Davomli mukofotlar…

Bugun yurtimizda yangilanishlar, o’zgarishlar, yuksalishlar jarayoni kechmoqda. Ko’p yillik samarali mexnati evaziga radiojurnalistikasidagi rostgo’yligi, shirinsuhanligi, o’zgacha, o’zgacha efir olib borish maxoratiga ega, hech kimga o’xshamaydigan mantiqiy urg’u yetkaza olish ustasi, ustozimiz, “Sahna nutqi” kafedrasinng katta o’qituvchisi Bahodir Mag’diyev bundan bir necha oy avval O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi ko’krak nishoni bilan taqdirlangan edilar va joriy yilning 27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunida jurnalistikaning rivojiga qo’shgan ulkan hissasi uchun “Eng yaxshi radio jurnalisti” mukofoti bilan taqdirlandilar.

Ustozning o’ziga hos uslubi, haqiqatni yashirmasdan doimo xalqqa ochiq ayta bilishi, efir jarayonida erkinligi va muhlislar qalbiga huddi oila azosi singari o’rnashib qolgani bilan boshqa jurnalistladan ajralib turadilar. Ularni yuksak e’tirof va mukofot bilan tabriklaymiz. Doimo haqiqatni aytishdan charchamasinlar. Talabalarga ham ularning yo’llarini bersin deb qolamiz.

Rustamaliyeva Shahnoza “Xalq ijodiyoti” fakulteti 2-bosqich talabasi, institut “Muhbirlar klubi” a’zosi.