“Informatika va tabiiy fanlar” kafedrasi hududi

“Informatika va tabiiy fanlar” kafedrasi hududi
Kafedra mudiri:
Xudoyberdiyev Sahobiddin

  qabul vaqti dushanba, seshanba, payshanba: 9:00 – 14:00
  xizmat telefon raqami: 71 230 28 49
📧  e-mail: sakho@mail.ru

 

 

Kafedra qisqa tarixi


«Informatika va tabiiy fanlar» kafedrasi 2012-yil 30-avgustdagi O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti rektorining buyrug`i va institut Ilmiy kengashi qaroriga binoan tashkil topdi. Institut professor o’qituvchilarining kompyuter va uning texnik-dasturiy ta’minoti boyicha savodxonlik darajasini oshirish maqsadida har yili Institut ilmiy kengashi tomonidan belgilangan vaqtda “Ta’limda axborot texnologiyalari” fani boyicha darslar olib boradi.
Shuningdek kafedra qoshida barcha yo’nalishdagi bakalavr talabalari uchun “San`at va informatika” nomli to’garak faoliyat olib boradi.

“Informatika va tabiiy fanlar” kafedrasi “Xalq ijodiyoti” fakulteti qoshida faoliyat olib boruvchi umumiy kafedralar qatoridan o’rin egalagan. Kafedra institutning “C” o’quv binosining 2-qavatida C2-6 xonada joylashgan. Kafedra tassarufida zamonaviy kompyuterlar va multimediya o’quv texnik qurilmalar bilan jixozlangan 6 ta auditoriyalar mavjud. Informatika va boshqa fanlar bo`yicha to`laqonli ta`lim berish jarayonini tashkil etish uchun kafedrada bir qator kompyuter dasturlari ishlab chiqilgan va talabalar uchun elektron darsliklar hamda o`quv qo`llanmalar yaratish rejalashtirilmoqda.

Ta’lim yo’nalishi: kafedrada bakalavriat va magistraturaning barcha ta’lim yo’nalishlarida mashg’ulotlar olib boriladi. Mashg’ulotlar Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan “fanning o’quv dasturi” asosida ishlab chiqilgan va institut ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan o’quv ishchi reja asosida olib boriladi.

Kafedrada quyida fanlardan amaliy va nazariy bilimlar berib boriladi:


  • San`at ta`limida axborot texnologiyalari;
  • Kompyuter grafikasi;
  • Ekologiya;
  • Fizika;
  • C++ dasturlash;
  • Axborot madaniyati va falsafasi;
  • Axborot xavfizligi;
  • Kompyuter tizimlari va tarmoqlari;
  • Axborot tizimlari.

 

Kafedra a`zolari quyidagi tarkibdan iborat:


  • Xudoyberdiyev S. A. – kafedra mudiri;
  • Xotamov A. – dotsent;
  • Saidov M. – dotsent;
  • Zokirov Z. – katta ilmiy xodim;
  • Tillashayxova M. – katta o`qituvchi;
  • Samigova G. – katta o`qituvchi;
  • Kurbanova A. – o`qituvchi;
  • Mamadaliyev K. – o`qituvchi;

Kafedra a’zolarining so’nggi yillarda e’lon qilgan ilmiy ishlari: So’nggi yillarda kafedra a’zolari tomonidan 150 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar respublika, MDH va chet el ilmiy-amaliy konferensiyalarida, ilmiy jurnallarda e’lon qilingan.

Shuningdek kafedra professor o`qituvchilari tomonidan quyidagi darslik, monografiya, o`quv va o`quv uslubiy qo`llanmalar chop etilgan:

  1. Xudoyberdiyev S.A. Informatika va axborot texnologiyalari. // O`quv uslubiy qo`llanma. –Toshkent: 2015
  2. Tillashayxova M.A. Masofaviy ta`limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali qo`llashning nazariy-uslubiy asoslari. // Monografiya. – Toshkent: “Fan” nashriyoti, 2015
  3. Otaboyev Sh.T., Xatamov A.A., S.G.Sherimbetov. Ekologik madaniyat va tarbiya. // O`quv qo`llanma. –Toshkent: “Adabiyot uchqunlari” nashriyoti, 2016

Kafedraning boshqa tashkilotlar, jumladan OTM (Respublika va chet el miqyosida) aloqalari: Kafedra TATU, O’zMU, O’zFA yadro fizikasi, shuningdek Patrass universiteti (Gresiya), Antverpen telekommunikasiya maktabi (Belgiya) va boshqa Respublika va chet el ilmiy va o’quv markazlari bilan aloqada bo’lib turadi.

image_pdfimage_print