Kafedra mudiri:
"Axborot texnologiyalari" kafedrasi

Kurbanova Aziza Tolibovna

pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Qabul kunlari: dushanba, seshanba, payshanba: 9:00 – 14:00

Telefon:71 230 28 49

📧 e-mail:

Kafedra qisqa tarixi:
«Informatika va tabiiy fanlar» kafedrasi 2012-yil 30-avgustdagi O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti rektorining buyrug`i va institut Ilmiy kengashi qaroriga binoan tashkil topdi.2022-yilda kafedra «Axborot texnologiyalari» kafedrasi deb o‘zgartirildi.

“Axborot texnologiyalari” kafedrasi “Kutubxona-axborot faoliyati” fakulteti qoshida faoliyat olib boruvchi umumiy kafedralar qatoridan o‘rin egalagan. Kafedra tassarufida zamonaviy kompyuterlar va multimediya o‘quv texnik qurilmalar bilan jixozlangan 6 ta auditoriyalar mavjud. Informatika va boshqa fanlar bo‘yicha to‘laqonli ta’lim berish jarayonini tashkil etish uchun kafedrada bir qator kompyuter dasturlari ishlab chiqilgan va talabalar uchun elektron darsliklar hamda o‘quv qo‘llanmalar yaratish rejalashtirilmoqda.

Ta’lim yo‘nalishi: kafedrada bakalavriat va magistraturaning barcha ta’lim yo‘nalishlarida mashg‘ulotlar olib boriladi. Mashg‘ulotlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan “fanning o‘quv dasturi” asosida ishlab chiqilgan va institut ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan o‘quv ishchi reja asosida olib boriladi.

"Axborot texnologiyalari" kafedrasi

Institut professor o‘qituvchilarining kompyuter va uning texnik-dasturiy ta’minoti boyicha savodxonlik darajasini oshirish maqsadida har yili Institut ilmiy kengashi tomonidan belgilangan vaqtda “Ta’limda axborot texnologiyalari” fani boyicha darslar olib boradi.

Shuningdek kafedra qoshida barcha yo’nalishdagi bakalavr talabalari uchun “San’at va informatika” nomli to‘garak faoliyat olib boradi.

Kafedrada о‘tiladigan fanlar rо‘yhati:
  • San`at ta`limida axborot texnologiyalari;
  • Kompyuter grafikasi;
  • Kutubxonalarning dasturiy va texnik ta’minoti ;
Kafedra Professor-о‘qituvchilar rо‘yhati:
Kurbanova Aziza Tolibovna – Kafedra mudiri PhD, dotsent
Sultonov Bazarboy – i.f.n, Dotsent
Zufarov Zoir Maxmudovich – t.f.n, Dotsent
Xudayberdiyev Saxobiddin Abdurayimovich – Dotsent v.b.
Samigova Gulandom Abdujabbarovna – Dotsent v.b.
Tillashayxova Maxsuda Abdusattarovna – Dotsent v.b.
Savochkin Maksim Petrovich – Dotsent v.b.
"Axborot texnologiyalari" kafedrasi
Kafedraning ilmiy va amaliy faoliyati:
Kafedra professor-o‘qituvchilari quyidagi ikki yo‘nalishda ilmiy-taqdiqot ishlari olib boradi:

  1. San’at ta’lim tizimida axborot kommunikatsion texnologiyalarni qo‘llashning aktual muammolari va yechimlari;
  2. “San’an ta’limida axborot texnologiyalari” fanini o‘rgatishda zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanishning muammolari va yechimlari.

Bu yo‘nalishlarda kafedra a’zolari so‘nggi yillarda xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy jurnallarda, ilmiy-amaliy konferensiyalarda 150 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar e’lon qildi.

Kafedraning ilmiy ishlari (oxirgi 5 yilda chiqarilgan darsliklar, monografiyalar va о‘quv qо‘llanmalar rо‘yxati):
  • A.T.Kurbanova. San’at ta’limida axborot texnologiyalari. Oʻquv qoʻllanma (kredit-modul tizimida ma’ruza mashg’ulotlari uchun). Toshkent: “Zebo prints”, 2023.-238 bet
  • G.A.Samigova. San’at ta’limida axborot texnologiyalari. Oʻquv qoʻllanma (kredit-modul tizimida amaliy mashg’ulotlari uchun). Toshkent: “Zebo prints”, 2023.-196 bet
  • М.А.Тилляшайхова. Информационные технологии в искусстве. Oʻquv qoʻllanma (kredit-modul tizimida rus guruhlari uchun). Toshkent: “Donishmand ziyosi”, 2023.-208 bet
  • S.A.Xudayberdiyev. San’at ta’limida axborot texnologiyalari. Oʻquv qoʻllanma. Toshkent: “Navroʻz”, 2021.-450 bet
  • Z.M.Zufarov, S.A.Xudayberdiyev. San’at ta’limida axborot texnologiyalari. Oʻquv-uslubiy qoʻllanma. Toshkent: 2021y
  • G.A.Samigova, M.A.Tillashayxova, A.T. Kurbanova. San’atda kompyuter grafikasi. -Toshkent.-2020 y.
  • A.T.Kurbanova, M. Mamarajabov. Informatika. O‘quv qo‘llanma. Toshkent: Tamaddun -2013y
Kafedraning ilmiy va amaliy hamkorlari:
Kafedra respublikamizdagi oliy ta’lim maskanlari Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, O‘zbekiston fanlar akademiyasi yadro fizikasi instituti bilan, shuningdek Gresiyaning Patrass universiteti hamda Belgiyaning Antverpen telekommunikasiya maktabi bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatgan.