Xayrli ishlarga safar

Kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, aholi turmush tarzi va farovonligini yanada yaxshilash – bugun har birimizning ustuvor vazifalarimizga aylanib ulgurdi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan 2017 yili 3 yanvarida imzolangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish tо‘g‘risida”gi Qonuni ham ayni shu maqsadda qabul qilingan. Ushbu qonunning asosiy maqsadi yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti jamoasi ham ushbu ulkan ishlarga о‘zining ijodiy ishlari ila hissa qо‘shishga bel bog‘lagan. Jamoa hozirda institut rahbariyati nazorati va kо‘magi ostida dolzarb mavzularga asoslangan bir qancha qismlarga bо‘lingan qiziqarli syujetlardan iborat videoroliklar yaratishdi. Jumladan, institutning “Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati” kafedrasining professor-о‘qituvchilari faol talaba-yoshlar bilan birgalikda korrupsiyaga qarshi kurashishni da’vat etuvchi rolik suratga oldi.

Postanovkachi rejissyor va operator kafedra mudiri, dotsent Iqbol Meliqо‘ziyev ijodiy yondashuvida о‘zbek xalqining asriy ustoz-shogird an’anasini qо‘llab “Kino va teleoperatorlik” yо‘nalishida tahsil olayotgan iste’dodli talaba-yoshlar bilan birgalikda “Korrupsiya jaholatga yо‘l demakdir” nomli videoroligini tasvirga olib, namoyish etdi. Rolik voqeasida maktabgacha ta’lim muassasasida faoliyat yuritayotgan rahbar xodimaning о‘z mas’uliyatini kо‘r-kо‘rona suiste’mol qilgan vaziyati tasvirlangan. Ijodkorlar mavzuga о‘ta sinchkov tarzda yondashib, korrupsiya holatiga imkon berish – jaholatga eltuvchi yо‘l ekanligini uqtirishgan. Niyatimiz, xayrli ishlarga safar tarzida otlanib, ezgu maqsadlar kо‘zlangan umr yо‘llarimiz bexatar bо‘lsin! Korrupsiyaga qarshi kurashib jaholatga umrbod chek qо‘yaylik!

Dostonbek Rahmatullayev О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti matbuot xizmati kotibi

E’tiboringizga mazkur roliklarning birinchi qismini havola etamiz. Film haqidagi fikr-mulohazalaringiz va takliflaringizni kutib qolamiz!