Viloyatdan xabarlar:

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida 2018-2019 о‘quv yili uchun 70 ta kvota belgilangan bо‘lib, jami 429 abituriyent hujjatlarini topshirdi.

Bugungi kunga qadar, aktyorlik san’ati (musiqali teatr aktyorligi), rejissyorlik (musiqali teatr rejissyorligi), xalq ijodiyoti (folklor va etnografiya) va xalq ijodiyoti (ashula va raqs) kabi ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha test sinovlarisiz, faqat kasbiy (ijodiy) imtihonlar bо‘lib о‘tdi. Imtihonlarga jami 306 nafar abituriyent ishtirok etdi. Kutubxona-axborot faoliyati ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha esa 1 avgust kuni test sinovlari о‘tkazildi.

Ijodiy imtihonlarni shaffof, xolis va adolatli о‘tishini ta’minlash maqsadida Qо‘qon shahar hokimligining jamoatchilik kengashi tuzildi. Muntazam nazorat о‘rnatildi. Ota-onalar uchun imtihon jarayonlarini onlayn tarzda kuzatish imkoniyati yaratildi. О‘zbekiston Xalq aristi SH.Rahmatullayeva, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan yoshlar murabbiyi, professor M.Abdullayeva, Farg‘ona san’at kollejining о‘qituvchilari R.Tо‘xtaboyev, S.Tojiboyeva, H.Hasanova, Qо‘qon tasviriy va amaliy san’at kolleji о‘qituvchilaridan A.Abdullayeva va K.Jо‘rayevalar imtihonlarni baholab borishdi.

Test sinovlarining shaffof о‘tgani kelgusida ta’lim sifatini oshirish, soha faoliti uchun muhim bо‘lgan yetuk mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Axborot xizmati