“Kino rejissorligi, televideniye va radio” kafedrasi

“Kino rejissorligi, televideniye va radio” kafedrasi
Kafedra mudiri:
Fayziyeva Feruza Xojimurodovna

  qabul vaqti Chorshanba: 15:00 – 18:00
  xizmat telefon raqami: 71 230 28 33

 

 

 

Kafedra qisqa tarixi


Ushbu kafedra “Kino, televidenie va radio san’ati” fakultetining asosiy kafedrasi hisoblanadi. Kafedraga san’atshunoslik fanlar nomzodi Feruza Fayziyeva mudirlik qiladi.
Kafedra o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasida amalda bo’lgan huquqiy-meyoriy bazaga, jumladan, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa meyoriy hujjatlar, O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti Nizomi hamda kafedra Nizomiga tayangan holda amalga oshiradi.

“Kino, televidenie va radio rejissyorligi” kafedrasi M.Uyg`ur nomli san’at institutida 1989 yilda tashkil topgan. Kafedra asoschilari O’zbekistonda xizmat ko`rsatgan san’at arbobi M.Maxamedov va pedagog M.Abdullayeva hisoblanishadi. Turli yillarda kafedraga M.Maxamedov, O.Tojiboyeva, F.Fayziyeva lar rahbarlik qilgan. Shuningdek, professor-o’qituvchilardan Sh.Maxbubov, Meli Maxkamov, Q.Hakimov, E.Davidov, X.Abulqosimova, J.Teshaboyev, Sh.Qurbonboyev va boshqalar kafedra tarixida muayyan iz qoldirganlar.

“Kino, televidenie va radio rejissyorligi” kafedrasi mustaqillik yillarida o’zining o’quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy faoliyatini tubdan o’zgartirdi. Hozirgi kunda kafedra faoliyatida zamonaviy fanlarning yutuqlariga, bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyotiga tayaniladi.
O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida bakalavriatning barcha yo’nalishlarida va magistratura mutaxassisliklari boyicha tahsil olayotgan talabalar kafedraga biriktirilgan quyidagi fanlardan saboq oladilar:

Magistratua mutaxassisligi:


  • 5A 151401 “Kino va televideniye rejissyorligi”

 

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar: Bakalavr:


  • Rejissura (kino, televidenie va radioda)
  • Aktyorlik mahorati
  • Kinodramaturgiya va rejissyorlik asoslari
  • Kino, televidenie va radio maxsulotlarini ishlab chiqarish nazariyasi va amaliyoti.
  • Ekranlashtirish amaliyoti
  • Teleradiokompozisiya rejissurasi
  • Kino va televidenieda badiiy bezak
  • Kinoteleradio rejissura asoslari
  • Televidenie va kino dramaturgiya amaliyoti
  • Kinoning animasion va grafik asoslari

Yuqorida zikr etilgan barcha fanlar zamonaviy texnik jihozlar, yangi pedagogik texnologiyalar asosida,zamonaviy multimedia vositalaridan foydalanilgan holda o’qitiladi.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar: Magistratura:


  • Televizion va badiiy film rejissurasi
  • Hujjatli kino rejissurasi tarixi va nazariyasi
  • Kinotelessenariy san’ati
  • Mutaxassislik fanlarini о‘qitish uslubiyoti
  • Prodyusserlik mahorati
  • Rejissura va tasvir
  • Montaj san’ati

 

Kafedra professor о‘qituvchilarining tarkibi:


  1. Fayziyeva Feruza Xojimurodovna kafedrasi mudiri, san’atshunoslik fanlari nomzodi
  2. Maxammetov Maxkam Maxammedovich professor, О‘zbekiston san’at arbobi
  3. Rasulov Saidamal Azimovich dotsent , О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimi
  4. KudryavsevAleksandrNikolayevich katta о‘qituvchi
  5. Kasimov Djaxangir Mirsabitovich о‘qituvchi, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimi
  6. Karabayev Muzaffar Muxtarovich о‘qituvchi
  7. Kasimova Nodira Saitjanovna о‘qituvchi,
  8. Shodiyeva Ra’no Odilovna о‘qituvchi,О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist
  9. Masalimov Ilhom Hamidaliyevich о‘rindosh о‘qituvchi
  10. Nasimov Hilol Tо‘lqinovich о‘qituvchi,О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimi
  11. Adilov Baxodir Kamilovich о‘qituvchi,О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimi

 

Kafedrada bajarilayotgan davlat va chet el grantlari:


Kafedra о‘qituvchisi M.Karabayev rahbarligida bajarilishi 2016-2017 yillarga mо‘ljallangan YOA 01-20-“ О‘zbek milliy qadriyatlarini yoshlar ongiga kino san’ati orqali singdirish masalalarini tadqiq etish” nomli Yosh olimlar amaliy granti mavjud.

 

Kafedraning ilmiy ishlari (oxirgi 5 yilda chiqarilgan darsliklar, monografiyalar va о‘quv qо‘llanmalar rо‘yxati):


2014 yil I Nuriddinov, M.Maxametov, “Kinoda rejissura va kinodramaturgiya” – darslik.

2015 yil S.Rasulov “Ssenografiya tarixi va nazariyasi” darslik

2017 yil F.Fayziyeva “Dublyaj san’ati asoslari” о‘quv qо‘llanma

2017 yil SH.Xusanov “Montaj” о‘quv qо‘llanma (grant asosida)

2018 yil Rasulov S. Kino va televideniyeda badiiy bezak. 1-kitob. Rassomlik mahorati. Kinoteletasvir kompozitsiyasi va rejissusi. о‘quv qо‘llanma

2018 yil Rasulov S. Kino va televideniyeda badiiy bezak. 2-kitob. Tasviriy yechim. о‘quv qо‘llanma

2018 yil Rasulov S. Kino va televideniyeda badiiy bezak. 3-kitob. Kino va televideniyeda badiiy bezak. Ekranlashtirish amaliyoti., о‘quv qо‘llanma.

2018 yil Maxammetov M. Umr lahzalari. Monografiya

 

Kafedraning ilmiy va amaliy hamkorlari:


О‘zMU “Jurnalistika” fakulteti, О‘JTU “Xalqaro jurnalistika” fakulteti, Televideniye va radio kolleji, Toshkent madaniyat kolleji

 

Kafedraning xalqaro xamkorligi:


Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK),Jurgenov nomidagi Qozog‘iston san’at akademiyasi,

 

Kafedraning korxona va tashkilotlar bilan aloqalari:


“О‘zbekkino” MA, MTRK teleradiokanallari:

Hozirgi kunda M.Maxamedov, S.Rasulov, A.Kudryavtsev, J.Qosimov, M.Qoraboyev, N.Kasimova, R.Shodiyeva, singari tajribali professor-o’qituvchilar faoliyat yuritib, oquv jarayonini nazariy va uslubiy jihatdan takomillashtirish, fan va amaliyotdagi yutuqlarni o’quv jarayoniga singdirish ishlariga o’zlarining munosib hissalarini qo’shib kelmoqdalar. Bundan tashqari, H.Nasimov, B.Odilov, S.Karimov kabi sohaning mutaxassislar o’rindoshlik asosida fanlarni o’qitishga jalb etilgan.

image_pdfimage_print