Fakultet dekani:
Kino, televideniye va radio san’ati

Qurbonov Anvar

Qabul kunlari: Har kuni (yakshanbadan tashqari) soat 14:00 dan 16:00 gacha.

Telefon:71 230 28 29

📧 e-mail:

Fakultet tasarrufidagi kafedralar:
  • “San’atshunoslik” kafedrasi;
  • “Kino, televideniye va radio rejissyorligi” kafedrasi;
  • “Ovoz rejissiyorligi va operatorlik mahorati” kafedrasi;
  • “Cholg‘u ijrochiligi va musiqa nazariyasi” kafedrasi;
  • “Ijtimoiy va gumanitar fanlar va pedagogika” kafedrasi.
Fakultet qisqa tarixi:
Kino,televideniye va radio san’ati” fakulteti 2012 yildan buyon О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti negizida faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirda 350 dan ortiq talaba tahsil oladi. Fakultet о‘z faoliyatini О‘zbekiston Respublikasida amalda bо‘lgan huquqiy-meyoriy bazaga, jumladan, О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa me’yoriy hujjatlar, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nizomi hamda fakultet Nizomiga tayangan holda amalga oshiradi.

Fakultetning asosiy faoliyati “San’atshunoslik”, “Texnogen san’at”, “Rejissyorlik” ta’lim yо‘nalishlariga tegishli (“Teatrshunoslik”, “Sahna va ekran san’ati dramaturgiyasi”, “Kino san’ati tanqidi va tahlili”, “Kinoteleoperatorlik”, “Kino va televideniye rejissyorligi, “Kino, televideniye va radio ovoz rejissyorligi”, “San’atda animatsiyaviy va multimediyaviy loyihalash) sohalar bо‘yicha talabalarni о‘qitish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg‘unlashgan holda olib borish, ilmiy (ijodiy)-pedagogik kadrlar tayyorlash, shuningdek kafedralarda ilmiy-tadqiqot (ijodiy) ishlarni bajarishga yо‘naltirilgan.

“Kino, televideniye va radio san’ati” fakulteti 1997 yil tashkil topgan va о‘sha paytda atigi 50 dan ortiq talaba tahsil olgan. 2005-2012 yillar oralig’ida “San’atshunoslik va texnogen san’ati” fakulteti nomi bilan yuritilgan.

“San’atshunoslik va texnogen san’at” fakultetiga ancha yillar davomida san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent Abdumannon Ubaydullayev, keyinchalik filologiya fanlari nomzodi, dotsent Ramazanova Shoira Rixsibayevna rahbarlik qilib kelgan.

“Kino, televideniye va radio san’ati” deb nomlangan fakultetga 2012-2017 yillar mobaynida falsafa fanlari nomzodi, dotsent Arislanbayeva Zoya Yernazarovna, texnika fanlarii nomzodi, dotsent Fayziyev To’rabek Raufovich, dotsent Rustamov Vahabjan Kiyamovich dekan lavozimida rahbarlik qilgan.

Bakalavriat ta’lim yo’nalishlari:
  • 60112400 – Professional ta’lim: Xalq ijodiyoti (cholg‘u ijrochiligi)
  • 60112400 – Professional ta’lim: Xalq ijodiyoti (vokal ijrochiligi)
  • 60210100 – Texnogen san’at (kino, televideniye va radio ovoz rejissyorligi)
  • 60210200 – Kino-teleoperatorlik
  • 60210300 – San’atda animatsiyaviy va multimediyaviy loyihalash
  • 60211000 – San’atshunoslik (teatrshunoslik)
  • 60211000 – San’atshunoslik (sahna va ekran san’ati dramaturgiyasi)
  • 60211000 – San’atshunoslik (kino san’ati tanqidi va tahlili)
  • 60211200 – Rejissyorlik (kino va televideniye rejissyorligi)
Magistratura mutaxassisliklari:
  • 70210101 – Ovoz rejissorligi (kino, televideniye va radio ovoz rejissorligi)
  • 70210201 – Kinooperatorlik
  • 70210202 – Teleoperatorlik
  • 70211003 – San’at nazariyasi va tarixi (kinoshunoslik)
  • 70211201 – Rejissorlik (kino va televideniye rejissorligi)
Professor-о‘qituvchilar tarkibi:
Fakultet о‘z tarkibida mutaxassis chiqaruvchi “Televideniye va radio rejissyorligi”, “Ovoz rejissyorligi va kinoteleoperatorlik mahorati”, “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedralari hamda umuminstitut kafedrasi hisoblangan “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedralarini birlashtiradi. Ushbu kafedralarda jami bо‘lib 6 nafar professor, 18 nafar fan nomzodlari, dotsentlar, 6 ta katta о‘qituvchi hamda 30 nafar assistent-о‘qituvchilar faoliyat kо‘rsatib kelmoqda.
Ilmiy loyihalar:

“Nomoddiy madaniy merosning tabiat va koinotga oid bilim va urf-odatlarini ta`lim tizimiga tadbiq etish”.

BV-Atex-2018-251 “Ko‘zi ojiz shaxslar uchun kompyuter texnikasidan foydalanish, matnlarni o‘qish va yozish imkonini beruvchi o‘zbek tiliga asoslangan gapiruvchi dasturiy ta’minot va ovoz sintezatorini ishlab chiqish”.

“Xoreografiya san’ati orqali imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan multimedia mahsulotini yaratish”.

Koreya respublikasining Seul shaxrida IChKAP tashkiloti (Osiyo va Tinch okeani mintaqasida nomoddiy madaniy meros bo‘yicha xalqaro axborot va hamkorlik markazi, Koreya Respublikasi YuNESKOning 2-toifali markazi) nomoddiy madaniy merosni xujjatlashtirish soxasida operator mutaxassislarni malakalarini oshirish bo‘yicha mashg‘ulotlardagi ishtirok etib malaka oshirib qaytdi, mazkur grand asosida 10 xujjatli film tasvirga olingan.

Xalqaro hamkorlik:
• Koreya respublikasining Seul shaxrida IChKAP tashkiloti (Osiyo va Tinch okeani mintaqasida nomoddiy madaniy meros bo‘yicha xalqaro axborot va hamkorlik markazi, Koreya Respublikasi YuNESKOning 2-toifali markazi);
• Zagreb universiteti;
• Andalusiya universiteti;
• Belarussiya davlat madaniyat va san’at universiteti;
• Janubiy Koreya Respublikasining “Dong-A media va san’at” institute;
• Xindiston davlatining Mumbay film kinoakademiyasi;
• Butunrossiya davlat kinematografiya institute;
• Bellarusiya davlat madaniyat va san’at universiteti;
• Fransiya kino maktabi;
• Munxen kino maktabi;

Korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik:
• O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi San’atshunoslik instituti;
• Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti;
• Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbekiston milliy musiqa san’ati akademiyasi;
• O‘zbekiston davlat konservatoriyasi;
• O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi;
• O‘zbekiston davlat filarmoniyasi;
• O‘zbekiston davlat simfonik orkestri;
• O‘zbekiston Respublikasi Bolalar musiqa va san’at maktablari;
• Respublika professional ta’lim muassasalari (ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari, maxsus litseylar);
• Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash markazi;
• О‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Tarix instituti;
• Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti;
• Mirzo Ulug‘bek nomidagi О‘zbekiston Milliy Universiteti;
• Toshkent temir yо‘l muhandislari instituti;
• A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy instituti;
• Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi;
• Mahalla va oila ilmiy tadqiqot instituti;
• Toshkent Madaniyat kolleji;
• Respublika televideniye va radio kolleji;
• “San’atshunoslik” ilmiy – tadqiqod instituti;
• O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi;
• Botir Zokirov nomidagi milliy estrada instituti;
• Yunus Rajabiy nomidagi milliy musiqa instituti

Iqtidorli talabalar:
Fakultetda ko‘plab davlat stipendiyasi sohiblari, davlat mukofotlari sovrindorlari, Xalqaro va Respublika tanlovi g‘oliblari tahsil olib kelmoqda.
Ayni vaqtda fakultet qoshida “Doirachilar ansambli”, “Dramaturg +”, “Ijodiy parvoz”, “Kino klub”, “Ijodkor” va bir qancha ilmiy-ijodiy to‘garaklar faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘tgan vaqt mobaynida fakultetning badiiy jamoalari shahar, respublika va xalqaro festival hamda ko‘rik-tanlovlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Fakultet talabalarining jahon standarti talablari asosida tahsil olishlari uchun barcha shart-sharoitlar mavjud.