlash “Milliy qo‘shiqchilik” kafedrasining tub maqsadlaridan biri hisoblanadi. Bu bo‘lim talabalari faqat o‘zbek xalq musiqa merosining nazariy bilimlarini egallabgina qolmay, balki, keyinchalik respublikada Bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘quv jarayonini tashkil etish, madaniyat va aholi dam olish markazlarida ashula va raqs badiiy jamoalariga rahbarlik qilish va shu yo‘nalishdagi tadbirlarni uyushtiruvchi safida ham faoliyat ko‘rsatish uchun mahoratlarini oshirmoqdalar.
Kafedraning korxona va tashkilotlar bilan aloqalari:
Bugungi kunda kafedra qator O‘zbekiston badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi, Xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar Respublika ilmiy-metodik markazi va ilmiy-tadqiqod muassasalari bilan doimiy hamkorlik olib bormoqda.
Kafedra pedagoglari ilmiy ishlar qatorida ijodiy faoliyat bilan ham shug‘ullanadi. Buning natijasida ular tomonidan chop etilgan ilmiy ishlar bilan bir qatorda konsert dasturlarini tayyorlab institutda va undan tashqarida, shuningdek televideniye va radio orqali muntazam ravishda chiqishlari tashkil etilmoqda, radio fondiga yangi asarlar yozilmoqda. Kafedrada yoshlar orasidan iqtidorlilarini tanlab ular bilan alohida mashg‘ulotlar o‘tkazish, ularni turli festival va tanlovlarga tayyorlash, radio, televideniye va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ib etish ishlari ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.