Islohotlarning amaliy tamoyillari

Mamlakatimizda fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, qonunchilik munosabatlari, о‘tkazilgan ishlar tadriji va kelgusida amalga oshirilishi lozim bо‘lgan qator vazifalar borasida zaruriy bilim va kо‘nikmalarga ega bо‘lish har birimizning faolligimizni belgilaydi. Ma’lumki, 2017 yil 22 dekabr sanasidagi О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Parlamentga Murojaatnomasida biz tilga olayotgan masalalar xususida hisobot uchrashuvi bо‘lib о‘tgan. Shu munosabat bilan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida dotsentlar Musallam Abdujabbarova hamda Zebo Qosimovalar boshchiligida institutning 1-bosqich magistrantlari mazkur murojaatnoma bilan atroflicha tanishtirildi.

Auditoriyada davlat rahbari tilga olgan masalalar chuqur о‘rganilib, keng muhokama qilindi. Yig‘ilishda О‘zbekiston tarixida ilk marotaba Prezidentning Parlamentga 2017 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va О‘zbekiston Respublikasini 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yо‘nalishlariga bag‘ishlangan Murojaatnomasi taqdim etilgani, ushbu hodisa ijtimoiy hayotimizda muhim ahamiyatga ega ekanligi, respublikada ta’lim tizimi, sohadagi amalga oshirilayotgan ishlar xususida magistrant yoshlarning fikrlari о‘rganildi.

Shuningdek, yig‘ilishda davlat rahbari 2018 yilga yurtimizda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qо‘llab-quvvatlash yili” deb nom berishni taklif etganligi, bu borada amalga oshirilayotgan turli innovatsiyalar, qator islohotlarning amaliy tadbig‘i yuzasidan mulohazalar о‘rganib chiqildi. Shu bilan birga, yosh tadqiqotchi izlanuvchilarning ilmiy dissertatsiya ishlarida innovatsion g‘oyalar, fanda integratsiyalash tamoyillari yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Jumladan, Murojaatnomada nazarda tutilgan erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida amalga oshirayotgan islohotlarda nodavlat notijorat tashkilotlarning alohida о‘rni borligi, aholining muammolarini tizimli о‘rganish, ularni aniq hal etish, ayniqsa, ijtimoiy sharoiti og‘ir ayollarni qо‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar о‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ularni ish bilan ta’minlash masalalarida bu tashkilotlarning ishtiroki yetarli darajada sezilmayapti. Bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bо‘yicha maslahat kengashini tuzish, “Jamoatchilik nazorati tо‘g‘risida”gi Qonunni ishlab chiqish takliflari о‘rganildi.

Mazkur ishlar, jarayonlar yurtimizda olib borilayotgan zaruriy islohotlarning amaliy tamoyillarini belgilaydi. О‘ylaymizki, о‘tkazilayotgan shunday uchrashuvlar, davra suhbatlarining barchasi magistrant yoshlarda huquqiy madaniyatning shakllanishiga, kelgusida jamiyat taraqqiyoti uchun munosib hissa qо‘shishlariga zamin yaratadi. Davlat rahbari kо‘zlagan ulkan maqsadlarning istiqbollari nurafshon bо‘lsin!

Dostonbek Rahmatullayev О‘zbekiston davlat san’at va madaniyatinstituti matbuot xizmati kotibi