WELCOME TO SAMARKAND

Xalqimizning buyuk shonli tarixini nechog‘li hayotga tarannum etsak-da, uning qadri bebaholigi oldidagi farzlarimizni tо‘laligicha uzolmaymiz. Muqaddas tarixning isboti sifatida asrlar davomida viqor bilan qad kо‘tarib yashayotgan kо‘hna Samarqandning gо‘zal ta’rifi tushmagan о‘lka bо‘lmasa kerak.

Biroz avval О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “О‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “О‘zbekiston bо‘ylab sayohat qil!” nomli Dasturi ishga tushirilgani, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining “Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati” kafedrasi mudiri, dotsent Iqbol Meliqо‘ziyev boshchiligida bir guruh iqtidorli talaba-yoshlar kо‘hna Samarqand shahriga yо‘l olib, “WELCOME TO SAMARKAND” videoroligini suratga olishgani haqida xabar bergan edik. Endilikda mazkur videorolikning professional darajadagi montaj ishlari ketmoqda. Ijodkorlar tomonidan kadrlardagi gо‘zal tasvirlar, Samarqand bag‘rida qad kо‘tarib turgan bebaho yodgorliklarning manazaralari aks etgan, butun jahonni lol qoldirib kelayotgan “Hayratlar beshigi” betakror san’at darajasida yaratiladi. Montaj jarayonlarida institutning malakali professor-о‘qituvchilari, tajribali mutaxassislar bilan bir qatorda “Kinoteleoperatorlik”, “San’atda animatsiyaviy va multimediaviy loyihalash” ta’lim yо‘nalishlarida tahsil olayotgan iqtidorli talaba-yoshlar о‘z mahoratlarini namoyon etishmoqda.

Mazkur video rolikni tomosha qilgan har qanday inson kо‘hna Samarqandning zamon bilan hamnafas muhitiga kirib, uning tabiiy gо‘zalligidan, asriy bebaholigidan, hali porloq kelajak avlodlariga qolajak ma’anaviy-madaniy meroslaridan bahramand bо‘ladi. Ijodkorlar mazkur loyiha orqali yuksak darajadagi operatorlik mahoratini namoyon etishadi.

Tez orada intiqib kutilayotgan “WELCOME TO SAMARKAND” videoroligi tayyor bо‘lib, xalqimizga taqdim etiladi. Biz esa ijodkorlarga tuganmas shijoat va ulkan zafarlar tilaymiz!

Dostonbek Rahmatullayev О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti matbuot xizmati kotibi