О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “О‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” gi Qarori targ‘iboti

2018 yil 12 aprel kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Ilmiy ishlar bо‘yicha prorektori G.Xalikulova tomonidan institutning “S” binosi 0-2 auditoriyasida 2018 yil 11 aprel kuni О‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Ne’matovich Aripov raisligida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 aprel kuni imzolangan «О‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi qarorida belgilangan vazifalarini bajarilishi bilan bog‘liq tashkiliy masalalar muhokamasi yuzasidan о‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi targ‘iboti bо‘lib о‘tdi.

Majlisda institutning professor-о‘qituvchilari ishtirok etib, о‘zlarining fikr-mulohazalarini, takliflarini bildirdilar.

Shu bilan birga Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida qator vazifalar belgilab olindi:

  1. О‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan institut о‘rtasida hamkorlik shartnomasini imzolash. Buning uchun о‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha tizimli faoliyatni amalga oshirish;
  2. Har bir kafedra mudiri professor-о‘qituvchilar bilan birga Qaror ijrosini amalga oshirish maqsadida madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga о‘z hissasini qо‘shish yuzasidan TAKLIF tayyorlash;
  3. Teatr san’ati fakulteti diplom spektakllari uchun olinadigan asarlar, badiiy о‘qish tanlovi yoki sahna nutqi bо‘yicha professor-о‘qituvchilarning repertuarini ushbu Qarordan kelib chiqib takomillashtirish;
  4. Xalq ijodiyoti milliy qо‘shiqchilik, cholg‘u, ayniqsa, kasbiy ta’lim va boshqa yо‘nalishlar repertuarlarini boyitish;
  5. Kino, televideniye va radio sa’atini rivojlantirish hamda qisqa metrajli filmlar yaratish jarayonini jadallashtirish;
  6. “Siz Navoiyni bilasizmi?”, “Chingiz Aytmatov – mening sevimli yozuvchim”, “Aleksandr Sergeyevich Pushkin ijodini bilasizmi?” va boshqa mavzularda fakultetlararo insholar tanlovini tashkil etish;
  7. Har bir professor-о‘qituvchilar tomonidan mazkur qaror mazmun-mohiyatini talaba-yoshlarga yetkazish.