Bo’lim boshlig’i:
Magistratura bo`limi

Maxmudov Azamjon Muxtarovich

Qabul kunlari: Har kuni (yakshanbadan tashqari) soat 10:00 dan 16:00 gacha.

Telefon: 71 230 28 52

📧 e-mail:

 

Magistratura bо‘limi haqida

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 4 iyuldagi PQ-1771-sonli “О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instiutini tashkil etish tо‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan bо‘lib, ushbu institut tashkil etilgandan buyon shu kunga qadar, institutning Magistratura bо‘limi faoliyat yuritib kelmoqda.

Hozirgi kunda magistratura mutaxassisliklarida jami 281 ta magistrantlar ta’lim olib kelishmoqda.

Institutda 10 ta kafedraning faoliyati magistratura mutaxassisliklarini tayorlash bilan bog‘liq.

Magistratura mutaxassisliklari:
  • 70210101 – Ovoz rejissorligi (kino, televideniye va radio ovoz rejissorligi)
  • 70210201 – Kinooperatorlik
  • 70210202 – Teleoperatorlik
  • 70211001 – Teatr san’ati
  • 70211003 – San’at nazariyasi va tarixi (kinoshunoslik)
  • 70211101 – Aktyorlik san’ati (dramatik teatr va kino aktyorligi san’ati)
  • 70211101 – Aktyorlik san’ati (musiqali teatr aktyorligi san’ati)
  • 70211101 – Aktyorlik san’ati (estrada aktyorligi san’ati)
  • 70211101 – Aktyorlik san’ati (qо‘g‘irchoq teatr aktyorligi san’ati)
  • 70211201 – Rejissorlik (dramatik teatr rejissorligi)
  • 70211201 – Rejissorlik (qо‘g‘irchoq teatri rejissorligi)
  • 70211201 – Rejissorlik (estrada va ommaviy tomoshalar rejissorligi)
  • 70211201 – Rejissorlik (kino va televideniye rejissorligi)
  • 70211901 – Xalq ijodiyoti (folklor va etnografiya)
  • 70211901 – Xalq ijodiyoti (ashula va raqs)
  • 70211901 – Xalq ijodiyoti (cholg‘u ijrochiligi)
  • 70212001 – Madaniyat va san’at sohasi menejmenti
  • 70212002 – Madaniyatshunoslik
  • 70320401 – Kutubxona-axborot faoliyati (kutubxonachilik va bibliografiya)
Korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik:

Magistrantlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini samarali tashkil qilish maqsadida respublikaning yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy ta’lim muassasalari shuningdek, viloyatlarning yetakchi korxonalari bilan hamkorlik aloqalariga e’tibor berilgan. Jumladan, О‘zRFA San’atshunoslik instituti, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “О‘zbekonsert” birlashmasi, О‘zbek Milliy akademik drama teatri, О‘zbek davlat drama teatri, О‘zbekiston yoshlar teatri, Muqimiy nomidagi musiqali dramatik teatr, Alisher Navoiy nomidagi О‘zbekiston Milliy kutubxonasi kabi muassasalar bilan tuzilgan hamkorlik shartnomalari asosida magistrantlarning ushbu muassasalarda ilmiy-tadqiqot ishlari bо‘yicha izlanishlarini olib borishlari uchun sharoitlar yaratilgan.