Yashil shahar yaxshiliklari…

O`zbekiston Yoshlar ittifoqi muassisligidagi Respublika yosh ijodkorlar kengashi tomonidan tashkil etilgan “O`zbekiston bahori” ijod festivali ko`hna Kent Shahrisabzning Oqsaroy majmuasida nazm, nasr, dramaturgiya, publisistika, badiiy tarjima va tas’viriy san’at yo`nalishlarida ijod qilayotgan yoshlarni bir davrada, bir shior ostida jamladi. Ushbu festival ijodkor yoshlarning chinakam ijod, yuksalish, do`stlik bayramiga aylandi.

Hurshid Do`stmuhammad, Aziz Said, Erkin Hushvaqtov, Qo`chqor Norqobil, Vohid Luqmon, Zebo Mirzo kabi yozuvchi, dramaturg va publisistlar barcha yo`nalishdagi ishtirokchilarning ijod namunalarining adolat mezonlari asosida baholab berishdi. O`zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutimiz talabalaridan Ahmedova Mohlaroy (dramaturgiya), Mamadaliyeva Oynigor (dramaturgiya), Ismatillayeva Muhiba (nasr), Nishonova Jumagul (publisistika), festival g`oliblari safidan munosib o`rin egallashdi. Festival yakunida g`olib va sovrindorlarga diplom, statuetka va qimmatbaho sovg`alar topshirildi.

Qayd etish kerak, “O`zbekiston bahori” festivali g`oliblarining birinchi kitobi nashrga tavsiya qilinadi. Yosh rassomlarning ijodiy ishlari esa, poytaxtimizda namoyish etiladi. Shu bilan bir qatorda faol ishtirokchilar uchun Toshkent shahri, Samarqand va Buhoro viloyatlarining diqqatga sazovor joylariga sayohatlar uyushtirish ko`zda tutilgan. G`oliblar yil yakunida bo`lib o`tadigan “Toshkent ilhomlari” xisobot festivalida ishtirok etish uchun “Golden ticket” (Oltin chiptalar) ga ham ega bo`lishdi. Endilikda ushbu festival har to`rt yilda bir marotaba o`tkazishga kelishib olindi.

Jumagul Nishonova “Xalq ijodiyoti” fakulteti “Ijtimoiy-madaniy faoliyat” ta’lim yo`nalishi 2-kurs talabasi