Buyuk Soxibqiron

Jahon tarixida о‘chmas iz qoldirgan Sohibqiron Amir Temur barpo etgan buyuk davlatning insoniyat sivilizatsiyasida tutgan о‘rni beqiyosdir. О‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov iboralari bilan aytganda: “Buyuk strateg, mohir siyosatchi, savdo- sotiq, hunarmandchilik va madaniyatning homiysi bо‘lgan Amir Temur, qonunlar va urf-odatlarga asoslangan davlat barpo etgan”. Shuningdek, “Amir Temur davlati qurilishi, harbiy san’ati kо‘p asrlar davomida Sharq-u G‘arb davlatlariga о‘rnak va andoza bо‘ldi”.

Buyuk bobomiz Amir Temur tavalludining 682 yilligi munosabati bilan poytaxtimiz Toshkent shahridagi Amir Temur hiyobonidagi bobokalonimiz haykali poyiga gul qо‘yish marosimi hamda Temuriylar tarixi davlat muzeyida ilmiy konferensiya va adabiy-badiiy tadbir bо‘lib о‘tdi. Unda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida tashkil etilgan “Kamolot” tajriba teatr studiyasi aktyorlari tomonidan О‘zbekiston qahramoni, О‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov qalamiga mansub “Sohibqiron” drammasidan parchalar namoyish etildi. Eng quvonarlisi shundaki, tadbirda О‘zbekiston xalq hofizi Orolmirzo Safarov ham ishtirok etib, о‘zining Amir Temur bobomiz haqidagi fikr mulohazalari bilan chiqish qildi. Ma’ruza yakunida hofiz “Sohibqiron” qо‘shig‘ini zо‘r mahorat bilan ijro etib tomoshabinlar olqishiga sazovor bо‘ldi.

О‘zbek davlatchilik tarixida buyuk iz qoldirgan ulug‘ sarkarda Amir Temur xotirasini yod etish, yoshlar qalbiga tarixiy xotira, buyuk о‘tmishga daxldorlik va vatanparvarlik tuyg‘usini yanada chuqurroq singdirish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbir barchada katta taassurot qoldirdi desak, mubolag‘a bо‘lmaydi.

Amir Temur va Temuriylar davrida ilm-fan, maorif va madaniyatning yuksak darajadagi taraqqiyotini haqqoniy aks ettirish va keng targ‘ib qilish, chuqur insonparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan tarixiy yutuqlarimiz va an’analarimiz asosida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va milliy istiqlol g‘oyasini singdirish har birimizning burchimizdir.

“Ijtimoiy-madaniy faoliyat” ta’lim yо‘nalishi 3-bosqich talabasi Kamoliddin Umarov