Hisobot majlisi

Ilm yо‘lida izlanish, xalq ongi tafakkurini bilim sarchashmalari ila boyitish mezonlari asriy an’analar tabdili hisoblanadi. Respublikamizda kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish, shuningdek, jahon ta’lim standartlariga mos ravishda bilim berish, sohaviy faoliyat bilan shug‘ullanish hamda mustaqil tadqiqotlar olib borish islohotlari samarali yо‘lga qо‘yilmoqda. Shu xususda kunikecha О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti doktorantlarining navbatdagi hisobot majlisi bо‘lib о‘tdi.

Institut rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yuldashev tomonidan о‘tkazilgan mazkur majlisda о‘z ilmiy izlanishlari, mustaqil tadqiqot ishlari yuzasidan о‘zbek san’atini rivojlantirish, sohadagi mavjud muammolar yechimini topish, yangi innovatsion g‘oya va takliflar ishlab chiqish vazifalari yuzasidan Tayanch doktorantura, mustaqil izlanuvchilik hamda erkin tadqiqotchi hisoblangan PhD, Dsc tizimdagi jami 24 nafar doktorantlarning ilmiy-tadqiqot mavzulari yuzasidan olib borayotgan ishlari muhokama qilindi.

1-kurs PhD doktorantlari Atamuhamedov Akbar, Stanislav Markov, Shaxnoza Saribayevalarning dissertatsiya ishlari reja asosida yozilayotganligi, 2-kurs izlanuvchilari Natalya Yusupova, Naira Shaxnazarovalarning tadqiqot ishlarining samarasi, xalqaro doiradagi konferensiyalardagi ishtiroki, 3-kurs doktorantlari Anvar Ismoilov, Dinora Arifovalarning doktorlik dissertatsiyasi yuzasidan ilmiy-publitsistik faoliyatlari haqida hisobotlar berildi. Doktorantlar ichida DSc darajasidagi mustaqil tadqiqiotchilar Zebo Qosimovaning dissertatsiya mavzusi bо‘yicha materiallari xususida, Sheromon Shamsiyevning esa doktorlik dissertatsiyasining adabiyotlar sharhiga materiallar hamda mavzuga daxldor (sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish bо‘yicha) О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari, tegishli vazirlikning amaldagi buyruq va uslubiy kо‘rsatmalari jamlangani va adabiyotlar bazasi tahlil etilgani haqida ma’lumot berdilar.

Ixtisoslashgan kengashga topshirish arafasida turgan Iqbol Meliqо‘ziyev, Oybek Davlatovlarning dissertatsiya mavzularining taqdimot kо‘rigi uchun qator takliflar berildi. Xuddi shunday ilmiy izlanishlarini taqdimot uchun yakunlayotgan Muzaffar Qoraboyev, Rashid Ustanov, Oydin Alimbekovalar oldida turgan katta muzokaralar uchun tavsiyalar berildi. Erkin tadqiqotchi Gulchehra Umaraliyevaning “Bioestetikada shakl va harakat uyg‘unligi” mavzuidagi dissertatsiya ishi borasida fevral oyi uchun tadqiqot dasturlari tuzib chiqildi.

Institut rektori Ibrohim Yuldashev barcha izlanuvchilar ilmiy ishlarining muhokamasida faol qatnashib, san’at sohasidagi ilm-fan rivojini yanada taraqqiy ettirish, ularga о‘zlarining doktorlik himoyalari bilan yangiliklarni kashf etishlari yо‘lida ulkan zafarlar tiladi. Kо‘zga kо‘ringan kamchiliklarni bartaraf etish, moddiy masalalar yuzasidan amaliy yordam, pedagogik faoliyatidagi innovatsion metodlar, shuningdek, xorijiy nashrlardagi publitsistik faoliyatlar kо‘lamini oshirish yuzasidan muhokamalar bо‘lib о‘tdi. Asosiysi, doktorantlar tomonidan dissertatsiya ishlarida ilm-fan metodikasini modernizatsiyalash mexanizmlari, zamonaviy strategik bosqichlar, yangicha о‘zgarishlar tabdilining о‘ziga xos yо‘sinlari, davriy shakllari ishlab chiqilganligi maqtovga sazovor.

Xalqimizning turli jabhalardagi azaliy mezonlariga xos bо‘lgan “ustoz shogird” an’anasining ilm yо‘lidagi zamonaviy kо‘rinishini chin ma’noda ilmiy rahbarlik metodi innovatsiyasida kо‘rish mumkin. Mazkur metodning yanada ustuvor jihatlarini boyitish hamda izlanayotgan ishning salmog‘ini kengaytirish maqsadida yuqorida qayd etilgan doktorantlarimizga professonal darajadagi о‘z sohasining olimlari ustozlik qilishmoqda. Akademik Naim Karimov, fan doktori professorlar Teshaboy Bayandiyev, Abduhalil Mavrulov, Muhabbat Tulyaxodjayeva, Sarvinoz Qodirova, Oltinoy Tojiboyeva, Baxtiyor Sayfullayev, Marfua Hamidova, Antonio Kosheleva singari malakali pedagoglar shular jumlasidandir.

Hisobot uchrashuvi davomida kо‘rib chiqilgan barcha dissertatsiya ishlarining ijobiy darajada ekanligi doktorantlarning mustaqil izlanishlari bilan bir qatorda ilmiy rahbarlarning tajribali yondashuvlariga ham bevosita bog‘liq.

Bugun yurtimizda har bir sohani taraqqiy ettirish borasida kо‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning “2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishlari bо‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning 4.4 bandida kо‘rsatilgan Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish rejasi aynan biz tilga olgan ilmiy izlanish metodikasining bosh manbai ekanligi ma’lum.

Navbatdagi doktorantlarning hisobot kо‘rigi kutilgandan a’lo tarzda о‘tdi. Ma’lumki, ilmiy izlanishlar yо‘lida har qanday yangiliklar yaratish insondan juda katta mas’uliyat va qunt talab etadi. Niyatimiz faol izlanuvchi doktorantlarimiz kо‘zlagan ezgu maqsadlariga yetib, kelgusida ilm-fan rivojiga ulkan hissa qо‘shishlari, Vatan ravnaqi yо‘lida tanlagan ilm yо‘llari orqali faol xizmat qilishlaridir. Zero, amalga oshirilayotgan barcha harakatlar zamirida shu mazmundagi maqsadlar yotibdi.

Dostonbek Rahmatullayev О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti magistranti