Институт
Здание творческих мастерских
Мастерские, оснащенные современной техникой
Хореографические мастерские
Здание творческих мастерских
Учебный театр
Учебный театр
Учебный корпус
Учебный корпус
Информационно-ресурсный центр
Богатый фонд к услугам студентов
Административный корпус
Созданы все условия для учебы

2015 yil 28-29 may kunlari О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida о‘tkazilgan “San’at ta’limi: innovatsion jarayonlar, natijalar, izlanishlar” mavzusidagi ilmiy-nazariy va amaliy anjumanning san’at ta’limi masalalariga qaratilgani e’tiborli. Bundan kо‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimizda о‘tgan yillar mobaynida ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, san’atshunoslik va madaniyatshunoslikni о‘qitish uslublaridagi yangiliklar, muammolar, aktyorlik mahorati va rejissura masalalari, sahna nutqi muammolari, qо‘shiqchilik san’ati masalalari, ijrochilik an’analari, axborot texnologiyalari, ekran san’ati muammolari hamda filologiya masalalariga doir taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish orqali amaliyotga tatbiq qilishdan iborat.

Подробнее...

afisha-smО‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida bir necha yildan buyon an’anaviy tarzda о‘tkazilib kelinayotgan “Ochiq eshiklar kuni” va “Talaba-yoshlar ijodiyoti” festivali yosh iste’dodli san’atkorlarning mahoratini yuzaga chiqishida ulkan imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Ushbu tadbirlarda ishtirok etgan, munosib taqdirlangan shu ilhom bilan katta ijod ostonasiga qadam qо‘ygan bir necha san’atkor yigit qizlar bugungi kunga kelib xalqimiz sevgan ijodkorlar sarasiga kirish bilan birga davlatimizning yuksak unvonlariga ham ham sazovor bо‘lib kelishmoqda. Yuksak maqsadlarni kо‘zlab 1-iyundan 13-iyunga bо‘lib о‘tishi rejalashtirilgan bu yilgi festival rang-barang mavzudagi, zamonaviy va mumtoz asarlarni о‘zida mujassam etgani bilan yangicha qiyofa kasb etadi.

Подробнее...