Institutimizda navbatdagi xalqaro konferensiya

“Buyuk tarixda hech hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlarningqonida tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarida namoyon bо‘ladi.Shuning uchun ham u qudratlidir.Tarixiy merosni asrab-avaylash, о‘rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yо‘nalishlaridan biridir”

SH.Mirziyoyev

О‘zbekiston Respublikasi prezidenti

2018 yil 5-may kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida "О‘rta asrlar sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy me’rosida san’at va madaniyat masalalari"ga bag‘ishlangan xalqaro konfrensiya bо‘lib о‘tdi. Konfrensiyada institutimiz rektori I.J.Yuldashev tadbir ishtirokchilarini bugungi tantana bilan tabriklab, О‘rta Osiyo xalqlarining madaniyati tarixiga doir masalalar xususida tо‘xtalib, konfrensiyani ochib berdi. Konfrensiyada О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri B.S.Sayfullayev sо‘zga chiqib tadbir ishtirokchilarini tabriklab, bugungi kunda buyuk allomalarimizning tarixiy me’rosini о‘rganishimiz va targ‘ib qilishimiz kerakligi haqida aytib о‘tdi.

Xorijda kelgan mehmonlarimizdan xorvatiyalik Aida Bukvich, Borna Baletik (Zagreb drama san’ati akademiyasi professorlar ), tojikistonlik Idiyev Xayritdin Usmonovich (Mirzo Tursunzoda nomidagi Tojikiston davlat madaniyat va san’at instituti rektori, Tojikiston Respublikasi Fanlar akademiyasi a’zosi), R.Amirov (Tojikiston davlat madaniyat va san’at unversiteti ilmiy ishlar bо‘yicha prorektori), Turkiyalik Jesim Chelebi (Turkiya Respublikasining О‘zbekistondagi elchixonasi Madaniyat va turizm maslahatchisi) ozarbayjonlik Samir Abbosov (Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori)lar О‘rta Osiyo xalqlari madaniyati tarixiga be’etibor emasliklarini bildirdilar.

Konfrensiyada buyuk allomalarning qarashlarida jamiyat ma’naviy- axloqiy sifatlari, ta’lim –tarbiyaning ulug‘lanishi, komil inson tarbiyasida Boburiylar va A.Navoiyning о‘lmas asarlari, qilgan ishlari haqida gap ketar ekan, avvalo, ajdodlarimiz merosidan madaniy-ma’rifiy tadbirlardan foydalanishda yoshlarimizning bugungi kundagi yetuk kamolot egasi bо‘lishda yordam beradi. Institutning Tahririyat va nashriyot bо‘limiga konferensiya uchun 180 dan ortiq maqolalar kelib tushgan, shundan 164 ta maqola saralab olindi. Yig‘ilgan maqolalar I-II tо‘plam shaklida nashr etildi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish bosh mutaxassisi D.Irisboyeva